Asosiy mavzular
18 iyun 2024

Bag‘dodlik fermerning yeri auktsionda qanday sotildi?

40 yoshli Elyor Imomov “Hojiakbar Hojimurod bog‘i” fermer xo‘jaligi rahbari. Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanining cho‘l hududida 2017 yildan buyon fermerlik qiladi. Uning 36,6 gektar yeri bor.

U doimo hokimiyat tomonidan berilgan vazifalarni to‘liq uddalaydi va har bir ishni ularning yo‘l yo‘riqlari bilan bajarishga odatlangan.

Judayam namunali fermer bo‘lsa muammosi nimada deb savol berishingiz mumkin?!

Muammo shundaki, yaxshisi uni o‘zi gapirib bera qolsin.

2023 yili auktsionda yutib oldim deb, ikki odam oldimga keldi.
Men yerimni tuman zahirasiga qaytarish bo‘yicha ariza yozmaganman deb, ularni dalaga kiritmadim. Bu voqea 2023 yilning iyul oylarida bo‘lgan edi. Hozir ham auktsionda yutib olganlar tez tez bezovta qilib turishibdi.

Elyor hozirgi kungacha auktsionda yutib olgan shaxslar bilan sudlashib yurganligini aytmoqda.

Unda fermerning yeri auktsionga qanday chiqib ketib qoldi?

Avvallari (taxminan 5-6 yil oldin) biz qishloq xo‘jalik bo‘limiga oq qog‘ozga pechat bosib, qo‘l qo‘yib berib kelaverardik. Ular bankka, turli idoralarga, soliqqa bizning nomimizdan ariza, xat qilib kiritib, biz hisobda ishimizni ham yengillatib berishardi.

Kimdir katta ehtimol bilan Bag‘dod tumani qishloq xo‘jalik bo‘limi xodimlaridan biri men qo‘l qo‘yib, pechat bosgan oq qog‘ozga mening nomimdan 6 gektar yerimni tuman zahirasiga olish to‘g‘risida ariza yozib bergan. O‘sha arizani ko‘rdim. Yozuv meniki emas. Kimdir yozgan. Sudga bu yozuvni ham taqdim etganmiz.

Ekspertlar bu yozuvning meniki emasligi haqida xulosa berishgan, deydi fermer.

Ayni kunlarda Bag‘dod tumani qishloq xo‘jaligi bo‘limi xodimlari o‘zgarib ketgan. Fermer bu ishni qaysi mutaxassis qilganligini bilmaydi.

Faqatgina u yeri noqonuniy auktsionga chiqib ketganligini aytmoqda xolos.

Eltuz Bag‘dodlik fermerning ayni muammolari yuzasidan kelgusida rasmiylar munosabati va qarama qarshi tomonlar fikriga ham o‘rin berishga tayyor.

Tag‘in o‘qing
8 sentyabr 2015
Bugun nemislar ochiq qalblar bilan qochqinlarni kutib olishmoqda. “Berlinda men Refugers welcome – Qochqinlar xush kelibsiz! degan shiorlarni ko‘raman. ...
18 aprel 2019
Shu yilning 20 mart kuni Xalq ta'limi vazirligi saytida “Farg‘onaning Quva tumanidagi 50-maktab yer maydoni va qo‘shimcha bino o‘quv ...
9 fevral 2023
Eltuz portaliga kelgan so‘nggi beshta shikoyatni o‘qib eshittiramiz. Dastlabki shikoyat Farg‘ona viloyatining Qarshi tumanidan. 2 ming aholi yashaydigan mahallada ...
27 aprel 2020
Joriy yilning 21 aprel kuni Toshkentning Kamolon mahallasida shaharni bosib olgan rus harbiylariga xotirasiga bunyod etilgan butxona qayta tiklanib, ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...