Asosiy mavzular
14 iyun 2024

Zombi teledabbalar qo‘lidagi Toshkentning kaliti

Rus shovinist ashulachisi Oleg Gazmanov o‘zining “Rus dunyosi” deya atalgan yangi qo‘shig‘ida sobiq sovet mamlakatlariga tanklarda kirib borish bilan tahdid solmoqda. Putin nutqidan uzuq yuluq ko‘chirilgan jumlalar asos qilib olingan qo‘shiqda, tatar, chechen, boshqird, buryat, ingush, yevreylar ham rus dunyosidan ekani iddao qilinadi.  Bu haqda izox yozgan o‘zbekistonlik mustaqil tahlilchi Yuliy Yusupov, rus millatchisi chiranishlarini uchinchi reyx davridagi natsizm ohanglari bilan taqqosladi.

“Men bu zombi teledabbalar o‘zlarini o‘tgan asrning 30 yillaridagi germaniya natsistlariga o‘xshatishdan or qilmay qo‘yishganini payqadim. Ilgari ular o‘zlarini bunday tutishga tortinishar, chunki buni uyat deb bilishardi, ammo endi ular kibr bilan: «ha, biz shunaqamiz» deya barala xitob qilishmoqda.

Ko‘rinishidan, bu zombodebilizatsiyaning yangi bosqichi. Demak, «bobolarimiz» noto‘g‘ri kurashishgan va hukumat ko‘zlagan «denatsifikatsiya» maqsadi ham yolg‘on. Biroq, zombodebillarning irg‘ishlab kuylagan so‘zlaridagi mantiqiy qarama-qarshiliklarni ularga eslatish ham befoyda. Ular biz nima haqda gapirayotganimizni hatto tushunmishmaydi ham” deya yozdi Yuliy Yusupov.

Gazmanov Rossiyada ommalashgan yangi qo‘shig‘ida gruzin, armani, yaxudiy va hatto afrikaliklar yurtida ham o‘ris dunyosi borligi haqida kuylaydi. Qo‘shiq boshdan oyoq, millatchilik va fashizm bilan sug‘orilgan, “Kim bizni xafa qilsa, ko‘radiganini ko‘radi, o‘zimiznikilarni yolg‘iz tashlab qo‘ymaymiz, qaysi go‘oda bo‘lsa ham qidirib topib, boramiz zirxli tanklarda. Biz zo‘rmiz, biz g‘olibmiz, dunyoda bizga teng keladigani yo‘q” degan biqiq g‘oyalardan iborat.

“Shunday qilib, propagandon qo‘shiqchi, Gazmanov targ‘ibotchisi, debilizatorda eshitgan ahmoqona narsalarini o‘rtamiyona qofiyalab, Gitlerning shiorlarini takrorlashdan tortinmaydi va «uchinchi reyx» iborasini «rus dunyosi» bilan almashtiradi.  “Dunyodagi eng zo‘r mamlakatda” yashayotgani va “yurtdoshlarni allakimlardan himoya qilish”,  “buyuk” Rossiyani o‘zining sobiq “tarixiy” chegaralariga qaytarishni maqsad qilganidan hursandligini aytib chiranadi. Sobiq Sovet respublikalariga esa tanklar bilan kirib borishini aytib tahdid qiladi.

Umuman bu qo‘shiqdan ruhlangan mahalliy zombi teledabbalar ham Toshkent kalitini o‘zlarining sevgan fyurerlariga tiz cho‘kib sovg‘a qilishni allazamonlardan buyon orziqib kutishmoqda” deya kinoya qiladi Yuliy Yusupov.

Eltuz O‘zbekistonga ko‘z olaytirayotgan rus dunyosi vakillari nag‘malariga oid voqealarni yoritishda davom etadi. Kanalimizga obuna bo‘ling. Videolarimizga layk bosing.

Tag‘in o‘qing
24 noyabr 2017
Istanbul shahrida yashayotgan O‘zbekiston vatandoshi 27 yoshli Ma'bud Nosirov xotini 25 yoshli Zarifa Shokirovani pichoqlab o‘ldirdi. Foto: hurriyet.com o‘ngdan ...
18 iyun 2018
O‘zbekiston kuchishlatar tizimlari delegatsiyasi 4-8 iyun kunlari Pekinda maxsus seminarda qatnashdi. Xitoy poytaxtida “Pul va moddiy o‘tkazmalardan noqonuniy foydalanish” ...
14 fevral 2017
O‘zbekiston poytaxti Toshkent va boshqa shaharlarida, o‘tgan yili, taniqli qo‘shiqchilar tashkil qilib kelgan “Sevishganlar kuni” nomli kontsertlar to‘xtatib qo‘yilgandi. ...
5 aprel 2016
«O‘zbekenergo» gapni «mamlakat energetika xavfsizligi, eksport majburiyatlari va elektr energiyasiga tobora ortib borayotgan ehtiyojlarni qondirish uchun «O‘zbekenergo» tizimidagi elektr ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...