Asosiy mavzular
11 iyun 2024

Dunyoni urush – O‘zbekistonni esa korruptsiya yemirmoqda!

Korruptsiyaga botgan o‘zbek kadastr tizimi. Pufaklar, raketalar va kiberxujumlar   – BU 600 SEKUND

+++

Kadastr Palatasining Qibray tumani filial boshlig‘i Kamoliddin Abdullaev lavozimidan ozod qilindi, uning korruptsion faoliyati ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilish arafasida. Eslatib o‘tamiz, Kamoliddin Abdullaev lavozimini suiste'mol qilib ota-onasi nomiga Qibray tumanidagi bir necha yer mulklarini rasmiylashtirgan edi. Shuningdek, Kamoliddin Abdullaev o‘z nomiga olgan KIA K5 avtomobili kreditini to‘lash uchun har oy xodimlarga 11 mln so‘m miqdorida soliq qo‘ygan. Bundan tashqari Kadastr boshlig‘i Kamoliddin Abdullaev Qibray tumani hokimi Muzaffar Rashidov va IIB boshlig‘i bilan til biriktirib eski hokim buyruqlarini sohtalashtirgan va Do‘rmondagi 3 gektar yerni o‘zlashtirgan. Biroq Kamoliddin Abdullaev o‘rniga kelgan Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi boshlig‘i Jasur Ahrorov Qibrayda o‘zi va Rustam Payziev egallab olgan yer maydonlarini yashirish maqsadida harakatlanmoqda, deb iddao qiladi tizimdagi insayderlar. 

2. Buxoro davlat muhandislik-texnologiya institutini prokuratura tekshirdi. Institut «Yashil makon» dasturi doirasida jami 40 mln.so‘mga ko‘chat yetkazib berish bo‘yicha «Agro-stroy-servis-kapital» MChJ bilan shartnoma tuzib 243 dona ko‘chatni isrof qilgani aniqlandi. Shuningdek, Prokuratura xulosasida institut quyosh panellari o‘rnatish loyihasiga 86 mln so‘mni talon taroj qilgani ta'kidlanadi. Institut mutasaddilari kompyuter, fotoapparat, gaz hisoblagich, kuzatuv kamerasi, video kameralarni bozor narxidan 3-4 barobar qimmatga sotib olgan, ya'ni pulni shu yo‘l bilan «otmiv» qilishgan. Talon taroj yuzasidan Buxoro Muhandislik-texnologiya instituti «Hemis» axborot tizimi ma'sul xodimlariga jinoiy ish ochildi. Raxbariyatga qanday chora ko‘rilishi Eltuzga noma'lum. Tergov boshlash haqidagi ko‘rsatma 2024 yilni 30 mayida berildi.

3. Shahrihonda yarim tunda begona xonadonga kirgan yigit samosud qilindi. Tarmoqda Andijon viloyati Shahrixon tumanida xonadonlardan birining egasi yarim tunda uning uyiga kirgan yigitni samosud qilayotgani videosi tarqaldi. Voqea aynan qachon bo‘lgani va nima bilan yakunlangani Eltuzga ma'lum emas.

3. Tojikiston fuqarosi o‘qdori olib o‘tgani bois sudlandi. Annaqulov Sohibjon Samarqand aeroportida ko‘lga olindi – o‘ta xavfli yo‘lovchining yuklari orasidan bir dona o‘qdori topilgan. Sohibjon Annaqulov «Samarqand-Vnukovo» yo‘nalishida chipta olib, Rossiyaga mavsumiy ishlar uchun borishni rejalashtirgan. Sudda Sohibjon Annaqulov o‘qdorini 2023 yil dekabr oyida Dushanbedagi ish joyi, ya'ni qurilish ob'ektidan topib olganini aytgan. So‘ng o‘qdorini qiziq artefakt sifatida sumkasining tag cho‘ntagiga solib, bu haqida unutib yuborganini bildirgan. Sohibjon Annaqulov 2024 yilng 23 fevral kuni aynan shu sumka bilan Samarqand aeroporti bojxona tekshiruvidan o‘tayotganida Eyr Marokand xavfsizlik xizmati tomonidan qo‘lga olindi. Samarqand shahar sudi Annaqulov Sohibjonga 23 mln 800 ming so‘m miqdorida jarima belgilab, O‘zbekiston Respublikasidan deportatsiya qilish hukmini chiqardi. Kontrobandachi Tojikistonda.

4. Peshkuda daraxt kesish biznes darajasiga chikdi. Poytaxtda ekologlar “daraxtlar kesilmasin”, deb turgan bir paytda, Buxoro viloyati Peshku tumanida daraxt kesish, tabiatga zarar yetkazish biznes darajasiga olib chiqilgan. Prezident orolning qurigan yerlariga saksovul ekilishini minbardan turib maqtayaptiyu, peshkulik manqurt zombilar bir kunda 10-50 gektargacha cho‘lni “Qizil kitob”ga kiritilgan saksovullardan tozalab kelmoqda. Peshku IIB esa saksovul qiruvchilari yo‘lda xavfsiz yurishi uchun alohida «stavka» joriy qildi. 

5. Farg‘onada Prezident tashrifi arafasida Uzavtoyo‘l qilishi kerak bo‘lgan ishni obodonlashtirish xodimlari bajarmoqda. Yo‘l qismiga hech qanday maxsus belgilar qo‘yilmagan. Bu ish obodonlashtirish xodimlarining vazifasiga kirmasada, bo‘yoq o‘rniga ohak bilan oqlab ko‘zbo‘yamachilik qilinmoqda. Obodonlashtirish xodimlari hokimga jazirama issiqda bu ishlar keraksizligini aytgan. Hokim va uning 1 -o‘rinbosari ularni tinglamasdan, «istasang arizangni yozib ket,» deb, javob bergan. Ma'sullar o‘z ishini paytida bilib qilganida edi, kimlardir oyog‘i kuygan tovuqdek pitirchilab qolmagan bo‘lar edi. Rivojlangan davlatlarda oliy rahbar kelishiga bu darajada tayyorgallik ko‘rilmaydi.

6. Qo‘qondagi “Istiqlol” savdo kompleksidagi tadbirkorlarning Eltuzga shikoyat qilishlaricha, kompleks ma'muriyati yangi do‘konlar qurib, ularni u yerda savdo qilayotgan tadbirkorlarga majburlab sotmoqda. Do‘konlar narxi 15 ming dollarga qadar ekani aytilmoqda. Tadbirkorlar ularning e'tiroz va shikoyatlariga hech bir davlat tashkiloti e'tibor bermayotganini aytishmoqda.

7. Qanot Sharq kompaniyasi Toshkent-Budapesht yo‘nalishidagi aviaparvozlarni yo‘lga qo‘ydi

2024 yilning 30 iyunidan boshlab, Qanot Sharq aviakompaniyasi har yakshanba kuni Toshkent va Budapesht o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam aviareyslarni yo‘lga qo‘yishni boshlaydi. Kompaniya 2024 yilning 4 sentyabridan boshlab, chorshanba kunlari yana bir qo‘shimcha reysni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan.

7. Pokistonning Team Insane Pakistan xakerlar guruhi, Qirg‘izstonning davlatga qarashli gov kg saytini buzib kirib, 500 ming qirg‘izistonlikka tegishli ma'lumotlarni ochiqqa chiqardi. Xakerlar tarqatgan ma'lumotlarda o‘lka fuqarolarining qaerda tug‘ilgani, INN nomerlari, uy adreslarini ham ko‘rish mumkin. 

Xakerlar bu hujumni Bishkekda pokistonlik studentlar kaltaklanishiga javob ekanini ma'lum qildi.

8. Rus siyosatchilari Qozog‘istonni bosib olishga qilayotgan chaqiriqlari ortidan, Qozog‘iston hukumati Ozarbayjon bilan harbiy ittifoq bo‘yicha kelishuvga qo‘l qo‘ydi.

9. Tarixda ilk marotaba Rossiyaning ko‘p nishonli qiruvchi uchog‘i SU-57 urib tushirildi. Voqea Astraxan viloyatining Axtubinsk aeroportida yuz berdi. SU-57 rusumli uchoq Rossiyaning eng zamonaviy qurollaridan bo‘lib X-59 va X-69 raketalari zarbasida qo‘llanadi. Bunday rusumdagi qurollar Rossiya zahirasida sanoqli. 

10. Rossiya harbiy kemalari o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashish uchun Karib ko‘rfaziga yo‘l oldi. AQSh harbiy mas'ullarining fikriga ko‘ra ushbu harakat Ukrainaga yordam berayotgan AQShga javob aktsiyasidir. Hozirda Amerika qo‘shma shtatlari Rossiyaning harbiy kemalari va samolyotlarini kuzatib Karib ko‘rfaziga kirib kelishini kutmoqda. Rossiya harbiy kuchlari taxminan bir haftada ko‘rfazga kirib kelishi taxmin qilindi.

11. Isroil G‘azoda yuritgan harbiy amaliyot ortidan 4 nafar yahudiy asirni sog‘ omon ozod qildi. Amaliyot davomida 160 nafar falastinlik o‘ldirildi.

11. Janubiy Koreya Shimoliy Koreyaning tezakli hujumiga javob qaytardi. Ular qo‘shnisining 150 sharda chiqindi va tezak jo‘natganiga javoban o‘z sharlarida Kim Chen In rejimini tanqid qiluvchi plakatlarni uchirdi. Shuningdek sharlarning uchiga Key pop musiqa va koreys seriallari yozilgan fleshkalar, mayda dollar kupyuralari bog‘landi. Bu javobni Shimoliy Koreya qochoqlari “Ozod Shimoliy Koreya harakati” a'zolari amalga oshirdi. Takrorlaymiz har kim o‘zida borini bo‘lishadi. 

12. SpaceX shirkati kosmik fazoga insoniyat tarixidangi eng og‘ir raketani uchirdi. To‘rtinchi sinov testining birinchi bosqich prototipi uchishi muvaffaqiyatli yakunlandi. Super Heavy raketasi yerga qaytib keldi va Meksika ko‘rfaziga yumshoq qo‘ndirildi.

13. Rossiya bosib olgan Qrim hududidagi mudofaa tizimi hujumga uchradi. Ukraina harbiy kuchlari Qrimdagi S-400 va ikki dona S-300 qurol tizimini yakson qildi. Mudofaa qurollari Yevpatoriya va Chernomorsk hududida joylashgan. Rossiya qurollarning yo‘q qilingani haqida hali Rossiya hech qanday rasmiy bayonot bermadi. Biroq bu zarbalar Rossiya mudofaasiga jiddiy zarar yetkazgani aniq. 

14. Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha muzokaralardan avval Shveytsariya hukumati kiberhujumlar va yolg‘on informatsiyalar ko‘paygani haqida xabar berdi. Ushbu muzokaralar 15-16 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi va unda Osiyo, Janubiy Amerika, Afrika va Yaqin Sharqdan 90 ta davlat qatnashishi ma'lum bo‘ldi. Shveytsariya prezidenti Viola Amherd shu sababdan mamlakat bo‘ylab kiberhujumlar soni ortgani, xususan president liber hujumlar nishoniga aylangani haqida bayonot berdi. Shveytsariyadagi muzokaralar Kiev va Moskvani biror murosaga keltirishga qaratilgan. Biroq bosqinchi Rossiya buni arzimas, vaqtni bekor ketkazuvchi tadbir deya qatnashishdan bosh tortdi. Bu bilan rasmiy Moskva urushni davom ettirish istagini yaqqol bildirdi.

Bu 600 sekund edi. Yonginangizda yuz bergan ammo siz bilmagan voqealardan xabar topmoqchi bo‘lsangiz Eltuzga obuna bo‘ling.

Tag‘in o‘qing
7 dekabr 2017
Shavkat Mirziyoevning O‘zbekiston prezidenti etib saylanganiga 4 dekabrda bir yil bo‘ldi. Kuz o‘tib qish keldi. Gazsiz, chiroqsiz uylarda saylovchilar ...
27 oktyabr 2021
O‘zbekistonda kriminal «avtoritet» sifatida ko‘riladigan 71 yoshli “tadbirkor”  Salim Abduvaliev​ qozog‘istonlik jurnalist Nursait Jilqichiboyga o‘zining Toshkent va Bo‘stonliqdagi qarorgohida ...
23 avgust 2018
Internetda tarqalgan yosh qiz bilan jinsiy aloqa qilayotgan domla videosi tafsilotlari va shaxsi «Eltuz»ga ma'lum bo‘ldi. Video 2017 yili ...
18 yanvar 2023
Rassom Tuz @eltuz
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...