Asosiy mavzular
16 iyun 2024

Buvayda hokimi ipak qurti boqmagan fermer g‘allasini o‘rdirmayapti

Fazliddin Madaliev “Fazliddin Madaliev” fermer xo‘jaligi rahbari. U 17 gektar yerga g‘alla ekkan edi.
Markaziy Farg‘ona cho‘llarida joylashgan ekin maydonlarida ungan bug‘doylari deyarli barcha fermerlarning g‘allasidan erta pishgan bo‘lsa ham, ammo tuman hokimi Behzod Ibrohimov “Nuri Baxt” klasteriga bu fermerning g‘allasini o‘rib olishga ruxsat bermayapti.
Bu haqda fermer xo‘jaligi huquqshunosi Asqarali Fayzullaev bizga gapirib berdi.
Asqarali Fayzullaevning aytishicha, fermer garchi majburiyatiga kirmasa ham pilla yetishtirishga ya'ni ipak qurti boqishga majburlangan. Ammo Fazliddin ipak qurti boqmagan. Tuman hokimi esa pilla boqmaganligi uchun jazo tariqasida uning bug‘doylari uvol bo‘lishi uchun o‘rdirmasdan turibdi.
Huquqshunos tuman hokimligining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha hokim o‘rinbosari Suyundik Tusmatov bilan bog‘langan. Suyundik Tusmatov huquqshunosga aynan shunday deb javob bergan.
Men telefon orqali Suyundik bilan bog‘landim. Uning (Fazliddinning) g‘allasi o‘rilmaydi. Hokimning topshirig‘i, deb aytdi , deydi Asqarali Fayzullaev. Huquqshunosning aytishicha, Suyundikdan keyin u tuman “Agropilla” rahbari Asror ismli yigit bilan ham telefon orqali bog‘langan. Agropilla rahbari fermer xo‘jaligi bilan Agropillaning hech qanday shartnomasi yo‘qligini, ammo qandaydir dalolatnomalarga qo‘l qo‘yib, muhr bosilganligini aytgan. Va agar fermer 250 kg. pilla uchun pul to‘lasa hech qanday muammo bo‘lmasligini bildirgan.
Shunda yetishtirilmagan 1 kg pilla fermerga 15 ming so‘mdan tushishini aytgan.
Huquqshunos savollariga javob olish uchun g‘alla klasteri hisoblangan “Nuri baxt” klasteri rahbarlariga ham qayta qayta qo‘ng‘iroq qilgan. Ammo ulardan ham ijobiy javob ololmagan.
“Nuri Baxt” klasteri ham qo‘ng‘iroqlarimizga javob bermaydi. Mabodo telefonga javob berib qolsa ham “hokim xo‘jayin emas, biz o‘rib olamiz” jdeb va'da berishdan ortmaydi. Ammo bug‘doy qorayib, o‘z xususiyatini yo‘qotyapti. Turaverib, uning vazni ham kamayyapti, deydi huquqshunos Asqarali Fayzullaev.
Ayni kunda, Farg‘ona viloyatining faqat Buvayda tumanida emas, balki boshqa tumanlarida ham fermerlardan 1 kg pilla uchun 10 ming so‘mdan 25 ming so‘mgacha pul talab qilinayotganligi haqidagi ma'lumotlar bor.
Ammo fermerlar keyingi faoliyatiga salbiy ta'sir qilishi mumkinligi, hokim va kuch ishlatar tizimlar bosimi ostida qolishdan qo‘rqib, o‘z ismi shariflarini oshkor qilishni istamayapdilar.

Tag‘in o‘qing
9 may 2020
Mana, hafta o‘tib yana ko‘zimiz ko‘zimizga tushdi. Men aytayotgan gaplarga quloq solyapsiz. Ko‘rsatuvni ko‘zdan emas, yurakdan kechirayotganingizni bilaman va ...
22 dekabr 2023
Rassom Tuz: Tarix ulug‘ murabbiy. Ustozlar yodi muqaddas. Matchon Suqulish: Tuz og‘a bugungi gunam ertang uchun tarix. Siz bugunnan ...
3 aprel 2019
Bu 1973 yil 3 aprelda Nyu-Yorkda, hayrat bilan qarab turgan odamlar ko‘z o‘ngida ro‘y berdi. Motorola shirkati xodimi Martin ...
23 dekabr 2016
Chilonzor tumani “Tinchlik” masjidining imom xatibi Shermurod Tog‘ay (Alisher domla) o‘zining Munisa Rizaeva haqidagi chiqishi yuzasidan yozilgan tanqidiy munosabatga ...
Bloglar
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...
10 oktyabr 2024
Yuksalish maktabining gender ayirmachilikka asoslangan boshqaruvi haqidagi maqolaga o‘quvchilar ikki xil munosabat bildirdi. Bir suruv ...