Asosiy mavzular
17 iyul 2024

Turkiyada o‘zbek ayollarini fohishalikka majburlagan guruh a'zolari ushlandi

Turkiyaning Koniya shahrida xorijlik ayollarni suratga olib, katalog yaratib fohishalikka majburlagan, kechasi 5-6 ming lira evaziga xaridor topayotgan tarmoqqa qarshi “Piyoda” nomli amaliyot o‘tkazilgan. 

3 oylik kuzatuvdan so‘ng o‘tkazilgan amaliyotda 5 kishi qo‘lga olingan va 3 kishi yashash joyini tark etmaslik sharti bilan ozod qilingan. 

Jinoiy to‘da qurbonlari bo‘lgan 24 nafar, asosan o‘zbekistonlik ayollar deportatsiya qilindi.

Shubhali shaxslarning ayollarni suratga olgani, katalog yaratgani,  internet sahifalarida chop etgani, kechasiga 5-6 ming liralik xaridor topgani va tanlangan ayollarni taksi bilan uchrashuv joyiga jo‘natgani aniqlangan.

Gumonlanuvchilar uyida tintuv o‘tkazilganida 1 dona ov miltig‘i, 50 dona narkotik tabletka, 25 ming 660 dollar, 95 ming 205 lira, 70 ming o‘zbek so‘mi hamda tilla sirg‘a va bilaguzuklar topilgan. Eltuz O‘zbekiston hamda o‘zbeklar bilan bog‘liq odam savdosi va boshqa jinoyatlarga oid voqealarni yoritishda davom etadi. Kanalimizga obuna bo‘ling. Videolarimizga layk bosing. Agar ayrim yopiq videolarni ko‘rishni yoki shunchaki kanalimizni qo‘llab quvvatlashni istasangiz, super rahmat knopkasini bosing. Sog‘ bo‘ling.

Tag‘in o‘qing
27 iyul 2017
Telekanaldan yoshlar «hidini chiqarish» uchun «boshliq» qilib tayinlangan xalq artisti Ozodbek Nazarbekovning ketganligini har kim har hil talqin qilmoqda. ...
2 fevral 2017
Shu kunlarda Andijon shahrida turli maktab o‘qituvchilari obodonlashtirish ishlariga jalb etilgan. Yo‘l yoqalarida ohak to‘la chelak, supurgi ko‘tarib ko‘cha ...
26 may 2018
“Hayt!” degandan hadahalab yugurgilash kerak emas. Oldin u yoq-bu yoqqa qarab olish ham kerak. Hammamiz eyforiya holatidamiz. Sarmastlik tarqaydi, ...
18 fevral 2016
28 yashar rus taksichi qizning pullarini olib, o‘ldirib, keyin mashinasiga o‘t qo‘ygan 24 yoshli Sotvoldiev 14 yarim yil qat'iy ...
Bloglar
23 yanvar 2025
O‘zbekiston mudofaa vaziri Xolmuxammedov bosqinchi gazanda Rossiya bilan 2026-2030 yillarda harbiy sohada strategik hamkorlik dasturi ...
20 yanvar 2025
O‘zbekiston prezidenti uyida yirtqich hayvon¸ ilon va xasharotlarni boqadiganlar jazolanishi haqidagi qarorni 16 yanvar kuni ...
12 yanvar 2025
Turli mavzularga o‘z qarashi bilan farqlanadigan bloger Kirpi Prezidentning 380-sonli qarori asosida 1000ta kitobning o‘zbek ...