Asosiy mavzular
29 iyul 2024

Umra shirkatining qarzi, bombalangan G‘azo va Olimapiada -600’61

Parij Olimpiyadasida Rossiya sportchilari O‘zbekiston bayrog‘i ostida ishtirok etadi, Isroil G‘azodagi maktabga zarba berdi. Trampga suiqasd ortidan AQShning maxfiy xizmati boshlig‘i iste'foga chiqdi. Rossiya davlat dumasi migrantlarni mamlakatdan chiqarib yuborish rejimini kuchaytirdi.  Umra shirnati O‘zbekistonlik ziyoratchilar qarzini uzishdan bo‘yin tovlamoqda va Bu 600 sekund 

Pentagonning Ukrainaga qurol-yarog‘ va raketalar ta'minotida 2 milliard dollar kamomat aniqlandi. Kamomat haqida AQSh hisob palatasi xabar bergan. Prezident Jo Bayden administratsiyasi Ukrainaga yana 2 milliard dollarlik qurol-yaroq yuborish taklifini ma'qulladi. 

26 iyul kuni Chelyabensk viloyatida joylashgan Kalim suv ombori to‘g‘onida suv toshqini ro‘y berdi. Davomli yomg‘irlar sabab suv omborida suv sathi keskin ko‘tarilgan, to‘g‘onning taxminan 100-150 metr qismi zararlangan. Inshoatning umumiy uzunligi 500 metrni tashkil etadi. Suv oqimi bir necha kilometr yo‘lni qoplab oldi. Ombor yon-atrofdagi hududning yagona suv manbasi edi. Mahalliy aholi evakuatsiya qilindi.

Sankt-Peterburgda 7 kishi salmonella bakteriyasi bilan kasallandi. Zaharlanish shahardagi “Eurospar” supermarketida sotilgan gril tovug‘idan chiqqani aniqlandi. Rospotrabnadzor supermarketda maxsulotlarning saqlanishi va sotilishida jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganini ta'kidladi. 

Parijda Yozgi olimpiada o‘yinlari boshlandi. 2024 yil olimpiadasida O‘zbekistondan jami 86 sportchi (54 erkak, 32 ayol) 16 sport turida qatnashmoqda. Ushbu tarkibda rossiyalik legionerlar ham bor. Jumladan, Ilya Sibirtsev, Igor Myalin, Anna Prakaten, Razambek Jamalov, Djavrail Shapiev, Alise Faxrutdinova, Rustam Assakalov, Olga Zabelinskaya kabi rossiyalik sportchilar O‘zbekiston bayrog‘i ostida musobaqalashadi. Eslatib o‘tamiz, Tokio olimpiadasida O‘zbekiston nomidan qatnashgan bironta xorijlik sportchi sovrindor bo‘la olmagan edi. Bu yil ularning natijalari qanday bo‘lishi hali noma'lum. 

Parij 2024 Olimpiadasida Rossiyadan bor yo‘g‘i 15 sportchi qatnashadi. Ushbu sportchilar neytral olimpiya bayrog‘ini ko‘tarishdi. Rossiyalik sportchilarning aksariyati, ya'ni 60 ga yaqini Olimpiadada O‘zbekiston, Frantsiya va Serbiya bayrog‘i ostida kurash olib boradi. Ushbu sportchilarning uchdan bir qismi Rossiya Ukrainaga bostirib kirgach sport fuqaroligini o‘zgartirgan.

Isroil G‘azodagi maktabga zarba berdi. Xamas terrorchilari hujum natijasida 30 kishi halok bo‘lgani, qurbonlarning aksariyati bolalar ekanini ta'kidlamoqda. Isroilning Tsaxal harbiy kuchlari esa binoda xamasning boshqaruv kompleksi joylashganini, zarba natijasida terrorchilar o‘ldirilganini da'vo qilmoqda.

AQShning maxfiy xizmati boshlig‘i Kimberli Chitl o‘z xohishi bilan iste'foga chiqdi. Chitl xonim prezidentlikka nomzod Donald Trampga hujumning bartaraf etilmagani o‘z faoliyatidagi eng jiddiy xato bo‘lganini ma'lum qildi.

Moskvada noma'lum moslamaning portlashi natijasida Asosiy razvedka boshqarmasidagi «psixologik amaliyotlar» bo‘limi xodimi Andrey Torgashevning Toyota avtomobili jiddiy talofat ko‘rdi. Portlash natijasida Andrey Torgashevning oyoqlari uzilib ketgan. Uning xotini esa kichikroq jarohatlar olgan. 

Rossiyaning ichki ishlar vazirligi uchun asosiy vazifa Moskva viloyatini “oqartirish” ya'ni “migrantlardan tozalash” ekanligi ma'lum qilindi. Moskva viloyati bo‘yicha ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i general-leytenant Viktor Paukov «hududni migrantlardan tozalash ustivor masala» deya ta'kidladi. Bu haqda migratsiya masalalari bo‘yicha agentlikning Dolgoprudnoy hududidagi boshqarma vakili xabar berdi. 

Shu yilning 23 iyul kuni Rossiya davlat dumasi migrantlarni mamlakatdan chiqarib yuborish rejimiga o‘zgartirishlar kiritdi. Rasmiylarga ko‘ra, Migrantlar “Rossiyaning an'anaviy qadriyatlarini” xurmat qilishi kerak. Aks holda migrantlar huquqi keskin cheklanadi. Ushbu qadriyatlarga bepisandlik bilan qaragan migrantlar mamlakat bo‘ylab erkin harakatlana olmaydi, kredit olishi, mashina yoki uy-joy sotib olishi, shuningdek, rasman oila qurishi taqiqlanadi. 

Qozog‘istonlik qo‘shiqchi Toshkentdagi kontsertda separatistik kayfiyatni qo‘zg‘ashga harakat qildi. 28 iyun kuni Markaziy osiy universiteti oliygohida bitiruv oqshomi bo‘lib o‘tdi. Oqshomda o‘zbek san'atkorlari bilan birga qozog‘istonlik Irina Kayratovna qatnashib, yelkasida Qoraqalpog‘iston bayrog‘ini olib yurdi. Kontsertdagi ushbu lavhani ko‘rgan internetning qozoq segmenti qoraqalpoqlarni birdamlikka chaqirgan va separatistik ruhdagi izohlar yozgan. Qo‘shiqchi Irina Kayratovna nega Toshkentdagi kontsertda Qoraqalpog‘iston bayrog‘ini ko‘tarib qo‘shiq aytganini sharhlamadi. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi esa ushbu separatizm targ‘ibotini e'tibordan chetda qoldirdi.

Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining tender savdolarida “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning buzilishi yuz berdi. Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi tomonidan 2024 yil 10 iyunda boshlang‘ich qiymati 26 mlrd 500 mln so‘mga yaqin o‘tkazilgan tender savdolari yuzasidan murojaat kelib tushgan. Murojaatga asosan olib borilgan o‘rganishlarda tender savdolari yo‘l belgilari uchun bo‘yoqlar va shisha mahsulotlarni xarid qilish uchun o‘tkazilgani ma'lum bo‘ldi. Tenderda Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunining 29-moddasi talablari buzilgan deb topilib, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasiga nisbatan tender savdo natijasini haqiqiy emas deb topish bo‘yicha ko‘rsatma berildi. ushbu qonunbuzilish holatiga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxsga nisbatan belgilangan tartibda ma'muriy javobgarlikni belgilash masalasi ko‘rib chiqiladi.

Kadastr agentligining tezkor topshirig‘iga muvofiq, Respublika bo‘ylab rahbarlar va xodimlarga tegishli qizil pasport olib qo‘yilmoqda. Agentlikning barcha filiallarida barcha ishchilardan – farroshdan tortib boshliqgacha – xorijga chiqish huquqini belgilovchi qizil pasportlari to‘plab olinadi. Pasportlar 25 iyul 13:00 ga qadar boshqarmaga ro‘yxat asosida topshirilishi so‘raldi. Zagran pasportni bermagan rahbarlar va xodimlar bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishi haqida ogohlantirilgan. Aftidan, Kadastr Agentligida tekshiruv, chuqur taftish va «tozalash» ishlari boshlangan. Xodim va rahbarlar xorijga qochib ketmasligi uchun ularning mobilligi keskin cheklandi. 

Shu yilning yanvar oyida Panorama havo yo‘llari aviakompaniyasi Fly Dubai shirkati tasarrufiga o‘tdi. Shu tariqa ushbu shirkat O‘zbekiston Umra turizmining deyarli 50% aviaulushiga ega chiqdi. Fly Dubai Umra safaridan qaytib kela olmagan, Saudiya Arabistonida qolib ketgan hojilarni qaytarib kelishni bo‘yniga olgan edi. Sababi Panorama havo yo‘llari aviakompaniyasi aybi bilan O‘zbekistonning 3000 ming fuqarosi begona yurtda qolib ketgan. 3000 fuqarodan ko‘pchiligi o‘z hisobidan,  ayrimlari sayohat agentliklari hisobidan va yaqinlarining yordami bilan chipta olib yurtga qaytishdi. Panorama havo yo‘llari aviakompaniyasi direktori chipta pullarini bosqichma-bosqich to‘lab berishni va'da qildi. Direktor Umra sayohat agentliklari va ziyoratchilar bilan uchrashuv o‘tkazib, barcha qarzlarni grafik bo‘yicha qaytaramiz degan. Risola turizm firmasidan vakil bo‘lgan Abror Muhtor Aliy to‘plangan mijozlarni tinchlantirib, barcha qarzlar qaytarilishiga ularni shaxsan ishontirgan edi. Qarz bir yil ichida tijoriy aylanmadan tushgan daromad hisobidan qaytariladi deb va'da berilgan. Uchrashuv 6 oy oldin bo‘lgan edi, shu muddat ichida turagentlar puli qaytarilmadi. 2024 yilning iyul oyiga kelib ham Umra shirkati tur-firmalariga qarzini qaytarishdan bo‘yin tovlamoqda. Sayohat firmalari va fuqarolar Panorama qarzini undirishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasidan yordam kutmoqda. 

Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida fermerlarning mashinalari noqonuniy ravishda jarima maydoniga qo‘yildi. Bu qonunbuzarlik Toshloq tuman IIB boshlig‘i Avazxon, tuman hokimi Abduqahhor Jo‘raboev, hokim o‘rinbosari Azimjon Boboraximov, tuman prokurori Shuhratjon tomonidan amalga oshirilganligi iddao qilinmoqda.

Fermerlar Mexanizatorlar uyi nomli dala shiyponida yotib qolmagani uchun shu tarzda jazolangan. 2024 yilning 24 iyul kuni zo‘rlik va bosim bilan fermerlarning mashinasi tortib olingan edi.

Bu 600 sekund edi. Bu vaqtga kelib Eltuz obunachilari soni 663 mingga yetdi. Yonginangizda yuz bergan ammo siz bilmagan voqealardan xabar topmoqchi bo‘lsangiz Eltuzga obuna bo‘ling. Eltuzni qo‘llab quvvatlamoqchi, yoki ayrim yopiq videolarni ko‘rmoqchi bo‘lsangiz superraxmat tugmachasini bosing. Sog‘ bo‘ling!

Tag‘in o‘qing
23 yanvar 2022
(Taniqli shoir va siyosatchi Muhammad Solihning “Imperativ” kitobidan 37-qism. Audiokitob matnini muallifning o‘zi o‘qigan. Davomi bor.) Mana, alhamdulilloh, she'rlarimning ...
8 noyabr 2017
8 noyabr kuni Andijon shahri rastalarida bir kilo mol go‘shti narxi 36 ming so‘mga ko‘tarildi. Andijondagi «Eski shahar» va ...
11 yanvar 2016
“Huquq” nashrining yozishicha, besh farzandning onasi Xolida Zaripova, Sharifjon Burxonov shaxs bilan shar'iy nikoh asosida yashab kelgan. U oltinchi ...
20 sentyabr 2023
Ozarbayjon Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatishni tasdiqladi. Armanilarning Tog‘li Qorabog‘dagi armiyasi taslim bo‘ldi. Bir kun ichida tan olinmagan «Artsax» armiyasi janglarda ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...