Asosiy mavzular
12 avgust 2024

Shvedlarni so‘kkan o‘zbek diniy voiz ustidan elchixonaga arz qilindi

12 avgust kuni bir guruh uzbek va shved vatandoshlari Muxtor Abror Aliy tahallusi bilan tanilgan diniy bloger 48 yoshli Abror Abduazimov ustidan O‘zbekistonning Shvetsiyadagi Elchixonasi orqali mamlakat Bosh prokuraturasi va Tashqi ishlar vaziriga arz qilishdi.

Nusxasi O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov, O‘zbekiston Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshevga yo‘llangan murojaatda jumladan O‘zbekistonda, shaxslarning sha'ni va obro‘sini kamsitgani uchun muqaddam sudlanib ma'muriy jazoga tortilgan diniy bloger Abror Muxtor Aliyning Shvetsiya hukumati, uning xalqi va bu mamlakatda yashayotgan o‘zbeklar qadr-qimmatiga zarar yetkazuvchi chiqishlari xavotir uyg‘otgani bildirilgan.

So‘nggi paytlarda Abror Muxtor Aliy ijtimoiy tarmoqlarda, xususan, 700 mingdan oshiq obunachiga ega YouTube kanali orqali bildirgan bayonotlari o‘zbek hamjamiyatida chuqur xavotir uyg‘otdi. U o‘zining chiqishlarida Shvetsiya vatandoshlarini Qur'onni yoqishda ayblab, shved xalqini hamda hukumatini islom dini va musulmonlarga qarshi siyosat yurgizayotgan mamlakat sifatida haqorat qilgan. Vaholanki bu harakatni sodir qilgan Iroqlik fuqarolar Shvetsiya sudi qarori bilan mamlakatdan chiqarib yuborilgan edi.

Shuningdek, Abror Muxtor Aliy o‘z chiqishlarida shved vatandoshligini olgan o‘zbeklarni asossiz ravishda, “gey”, “goluboy”, “besoqolboz” deya haqorat qiladi. U Shvetsiyani LGBT g‘oyalarini himoya qiladigan davlat sifatida musulmonlar yashashi uchun nomunosib mamlakat deb ataydi. Bu bilan u gomofobiya, ksnofobiya, diniy adovat, toqatsizlik bilan yo‘g‘rilgan g‘oyalarini o‘z tarafdorlari orqali dunyoga yoymoqda. Bu albatta, nafaqat Shvetsiyadagi o‘zbek jamoatchiligi, balki O‘zbekistonning xalqaro obro‘siga ham salbiy ta'sir ko‘rsatadi deyiladi jumladan 10 nafardan ziyod faollar imzolagan murojaatda.

Petitsiyani Shvetsiyadagi Go‘zal Sultonali qizi, Suniyat Mamusheva, Komila Nazarova, Islom Hamidov, Sobir Qurbonov, Farhod Inog‘omxo‘jaev, Akmal Soliev, Komiljon Shokirov kabi o‘zbek faollari bilan bir qatorda Byorn Niklasson, Fredrik Yonsson, Koma Adamsson singari shved millatiga mansub shaxslar ham imzolagan.

Ularning fikricha, Abror Muxtor Aliyning diniy adovat, ksenofobiya va gomofobik toqatsizlik mazmunidagi chiqishlari shvetsiyalik vatandoshlarimizda nafaqat g‘azab uyg‘otmoqda, balki ularning Vatanga bo‘lgan mehriga ham putur yetkazmoqda.

Shulardan kelib chiqib, ular ayni murojaaatlari orqali:

  1. Abror Muxtor Aliyning ijtimoiy (Yutub, Feysbuk, instagram) tarmoqlaridagi chiqishlari prokuratura va adliya idoralari tomonidan chuqur o‘rganlib chiqilishini;
  2. Diniy va siyosiy adovat qo‘zg‘ashga qaratilgan, shuningdek, O‘zbekiston va Shvetsiya vatandoshlarining qadr-qimmatini kamsituvchi chiqishlari yuzasidan siyosiy ekspertlar xulosasi berilishini;
  3. Abror Muxtor Aliyning gomofobiya, diniy va irqiy adovatga va shaxslarni haqoratlashga asoslangan barcha chiqishlari ijtimoiy tarmoqlardan olib tashlanishini;
  4. O‘zining ayni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali Abror Muxtor Aliy Shvetsiyadagi sha'ni va obro‘si kamsitilgan barcha shaxslardan kechirim so‘rashini;
  5. Millatlararo va davlatlararo miqyosda adovat qo‘zg‘ashga uringanligi uchun Abror Muxtor Aliyga nisbatan BMT rezolyutsiyasi doirasida zarur jazo choralari ko‘rilishini talab qilishgan.

Omma orasida ziddiyatli hamda LGBTga qarshi keskin chiqishlari bilan tanilgan Abror Muxtar Aliy tahallusi ostidagi namanganlik 48 yashar diniy bloger Abror Abduazimov sudlanguniga qadar O‘zbekiston Islom tsivilizatsiyasi markazi jamoatchilik bo‘limi bosh ilmiy xodimi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Qur'on va tajvidni o‘rganish bo‘limi mudiri o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

O‘tgan yilning fevral oyida sud Abror Abduazimovni ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali jurnalist Nikita Makarenkoga nisbatan tuhmat, qadr-qimmatni kamsituvchi ma'lumotlar tarqatishda aybdor deb topib, ma'muriy jazoga tortgani ortidan u barcha lavozimlaridan ozod etilgan va faqat diniy propaganda bilan shug‘ullanib kelmoqda.

Tag‘in o‘qing
14 sentyabr 2020
Bir tanishim bor edi. Hozir o‘tib ketgan. Ikki-uch yilda chorraha yoki metro vagonida to‘qnash kelib qolardik. U qo‘liga rubob ...
15 oktyabr 2023
Isroil tashqi ishlar vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, Isroildagi qurolli to‘qnashuvlarda O‘zbekistonning uch nafar fuqarosi halok bo‘lgan, yana to‘rt nafari bedarak ...
30 sentyabr 2023
Shanba kuni Berlin markazida aylanib yurib, tasodifan bir nikoh to‘yining guvohi bo‘ldim. To‘y korteji bittagina aravachali velosipeddan iborat edi. ...
7 dekabr 2015
Omadli biznesmen va O‘zbekistondagi ilk xususiy bankni tashkil qilgan Rustam Usmonov, o‘sha paytlarda hali Toshkentdagi eng oliy kabinetlarga kira ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...