Asosiy mavzular
31 may 2024

O‘risqul o‘tkinchi. Davlat abadiy!

MS: Nichiksizla, xo‘jik brri, mo‘chchi oybikala. Og‘o tozoliqladan so‘llang. O‘lgan qotqon kim? Bir biravni go‘ttini g‘ijimlog‘on kim? Galgan getkannan so‘llang.

RT: Ukrainaga bosqini ortidan yakkamoxov bo‘lib qolgan Putin O‘zbekiston prezidentining astoydil taklifiga binoan O‘zbekistonga kelib ketdi. Vladimir Putin Shavkat Mirziyoev bilan qattiq o‘pishib xayrlashib, Rossiyaga qaytib ketdi. Bundan oldin Putin bilan Mirziyoev tonggi soat uchgacha muloqotni davom ettiruvdi. 

«Muloqot jarayonida O‘zbekiston va Rossiyaning vazirlari va hududiy rahbarlari telefon orqali ko‘rsatma va topshiriqlar olmoqda», — dedi u.

Kreml rasmiy vakili Dmitriy Peskov Shavkat Mirziyoev rossiyalik hamkasbini uyiga taklif qilganini bildirdi.

MS: Birlarini qotti sog‘inibdi noymitlo. Ne baxtki, visol sevgiga sodaqatni qo‘sholsa mangu. Ne baxtki ikkki gechchini orzulari ushalsa mangu. Novvi davadi Navoiy doyi?

Jingl

Bu rasm 2024 yilning 25 may kungi Toshkentni aks ettiradi.  «Ko‘zim chiqsun seniy ko‘rguncha mundoq» degan edi Navoiy.

Putin kelgan kuni Jizzaxda Nexia-2’ning gaz balloni portilladi.

Ichidagi yo‘lovchilar o‘ldi

MS: Oyoq yuzi yoroshmobdi

RT: Matchonboy san shu gaplaringni qo‘shiqqa solib ayt

MS: Ovong yoshulli.

RT: Boshla bo‘lmasa

O‘y otizda o‘tirvadim o‘ylonib. Sori putin galavardi sollonib. 

Bizani yoshulli yugurib chiqdi oylonib. Ichi shakar bol chuviqdiyn to‘lonib.

Indi asa bizani yoshullini qo‘lino soz olib oytqoni:

Sori Putin garak mongo boshqa garakmas.

Sori putina meyrimni vardim

Sori putin mani ko‘nglimni oldi.

Sori putin garak boshqo garakmas.

Matchonboy sen prezident adminstratsiyasiga paxtakor bo‘lib ishga kirdingmi. Putin desa og‘zingdan bol tomadi?

MS: Og‘o, bilaman siz Putinni tirosiz. Jurnalistikada asa ballans garak. Man moxtosom tarazi dang galadi.

Davom et bo‘lmasa

Putin dasam ko‘nglim ravshan bo‘ladi.

Voxay, shuni buncha sevmagay adim.

Anama barmagan meyrim baripman.

Elima barmagan sevgim baripman.

Mongo Putin garak boshqa garakmas. 

4 may kuni UZATOM rahbari “O‘zbekistonda atom elektr stantsiyasi qurilishi haqida aniq hech narsa yo‘q”, dedi. Keyin, putinning tashrifigacha to‘liq sukunat hukm surdi. UZATOM sayti ham jim qoldi to shu tashrifgacha. Endi esa, xuddi ochiq havodagi momaqaldiroqdek, Rossiya O‘zbekistonda kichik atom elektr stantsiyasini qurishi haqida xabar keldi. putin o‘zining atom elektr stantsiyasini O‘zbekistonga zo‘rlik bilan yuklagandek tuyuladi. 

O‘zbekiston hukumati bu loyihaga rozi bo‘lib, katta xatoga yo‘l qo‘ymoqda. Nega rasmiylar jamoatchilik savollariga javob berishni xohlamaydilar? Atom elektr stantsiyasi uchun eng strategik narsa suv qaerdan keladi? Axir butun mintaqada bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham suv tanqisligi juda katta, 10 yildan keyin suv hech narsaga, bu AESga ham yetmaydi! Yana bir qancha savollar bor, masalan, nega shu yozda, ya'ni tom ma'noda bir necha hafta ichida atom elektr stantsiyasini  qurishni boshlashadi? Tezlik bilan bunaqa? Jamoatchilikni og‘zini yumishmi maqsad? Yana muhokamaga mavzu uchramasin  deb? 

Yadro chiqindilari qaerga tashlanadi, ya'ni utilizatsiya qilinadi? Bu juda katta muammo! Bu AESni ta'minlash uchun gaz kerak, ayniqsa O‘zbekiston allaqachon gaz importi hisobiga yashayotganini hisobga olsak. Xavfsizlik haqida umuman gapirmoqchi emasman, Sardobadan keyin boshqa savol qolmadi, bu esa Sardobadan yuz battar narsa, atom stantsiyasi.

MS: Qoyto yoxshiqu, atom elektr stansiyasi. Svet ko‘paladi.

Mongo aes garak shamol parrikmas.

AES dasam jonim roxat topodi. 

Har doim atom elektr stantsiyasi haqida gap ketganda, mahalliy putinqullar “bizda elektr quvvati yetishmayapti, shunga atom elektr stantsiyasi kerak”, deya boshlashadi, bu atom elektr stantsiyasisiz O‘zbekiston elektr yorug‘likka bo‘lgan ehtiyojini qoplay olmaydi emish. 

Behzod Hoshimov bunaqalarga juda yaxshi javob berdi:

«Iqtisodchi Behzod Hoshimovning fikricha, atom elektr stantsiyasi haqidagi muhokamalarda sal ko‘proq mulohaza qilish darkor.

«Tabiiyki, O‘zbekistonga elektr energiyasi kerak, energetika qancha arzon va ko‘p bo‘lsa, farovonlik va rivojlanish uchun shuncha yaxshi. Lekin bizda muammo elektr va energetika sohasini islohot qilmaganimizda yoki qandaydir stantsiya mavjudligida.

KGB hukmronligi

Chexiya, Polsha, Vengriya, Slovakiya, Germaniya va boltiqbo‘yi davlatlarida o‘tmishi KGB (SSSR xavfsizlik idorasi bilan bog‘liq odamlar ulug‘lanmaydi. 

Ularga mustaqillik va erkinlik dushmani deya qaraladi. 

Germaniyada esa sobiq GDRning KGB bo‘linmasi Shtazida ishlaganlar hatto bog‘chada bog‘bon ham qilib  ishga olinmasin degan qonun bor. 

O‘zbekistonda esa butun umri bo‘yi KGBda ishlab, mustaqillik va erkinlik tarafdorlariga qarshi kurashganlarning ulug‘lanishi kabi paradoks bor. 

KGB troykasini tuzib minglab o‘zbek oydinlarini 1937 yili qatl qilishda bevosita ishtirok qilgan Usmon Yusupovga xuddi millat qaxramoni kabi haykal qo‘yilgan.

Jadidlarni dushman deb atagan Rashidov nomiga bo‘lsa butun bir tuman qo‘yilgan. 

Kuni kecha joriy DXX buyurtmasi bilan sobiq KGB zobiti G‘ulom Aliev va uning timsolida sobiq SSSRning KGB kontorasi maqtalgan film tarmoqqa sizdirildi. 

Filmda  «Qudratli SSSR» degan jumlalar bor. Film SSSR va uning jazo mashinasi bo‘lgan KGBni oshkora ulug‘laydi. 

O‘zbekiston MXXsiga ilk rais bo‘lgan G‘ulom Alievning nega 1995 yili Karimov tarafidan zudlik bilan ishdan olib tashlanishi tafsilotlari haqida to‘xtalingani  ham yo‘q.

Umuman O‘zbekiston mustaqilligi nimayu, davlat suvereneti nimaligini tugal bilmaydigan  dvoynoy agentlarning sobiq SSSR sog‘inchini parvarishlash urinishlarini xatarli deb hisoblayman.  

Seks Vorker

Amerikadagi o‘zbek seks vorker Anora haqidagi film Kann festivali bosh sovrinini oldi. Bu haqda ikki kun oldin prognoz qilgandim.

Aslida bu kinoni o‘zbek rejisseri Muhlisa Azizova olishi mumkinmi edi?

Yo‘q albatta, «alya muxtasham yuz yil» taqlid  audiolari bilan «voy biza zo‘rbiza» deya piligi atay ko‘tarilgan piar ro‘liklar olinsa albatta to‘ytepadan nari o‘tmaydi. 

«Mana o‘zbek teslada ishlavotti» deya maqtasang, amerikalik yoki frantsuz «xo‘sh nima qilaylik, solla yaxshimi» deydi xolos. 

Har xolda, O‘zbekistondan borib seks vo‘rkerlik qiladigan qiz haqida kino olishga Shuhrat Rizaev izn bermaydi. 

Zrya.

Nobel olgan yozuvchi Markesning «Mening baxti qaro jalaplarim» degan kitobi qaxramoni ham seks vo‘rker. 

Buyuk Itoliyon yozari Alberto Moravianing «Rimlik qiz» romani qaxramoni Adriana, ham seks vo‘rker. 

O‘n sakkizinchi asrda yashagan o‘ris yozari Mixail Chulkovning «Yo‘ldan ozgan qiz kechmishlari» romani qaxramoni 18 yashar Martona ham seks vo‘rker. 

Ukrain yozuvchi Gogolning «Nevskiy prospekti» romani qaxramoni ham jalap. Dunyoga dong taratgan rassomlar Rubens va Rembrandt chizgan «Tavbasiga tayangan Magdalina» ham g‘ar bo‘lgan. 

O‘zbek zamonaviy yozuvchilari orasida faqat Tillaniso Nuryog’di buni tushunib yetib, o‘zining Sunbula qissasiga g‘ar jalaplarni bosh qaxramon qilgan edi. 

Bu asarni o‘zbek kinochilari¸ xususan Muhlisa Azizova o‘qib ko‘rsa yaxshi bo‘lardi.

Umuman kitob o‘qimaydigan va dunyo adabiyoti haqida tushunchasi ham bo‘lmaganlarni kino olamidan krapiva butog‘i bilan urib haydash kerak. O‘shanda balki 30 yildan keyin kimdir o‘zbek kinochi palmiya butog‘i olishi mumkin. 

Ammo baribir ichimda umid bor. Bu umid ham reallikka asoslanadi. 

Bugun Shotlandiyada yashayotgan davrimizning eng talantli kinochisi, aktrisa va stsenarist Nodira  Alieva (Myurrey) ning yaqin bir ikki yil ichida katta kino sovrinlari olishiga ishonaman.

MS: Og‘o, kinoni nerda go‘rsa bo‘lodi

RT: Chiqsa yutubda ko‘rasan. Hali chiqmadi yutubga. Amerikadagi o‘zbek jalap Anora haqidagi film Kann festivalini ontar to‘ntar qildi.

O‘zbek rassomlari ertadan kechgacha anor rasmini soladi. 

O‘zbek jalaplarini Dubayga sanoat miqyosida apkirib qo‘yishga asos solgan prezident qiziiyam qamag‘ga tushishidan oldin anorni o‘ziga simvol qivolgan edi. 

Endi rostdanam Dashnobod bilan Qumqo‘rg‘ondi anori mazali. 

Lekin gap anor haqdabas. 

Bo‘lmasa ashiincha gapdi nimaga yozdingiz Rassom tog‘a deb shashib qomang.

Gap kino haqida. 

Ashi qamag‘da o‘tirgan qizdi o‘lib ketgan prezident otasi “nega zamonaviy o‘zbekdi kino qimaysizlar” deb javrab sannab o‘tib ketdi. 

Mana nihoyat asriy orzu ro‘yobga chig‘di.

Rejisser Shon Beyker amerikadagi seks vo‘rker (jalap va oyimlarni amerikada ashnaqa deyishadi) Anora degan o‘zbek qiz haqida kino qildi. 

Avtor stsenariya Shon Beyker. Bosh rolda Miki Medison. Kompozitor Metyu Xirona-Smit.

Ingliz tilidagi 139 minutlik kino 21 may kuni Frantsiyada 77 inchi marta o‘tayotgan Kann kinofestivalida yuz ko‘rdi qilindi. 

Tangri yorlaqasa bu kino Oltin palmiya japrog‘ini qo‘ltig‘iga qisib apkirib ketadi. 

Rassom tog‘angizam bu kinoni o‘n qaytalab ko‘rdi. Ikki og‘iz qib aytib tashasam chachamay.

Bruklinga grin kard yutib O‘zbekistondan atay keb qogan yosh  striptizersha qiz Anora  o‘ris boyota oligarxi o‘g‘liga erga tegadi. Mazzami?

Ammo bu nobakor o‘g‘ilning bir o‘zbek jalab oyimga uylangani qora botir zehniyatli o‘ris ota enaga yaxmaydi. Yaxmaydida endi. Sizgayam yaxmasdi minday o‘ylab tashasangiz. 

«Kelib kelib meni ulim shu andiga uylandimi» deyishadi g‘azab otiga minib.

Ashi boy tog‘alar bu ikki sevishib, ajriqday bir-biriga tarmashgan ikki yoshni ajratib tashash uchun atay  Nyu-Yorkka kelishadi.

Xullas kinomisan kino. Ko‘z yosh, hijron, sekis va sikish… 

Ublyudok Ivan rolida Mark Eydelshteyn. Igor rolida Yuriy Borisov. 

Kino s'emkasi  2023 yildi boshida Bruklinda olindi. 

«Anora» kinosi ilk bora Kanndagi  «Oltin  palmiya butog‘i » kinofestivali konkurs programmasida ko‘rsatilganida odamlar tikkalay turib rosa 10 minut chapakdi urishdi. 

Sherakani anjan stadionidagi kansertidayam bunchalik  chapak bo‘magan. 

Kinoni eng ashaddiy tanqidchilaram pozitiv baholadi. 

Rotten Tomatoes  saytidagi tanqidchilarning 96 foizi kinoni maqtab tashadi. 

Anorniki anordek deyishdi tamshanib.

Ashnaqa.

Anora 

1993 yili Xivada italiya kinochilari Chingizxon haqida kino olganida rahmatli Murod Rajabov ham suratga tushdi. 

Men o‘shanda italiyan rejisseriga eski ko‘za va mis qumg‘onlar topib berish asnosida suhbatlashib qolgandim. (Khorazm ARTdegan firma tashkil qilgandim o‘shanda) 

O‘sha paytda men eng zo‘r kinoakterlar Italiyada yashaydi deb ishonardim. Ammo italiyan kinorejisseri menga Murod aka va Ëqub Ahmedovni ko‘rsatib, «Men umrimda ko‘rgan eng yaxshi akter mana shu ikkalasi dedi» 

Film ingliz tilida suratga olindi. Italiyanlar ovozni suratga olish paytida srazi yozvoladi. Keyin dabbing qilamiz degan gap yo‘q.

Murod aka inglizcha matnlarni yodlab olib muhtasham rol ijro qilgandi…

Nega buni men 2024 yilning 25 may kuni esladim? 

Gap shundaki amerika kinochisi Shon Beykerning «Anora» filmi Kann festivali bosh sovrinini oldi. Olqish va tasanno. Ammo shu nomdagi filmni o‘n besh yilcha oldin Murod aka ham oluvdi.

O‘sha davrdagi prezidentning qizi Gulnora Karimova bu filmni pul bilan ta'minlagan va film kodak plenkasiga olinuvdi.

«Anora» filmi.

Film  syujeti»Zolushka»ertagining yana bir talqini. O‘gay ona qo‘lida ezilgan qiz Anora qishloqdan qochib shaharga keladi. Mamaro‘za va seks jalloblar undan seks vorker yasamoqchi bo‘ladi. Ammo oliyjanob politsiyachi rolini o‘ynagan Po‘lat Saidqosimov uni bu yo‘ldan qaytaradi. Anora musiqali teatrga borib qo‘shiq aytishni istaydi. Keksa artist Klara Jalilova, teatr direktori Murod Rajabov va keksa akter Obid Yunusovlar nazariga tushadi. Ammo tirgak tayanchi bo‘lmagan Anoraning shou biznes olamiga kirishi qiyin bo‘ladi.

Murod Rajabov bu qiz imidjini yaxshilash uchun gey imidjmeyker Muxammad Iso Abdulhairovga murojaat qiladi.

«San'at fidokorlikni talab qiladi» degan Obid Yunusov qizi o‘lib qolgan kuni sahnaga chiqib Solihboy obrazini o‘ynagan adashi Obid Jalilovni misol qilib keltiradi.

Anora taniqli shoir Muhammad Yusufning «Mening otam ko‘k terak»  she'rini qo‘shiq qilib aytadi.

O‘ksinmagin o yurak

Bo‘lma xomush, bo‘lma lol

Mening otam oq terak.

Mening onam majnuntol…

Bu ijrodan Obid akaning ko‘ngli to‘lmaydi. Dardni his qilmayapsan deydi.

Nihoyat o‘sha kun keldi. Anora Istiqlol saroyidagi katta kontsertda qo‘shiq aytadigan bo‘ldi. Zalda Obid Yunusov hassasiga tayanib o‘tiribdi. Ammo negadir Anoraga navbat berilavermaydi. Obid akaning yuragi o‘ynab tobi qochadi. Skoriy kelganda Obid akaning joni uzilgan edi.

Anora o‘z ustozi o‘ligi ustida qon yig‘lar ekan Obid Yunusovning «sa'natkor o‘z fojeasini tomoshabindan yuqori qo‘ymasligi» haqidagi o‘gitini eslaydi va sahnaga chiqib ichi to‘la dard va ko‘zda yosh bilan qo‘shiq aytadi. 

Mening otam oq terak.

Mening onam majnuntol

Osmonda oy yolgizdir

Yolgizman men xam axir

Mening opam yalpizdir

Singlim lola qon bag‘ir

To‘shagim shu sho‘r tuproq

Ko‘rpam ko‘kda bulutdir

Mening akam ulug‘ tog‘

Mening ukam burgutdur

Tabassumim chaqmoqlar

Yomgirlar ko‘z yoshimdir

Arslon meni ardoqlar

Qoplon qarindoshimdir

Yov hisobin qilmayman

Mard bo‘lsa jon fidodir

Do‘stlarim kim bilmayman

Mening yorim xudodir…

Parda yopiladi. Film tugaydi. 

Bu filmni suratga olgan Murod aka bugun hayotda yo‘q. Film uchun pul bergan prezident qizi qamoqda. Filmda rol o‘ynagan Obid Yunusov va Klara Jalilova ham olamdan o‘tdi. Shoir Muhammad Yusuf ham dunyodan o‘tdi. Balki bunda ham xayr bor. Xar xolda ular o‘zbek kinosi va shou biznesining bugungi tanazzullini ko‘rmay o‘lib ketdi.

Yolg‘izman men ham axir

Mening opam yalpizdir…

Matchonboy mana bu rasmda o‘risqul Barnoevning go‘ri. Bu o‘risqul katyusha aytar edi. Jirinovsiky bilan vzasos o‘pishgan. Xozir mana qurtlarga yem bo‘lib yotibdi. O‘risqul o‘tkinchi, davlat bo‘lsa abadiy…

MS: Og‘o uring potyani…

RT: Assalom O‘zbekiston, Juma muborak!

Tag‘in o‘qing
25 sentyabr 2019
«- Aka, meni bu ishda ayblamang. Sizga yana qaytarib aytaman, buyruq yuqoridan, ochig‘i, markazdagi MXX idorasidan. Men bir kichkina ...
27 oktyabr 2020
Surxondaryo viloyatidagi 41-manzil koloniyada qolayotgan asli tojikistonlik Abdug‘ani Erdonov senator Iminov bilan uchrashuvdan so‘ng yana ozodlikka chiqishiga umid uyg‘ongani ...
26 mart 2019
O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi joriy qilgan IIV xodimlarining yangi formalari eskisidan tubdan farq qiladi. Aksariyat atributlari kulrangda bo‘lgan militsiyaning ...
10 iyun 2021
“Abdulla G‘arib prodakshn”, rassom Elsevar, rassom Tuz va “Eltuz” yangi siyosiy satirik animatsion filmlar turkumining 9-qismini taqdim etadi. Rus ...
Bloglar
22 sentyabr 2024
Vokal va vizual undan oldingi jiguli qo‘shig‘ining siyqa takrori xolos. Qo‘shiq melodiyasi kavkaz diskotekalridagi «Shiki ...
9 sentyabr 2024
Yaqinda miyani o‘rganish bo‘yicha yirik mutaxassis Tatyana Chernigovskaya ma'ruzasida ayollar bir paytning o‘zida hamma narsaga ...
10 avgust 2024
O‘zbekistonda bir arvoh kezib yuribdi. Bu Karimov arvohi. O‘zbekiston Karimov davridagi paranoyaga qaytib matbuotdagi «arvox» ...