Shvedlar aldangan o‘zbeklarni qutqarmoqda
Stokgolm shahrida Shvetsiyaning “Solidariska byggare” (Quruvchilar birdamligi) kasaba uyushmasi o‘zbek mehnat muhojirlari uchun doimiy uchrashuvlar tashkil qilmoqda. Bu uchrashuvlardan maqsad ularga, mehnat huquqlari bilan bog‘liq firibgarlik, qonunlarni bilmaslik va buning oqibatida ishlab topgan pullarini to‘liq ololmasliklari yuzasidan yaqindan yordam berishdir deydi uyushma raxbari Pelle Sunvisson Eltuz nashriga bergan suhbatida.
“Bugungi kunda Shvetsiyadagi aksariyat o‘zbek mehnat migrantlarining katta muammolari bor. Bu birinchi navbatda ularning ish haqlarini undira olmasliklarida ko‘zga tashlanadi. Ular ko‘pincha qonunni, tilni, o‘z mehnat huquqlarini bilmaganliklari bois firibgarlik qurboni bo‘lishadi. Ayrimlari esa nolegal faoliyat ko‘rsatishadi va migratsiya idoralari bilan ham muammolari bor.»
Biroq Sunvinsonning so‘zlariga ko‘ra, Shvetsiyada kasaba uyushmalari faoliyati hukumat va migratsiya idoralaridan mustaqildir. Shu bois ular shved vatandoshlari bilan bir xil tarzda, Shvetsiyada yashash va mehnat qilish iqomati migratsiya hujjatlari bo‘lmagan ishchilarga ham yordam ko‘rsatishadi.
O‘tgan yakshanba kuni kasaba uyushmasining ikkita zaliga Shvetsiyada aksariyatni tashkil qilayotgan o‘zbek tilida va rus tilida gaplashuvchi ikki guruh ochiq uchrashuvga taklif qilindi va ularga o‘zaro muloqot asnosida huquqlari, muammolarini hal qilish yo‘llari tushuntirildi.
Eltuz tayyorlagan videolavha bilan tanishing.