Asosiy mavzular
23 may 2024

Kadastr palatasi Qibray filialida korruptsion surbetlik

Filial boshlig‘i Kamoliddin Abdullaev o‘ziga KIA K5 rusumli mashina sotib olib kreditni xodimlarga to‘lattirmoqda.

Kadastr palatasi Qibray tuman filiali xodimlarining iddao qilishlaricha, Kamoliddin Abdullaev shaxsiy mashinasi kreditini yopishga ulardan har oy 11 million so‘m miqdorida soliq yig‘ib oladi.

Shuningdek, Kamoliddin Abdullaev o‘z lavozimini suiiste'mol qilib, qalbaki hujjatlar bilan otasi Shavkat Abdullaevga ikkita yer maydoni, onasi Farida Abdullaeva nomiga esa bitta issiqxona va bitta turar joy uchun yer maydoni qayd etdi.

Ayni damda ushbu yerlarni rasmiylashtirish vazifasi Kadastr agentligi Qibray tumani bo‘lim boshlig‘i Ziyodulla Tolibovga topshirilgan.

Insayderlarning xabar berishlaricha, Kamoliddin Abdullaev shu yerlarni rasmiylashtirish uchun Ziyodulla Tolibovga bosim o‘tkazib, majlislarda haqorat qilyapti.

Iddaolarga ko‘ra, Kamoliddin Abdullaev ushbu maydonlarni ota-onasiga o‘tkazib berishda Toshkent viloyati Kadastrlar agentligi boshlig‘i Rustam Payzievning buyrug‘iga asoslanyapti.

Yuqorida keltirilgan faktlar kadastr hujjati nusxasi va audio yozuv bilan dalillanadi.

Eltuz Kamoliddin Abdullaevning munosabatini nashr qilishga tayyor.

Tag‘in o‘qing
6 iyun 2022
Bosh prokuratura tomonidan tibbiyot xodimlari faoliyatiga to‘sqinlik qilish va ularga nisbatan zo‘ravonlik holatlarining oldini olish maqsadida qonun loyihasi ishlab ...
27 aprel 2016
Bugun eltuz.com o‘zining kun karikaturasi ruknida tag‘in musavvir Elsevar chizgan yangi rasmni taqdim etadi. Bu safar rassom keksa yoshdagi ...
5 mart 2020
«E’zoz Max» xususiy bandlik agentligining Birlashgan Arab Amirliklariga ishga jo‘natish va'dasiga ishonib katta pul to‘lagan o‘nlab odam arosatda qoldi. ...
6 noyabr 2019
O‘zbekistonlik inson haqlari faoli A'zam Turg‘unov 31 oktyabr kuni Pragada o‘tgan taqdimotda People in Need xalqaro tashkilotining «Jasorat» mukofotiga ...
Bloglar
28 may 2024
Men millatchi emasman! Lekin qaytadan ta'mirlatilgan va Toshkent shahrining sobiq hokimi J. Ortiqxo‘jaev tomonidan Pasxaga ...
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...