Asosiy mavzular
30 avgust 2024

O‘risga cho‘qingan o‘zbeklar – RTdan va'z

Bosqinchiga yordam bergan yurtdoshlaringizni tanib oling

RT: Mana hafta zuvv etib aylanib, yana siz bilan yuzma yuzman.

MS: Ovong og‘o, bugun beshlanjiy gun. Gurungni sizdan ishitamiz. Nichiksizla mo‘chchi oybika, xo‘jik birrilo. Xivodayi Gulnora biyi, Ismoyil olqosh, Soporgul opo, So‘ltonposhsho apkala, hokimla, Matchon buvoni Moskvadayi asrak oxtiqlori nichiksizla…

RT: Matchon Suqulish to‘yda salom aytganday bo‘ldingmi?

MS: Og‘o solom oytish iminniin bo‘lodi. Ulli yopdon otlog‘on. Yumirtosi chotlog‘on telegramm yoshullisi Pavel Duropo bir solom.

(kulgi jingl)

Pavel Durovga ayblov e'lon qilindi va u 5 million yevro garov, hamda Frantsiyani tark qilmaslik sharti bilan keyingi sud majlisigacha shartli ozod qilindi.

Bundan tashqari Durov keyingi sud majlisigacha xaftada ikki marotaba politsiyaga kelib tilxatga qo‘l qo‘yib ketishi joiz. 

Frantsuz prokuraturasi  press-relizida yozilishicha¸ Durov pul yuvib oqlash, bolalar pornografiyasini tarqatish, narkota savdosi va firibgarlik bilan shug‘ullanadigan platformani jinoiy boshqarishda ayblandi.

Shu bilan birga Durov hokimiyat bilan hamkorlik qilmaganlikda ham ayblandi.

MS: Og‘o indi novvi bo‘lodi. Telegram o‘ldimi?

Durov qamoqqa olinganida meni ham telegramda sahifam borligi yodimga tushdi.

Qachondir ochilib, qarovsiz va odamsiz yotgan sahifamni tiriltirib ishlatvordim. 

Annaqsa obuna bo‘larsizlar. Qarangki, mendan boshqalar ham shunday qilibdi. 

Durovning qamalgani telegram uchun zo‘r reklama bo‘ldi.

Telegram aplikatsiyasini yuklab olish so‘nggi ikki kun ichida rekord urdi. 

Nafaqat sobiq SSSR,  rus tilli o‘lkalar, balki butun dunyoda shunday bo‘ldi. 

Durov qamalishidan bir kun oldin AQShdagi tarmoqlar reytingida o‘n sakkizinchi o‘rinda turgan telegram birdan sapchib ikkinchi o‘ringa chiqib oldi. 

Frantsiyada esa, AppSore bo‘yicha ikkinchi va ijtimoiy tarmoq kategoriyasi bo‘yicha birinchi o‘ringa chiqdi. 

«Telegram endi o‘ladimi» deb savol bergan qizlarga aytadiganim shu.

Telegram bu daraxtga o‘xshaydi. Tagiga suv quysang ko‘karadi.

MS: «Tliygrom ijod atib, oqibatin yod etib. Hayron o‘zing, giryon o‘zing, qomoqlarda sarson o‘zing» (avji) «Ey Paaaveeeel senga ma'lum, bizaaa noma'luuuuuuum» 

(Parda ochiladi)

Xo‘sh, Pavel Durov qo‘liga nega kishan solindi?

Bu savolga Frantsiya matbuotidan javob topdik. Demak Frantsiya adliyasi yoyinlagan dokumentga ko‘ra,  Durov 8 iyul kuni ochilgan jinoyat ishi bo‘yicha ko‘rsatma berish uchun ushlangan. (Bu aynan Durov aybdor degani emas. Xozircha guvoh. Dokumentdan shuni tushundim vallaxi a'lam)

Tergov manovi qilingan jinoyatlarni tekshirishmoqda. 

1. TG onlayn platformasida jinoiy guruh noqonuniy pul o‘tkazmalari va shubxali tranzaktsiyalarni tashkillashtirgan.

2. TG tergovchilarga qonun talab qilgan informatsiya va  dokumentlarni berishdan bosh tortgan. 

3. TG bola pornagrafiyasi yaratishda va tarqatishda ishtirok qilgan.

4¸ TG platformasida narkota sotilgan

5. TG Mafiya, uyushgan jinoyatchilar to‘dasi va bandit moshenniklar bilan bir teshikka siygan. 

6. TG Jinoyat izlarini yashirishda mafiyaga yordam qig‘an. 

7. Kripto soqqakashlik va kriptologik xizmatlarni xar xil qalang‘i qasang‘i, aprs va o‘g‘rilarga deklaratsiya qimasdan ko‘rsatgan. Katta miqdorda kripta importini yeng ichida qip tashagan. 

Mashi yetti jinoyat bo‘yicha Durov guvohlik beradi. 

MS: O‘risla Pavelni almashtirmiymi bir kutuzkada yotg‘on plena?

RT: Yo‘q. Almashtirmaydi. Pavel Durov Frantsiya vatandoshi. Etiyam, ketiyam Frantsiyaniki. Uni deport qilish, alishish qonunan mumkinbas. 

Gapning lo‘ndasi Parijda Rossiya armiyasi aloqa bo‘limining eng katta yoshullisi qo‘lga olindi. Rossiya jangovar qo‘shinlari o‘z kommunikatsiyasini telegramda qiladi.

Annaqsa, bizani vassal raxbarlar va ularning bola baqra kuyov va kuyovchaklari ham sanktsiyalarni aylanib o‘tish, davlatni yeb bitirish bo‘yicha gap so‘zdi ashi telegramda qiladi.

MS: Navchun og‘o?

Telegram aplikatsiyasi eng shaldiroq eski telefonlarda ham ishlay olishi bilan mashxur. 

Eng ko‘p telegram Xindiston qashshoqlari orasida. Bizani vassalistonning pasportiga rasman qashshoq deb yozilgan yo‘qsullari ham telegramga oshiq. 

Ammo  Durov qamalmasidan oldin men uni oq qigandim. 

Birinchidan, Ramzanning yostiqdoshlari bo‘lgan iston kuyovchiklari bilan bir teshikka siyib rasmlarga tushgani yaxmadi menga.

Ikkinchidan, Ukrainaga bosqinchi urushda Rossiya armiyasi uchun svyaznoy batalon bo‘gani uchun Durovni tilgirom simyog‘ochiga ossa ham oz.

2021 yili Putin iltimosi bilan oppozitsioner Nevalniyning bot kanalini blok qilib yopib qo‘ygan.

Bundan tashqari, Eron shia rejimi mullalari bilan kelishgan Durov Eron oppozitsiyasi va dissidentlari yaratgan kontentga to‘siq qo‘ygan.

Asosiy negativ Durov Rossiya bosqinchilarining Ukrainadagi yovuz urushini koordinatsiya qilish uchun texnik imkon yaratib bergan.

MS: Tliygromni «yoshulli»si Porijda qo‘la olinganda yonindo inoshu  rasmdayi kadi bo‘lg‘on.

RT: Umuman shaxsiy uchoq ichida pilotdan tashqari uch kishi bo‘lgan. Pavel, manov rasmdagi qiz Julia Vavilova va bitta jondor (teloxranitel). Bu qiz Dubayda yashaydi. Geymer va kripto tujjori. Arab tilida steymvideolar qiladi. 

«Pavel xoxlamasayam, Parijga boraylik deb ko‘ndirib mentlarga topshirgan agent» degan mish-mish ham tarqaldi.

MS: Og‘o shuni tiyotr atib go‘rsating…

Prolog final

Alqissa Pavel zindonda o‘ltirib ko‘zlaridan yoshlarini oqizib tergovchiga qarab manov baytni aytdi.

Ey agent,  g‘ambodadurmen, tilgiromni  kavlama,

Chun shifrlangan mutlaqo ul g‘irromni  kavlama.

Har zamone Putindin manga xitobatlar kelur,

Senki ishpiyon bo‘lmasang, mesenjermni kavlama.

Bilsa Makronlar bilur, men kabilar holini,

Sen ey Makron  bo‘lmasang, vinchesterimni  kavlama.

Tilgiroomga dard tegib, bo‘lmasin bag‘ri kabob,

Milliyord yuzerga raxm qil, dardi sirimni kavlama.

Telegram ijod etib, boshig‘a yetgan o‘zum,

Sir sotib, sir o‘marib shaytonga dars bergan o‘zim

O‘rusiyat, Ozarbayjon, o‘zbekni kezgan bir o‘zim,

Telegram dorboziman, ul langarimni kavlama.

(avjiga chiqadi) 

Voy voyey. Voooy doday yoronlar. Vooy doood.

Ko‘zidin yoshlar to‘kar zindon ichinda Pavel,

Ul bilan yig‘laydi yer, yig‘lar osmon, yig‘laydi el. 

No‘l no‘l yetti bo‘lsang ham telegromni  kavlama.

Pavel shundan keyin jiim bo‘lib qoldi.

Eshik yopildi. 

(jingl hayot qanday beshafqat)

Hali tugamadi. Bu xali hammasi emas…

MS: Sayoq yurgan tayoq yeydi

RT: Sayoq yurgan sakkizoyoq yeydi

(kulgi)

MS: Og‘o qo‘ying indi Durovni. O‘risni ming moxtosongom go‘zzi go‘k. O‘yyonni gappi so‘zina o‘ting. Qoromozini oyting, Saropoyon, Narimano‘p.

RT: Joriy prezident o‘lgan prezident go‘riga gul qo‘ydi. O‘lgan prezidentning qizi qamag‘da. Joriy prezident qizini esa Ozodlik tanqid qildi. O‘lgan prezident nabirasi esa ko‘chada pul so‘rab, tilanchilik qilib yuribdi. Eh davr, eh davron, eh ikki yuzli odamlar. O tempora! O mores!

MS: Prezident oxtiqi tozo kadisinnanam oyrilipti. Shu kadi dutmidi bi qiyzo…

Video

Karimovning navarasi Masha Tilla ashiincha o‘ldim kuydim deb yurgan sevgilisidan  ayrilibdi. Gapning ko‘toxi shu. Manavi she'r ashi haqda. 

Sevgidan so‘ylarding u kun entikib,

So‘ylarding visolning yaqin kelishin.

Men bo‘lsam ko‘zimni qaygadir tikib,

O‘ylardim dunyoning savdoli ishin.

Bugun-chi, bir o‘zim, yuribman tanho,

Sevgi ham, visol ham bo‘ldilar abas.

Barchasi manguga tark etdi, ammo

Faqat o‘sha o‘ylar tark etgan emas.

She'rni Mashsha Tillaning bobosi Karimovning do‘sti Abdulla Oripov 1968 yili yozgan. Abdulla Oripov o‘lib ketgan shoir xozirgi dovdir Bosh vazir bilan chalkashtirmang.

MS Vohay vohay. Ina kishtak roto ollo. Novvi davadi Navoiy otomiz.

Jingl

Kus bozori

Yangi O‘zbekistondagi butun manzarani aks ettiradigan slogan bor. Bu slogan avtori Toshkentning sobiq hokimi Jaxongir Ortiqxo‘jaev! «Lyubaya biznes xorosho»

Shunday yangi bizneslardan biri «qizligini sotish».

Samarqandlik onaning BAAdagi boy otaga o‘z qizining bokiraligini 5000 dollarga sotganini eshituvdim. Bu qizga havas qilgan yana bir o‘zbek ona o‘z qizini yetalab BAAga borgan. Ammo duxtr tekshirib ko‘rib, qiz yamalgan deb diagnoz qo‘ygan. BAAdagi boy otani jahli chiqib, o‘zbek onaizorni aprstlikda ayblab, politsiyaga bervorgan.

Xullas qush bozori bor, kus bozori bor.  Qizlar tekinga va bir dunyo sep suruq bilan bir xezimga qizligini oldirgandan ko‘ra, Dubbaydagi Burj xalif miymonxonasining lyuks  xonasida boy ota bilan yotib, 10 ming qo‘qonni enasiga bermoqchi.

Bakorat savdosi qozoq va tojiklarda ham yoyg‘in. 

Bizning matbuotdan farqli o‘laroq, tojiklar bu muammoga diqqat qaratdi. 

«Birinchi tun huquqini 10 ming dollarga sotaman”. Dushanbelik 23 yoshli qiz “bokiralik” auktsionida ishtirok etmoqda

Dushanbelik 23 yoshli qiz First Night (“Birinchi tun”) xalqaro auktsioni orqali o‘z “qizligi”ni 10 ming dollarga sotishga qaror qildi. Mazkur auktsion orqali har yili turli davlatlardagi yuzlab qizlar “birinchi tun” huquqini boy erkaklarga sotadi.

Ozodlik radiosi tojik xizmatining xabar berishicha, yaqinda auktsionda 23 yoshli dushanbelikning: “Men nozik qizman, kelajakda yaxshi xotin bo‘lish uchun boy erni izlayman. Itoatkor, nazokatli va mehribonman. Men hali bokiraman”, degan e'loni paydo bo‘ldi.

First Night onlayn auktsionida Markaziy Osiyo davlatlarida yashovchi qizlarning e'lonlari juda ko‘p uchraydi. Musulmon davlatlari orasida eronlik qizlarning e'lonlari ko‘proq.

Auktsionda “qizlik” yosh va chiroyga qarab baholanadi, hamda uning narxi 3 ming dollardan 1 million dollargacha bo‘lgan miqdorni tashkil etadi.

Marshall orollaridagi shirkat ta'sis etgan First Night auktsioni rasmiy saytida ta'kidlanishicha, shirkat “oldi-sotdi jarayoni uchun mas'ul emas va hech qanday javobgarlikni zimmasiga olmaydi”.

Saytdagi ma'lumotlarga qaraganda, qizlar ham, erkaklar ham o‘z e'lonlarini mustaqil qoldirish va o‘chirib tashlash huquqiga ega.

Sayt rasmiy vakilining aytishicha, oldi-sotdi jarayoni “sotuvchi va xaridor” o‘rtasida bo‘lib o‘tadi, auktsion bu ishga aralashmaydi. Sayt ma'muriyati qizlardan kelgan fotosuratlarni tekshirish va ularning haqiqiyligini tasdiqlash bilan cheklanadi.

MS: Dam soz dam so‘bat. Oyting bir g‘ozol. Hech kim bo‘lmosin kasal

Jirg‘atolda  g‘amlar uchrashdi

Qatortolda shamlar uchrashdi

Restoranda ta'mlar uchrashdi

Aqli, xushi kamlar uchrashdi

Yo‘qolsin urf odat

Jadidlar millat yuksalishiga urp odat xalaqit beradi deb ishonishgan. 

Haqiqatda ham shunday. 

To‘y, aza bilan bog‘liq millionta urp odat va bemaza tutumlar bois mana yuz yildirki itning orqa oyog‘imiz. 

Sovet davrida fizikani yaxshi o‘qigan bola institutni tugatib aspiranturada o‘qib, kandidat nauk bo‘lardi. 

Endi bu olim yana rivojlanib doktor bo‘lib, Nobel mukofotlarini olaman deb turganda urp odat degan ilon uni oyog‘idan changallab botqoqqa sudrab ketardi.

Bu «olimtoy» uylanib ayolband bo‘lib urfu odatlar botqog‘ida g‘arq bo‘ladi. Maksimum poraxo‘r domlaga aylanadi.

Sovet davrida gurji, arman va yaxudiylardan qancha olim qancha doktor chiqdi.

Bizaniklar esa start chizig‘idan otilib chiqaishi bilan urp odat deb chiqqan ota ena va qarindoshlar oyog‘idan chalib tashardi. 

Jadidlar bunga diagnoz qo‘ydi. Rezultat o‘rtada. 

Ammo bu urp odatlar bois «o‘sib rivojlanib ketamiz» degan qovoqkalla, oshqovoq miyalar ham bor ekan. 

Alisher Qodiro‘p degan «Milliy tiklanish» qo‘g‘irchoq partiyasi yoshullisiga ko‘ra,  O‘zbekiston «o‘zining ming yillab qadriyatlari, urf-odatlariga ega bo‘lgani uchun  davlat, xalq sifatida rivojlanishning yangi bosqichida turibdi.» ekan.

Ya'ni urp odat bois rivojlanib o‘sib, g‘ovullab ketibmiz. 

(qani, qani, qani deydigan odamam yo‘q) 

Alisher Qodirovniing noilmiy gapiga ko‘ra, «bugun butun dunyo o‘z qadriyatlaridan uzilib qolish azobini yashamoqda» ekan.

Maqtanchoqlik, riyo, yolg‘on va uvol ustiga qurilgan urp odatlar hamda «paqir panada», «Otangdi o‘ldirganga enangni erga ber» tarzidagi ponyatkalar qancha tez yo‘q bo‘lsa, shuncha yaxshi.

Yo‘qolsin urp odatlar. Modern va mustaqil yashash qanday yaxshi.

MS: Og‘o odatlar zo‘rqu. Ina galinla galin moshino lompo yoqib minadi. 

RT: Kelin qo‘lidagi lampachiroq mashinani ichida ontarilib ketib, pojar bo‘lganini bilmaysanmi. 

MS: Baribir mongo shu xonqoni urp odati yoqodi. 

RT: Takror aytaman. Jadidlar urf odatlar millat taraqiyoti uchun xizmat qilmaydi deb chuqur ishongan. 

Qodiriyning «O‘tkan kunlar» romani shu urf odatlardan kelib chiqqan fojeani aks ettiradi. Ilm, irfongina bizni taraqqiyotga eltadi.

Alisher Qodirov jadidlar fikriga teskari gap aytib, kinnachilarni qo‘llagan bo‘lsa, bu uning saviya samarasi.

Alisher Qodirovdan oldin Madvaziram «urp odatlar» haqida gapiruvdi. Ozodbek Nazarbekov mehmonxonalarda turistlar «xalqimizga xos urf-odat, haqida tushunchaga» ega bo‘lsin debdi. Demak, sayyohlar oshni qo‘lda yesin. Qoganiga ofitsiantlar oshatib qo‘ysin o‘rtasiga suyak qo‘yib. Yeb bo‘lganidan keyin idishdi ichiga choy quyib yuvindisini ichirvoringlar. Osh yeb bo‘lgandan keyin turist qo‘lini maxsisiga artsin. Nosni ko‘rpachani qayirib tupursin. Eng muhimi turist och bo‘sayam, biroz iymanib yemay o‘tirsin. Ofitsiant yarim soat oling oling degandan keyin «Ha, qo‘ymadingiz deb» ovqatga qo‘l uzatsin. Lyuboy chapaqay turist ham ovqatni o‘ng qo‘lda yesin. Chap qo‘lda shaytonni ini bo‘ladi. Stolni bezashda narsalarni ekskavatordan to‘kkanday qilib dastaxonni g‘ij-g‘ij   to‘ldirib tashash kerak. Sok, napitka, tort, pista bodom snikers qilib. Stol to‘rida hech kim qo‘li yetmaydigan joydagi vazaga banan, ananas, kivi va olmani shurup bilan qotirib qo‘yish kerak. Mabodo meymon olib yeb qo‘ymasin deb. Shunda Alisher Qodirov aytganday «vozz etip» rivojlanib ketamiz.

MS: Indi tozoliqlodan oyting. 

Turkiyaning Darranda qishlog‘ida urug‘i Xorazmdan keltirilgan gurvak qovun pishdi.

RT: Mahalliy aholi bunday qovun mazasidan hayratda. Malatiyaning Darandasida xorazm qovuni yetishtirgan Xusayn Qilich gazeta muxbirlariga «Shu paytgacha ekkan qovunlarimdan juda ustun bir nav ekan o‘zbek qovuni. Bu qovunni yeganlar boshqa qovunlarni xiyor (bodring) kabi mazasiz ekanligini bilishdi. Endi faqat gurvak bilan oqnovvot ekaman» dedi faxr bilan.

MS: Og‘o bu odomni qo‘lindayi gurvak amas. Gurvak Shobboz bilan Gullanda pishadi quri. 

RT: «Xolvani xokim yeydi. Kaltakni yetim» degan maqol bor. Xozir bu maqolni «porani hokim oladi, ammo kaltak hokim yordamchisi boshida sinadi» deb o‘zgartirsa bo‘ladi. Keyingi vaqtda pora bilan qo‘lga tushgan pom xokimlar soni sanoq cho‘pga sig‘may qoldi.

Poradan boshqa sxemalar bilan byudjet pulini o‘marishga ham pom hokimlar safarbar.

Kecha Shahrisabz xokimligidagi ikki mulozim qo‘liga kishan solindi. 

Shahrisabzda kredit mablag‘larini talon-toroj qilgan hokim yordamchisi va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Shahrisabz shahridagi hokim yordamchisi F.A. mansab mavqeidan foydalanib, to‘qimachilik, tikuvchilik va trikotaj sanoati uchun texnikalar ulgurji savdosiga ixtisoslashgan MChJ rahbari R.M. bilan til biriktirib, 2022-2023 yillarda naslli chorva mollari sotib olish, parrandachilik, asalarichilik, tikuvchilik, issiqxona tashkil etish va boshqa maqsadlarda 14 nafar fuqaro nomidan imtiyozli kredit olish uchun shartnoma va hisob-faktura hujjatlariga elektron raqamli imzo orqali soxta ma'lumotlar kiritgan holda aktsiyadorlik tijorat bankiga taqdim etishgan. Natijada, bank tomonidan ajratilgan 440,3 mln. so‘m kredit mablag‘i o‘marilib arra qilingan. 

Bundan tashqari, hokim yordamchisi boshqa MChJ rahbari X.S. bilan ham kelishib, 25 nafar fuqaro nomidan soxta ma'lumotlar taqdim etish orqali ATBdan 733,3 mln. so‘m kredit mablag‘i ajratilishiga erishgan.

Shu tariqa, jami 1 mlrd. 173,6 mln. so‘m kredit mablag‘i talon-toroj qilingan.

Hozirda hokim yordamchisi, MChJ rahbarlarihamda boshqalarga nisbatan Jinoyat Kodeksininng 167 va 228-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Shahrisabz hokimligidagi byudjet o‘g‘rilari qamag‘da. Lekin negadir hokimning o‘zi qamag‘damas.

MS: Og‘a, navchun xolvani hokim, kaltakni yetim yiydi?

Ishonmagin o‘risinga, somon tiqar po‘stingga 

Ukrainaga bostirib kirgani uchun o‘rislarga Olimpiada eshigi yopildi.

Lekin O‘zbekiston kamida bitta rossiyalik sportchiga «sanktsiyani aylanib o‘tish» imkonini yaratdi. 

Gap Olimpiadada Rossiya nomidan qatnashmagan lekin O‘zbekiston nomidan qatnashgan chechenistonlik erkin kurashchi Razambek Jamolov haqida. Kremlparast kloun va yolg‘onchi 

Ramzan Qodirovning tirmizak o‘g‘li Olimpiadada O‘zbekiston uchun oltin medal keltirgan kurashchiga kvartira  va pul sovg‘a qildi

Shu o‘ris va ularning yaloqxo‘rlaridan qanchalik uzoq tursak, shunchalik yaxshi bo‘lardi.

O‘zbeklar orasidagi birinchi raqamli o‘risqul Bahrom Ismoilov boshchiligidagi bir gala o‘zbeklar podasi pul yig‘ib, bosqinchi o‘ris armiyasiga moddiy yordam berishdi. 

O‘zbekistonlik o‘zbeklar bilan birga o‘sh va jalolobodlik o‘zbek mardikorlar ham o‘risqullik, manqurtlik va paytavaquloqlikda musobaqalashdi.

Bosqinchiga yordam bergan yurtdoshlaringizni tanib oling.

Video

Oliy majlis ustidagi  qizil bayroq haqida

 Birovning yurtiga bostirib kirgan qotil Putinni yoqlash bu pozitsiya emas.

 Bu eng kamida qonli bosqinchilik  jinoyatiga sheriklikdir.

 Buni «bola chaqa boqish» bilan oqlab bo‘lmaydi. Ukrainlar bizning ham mustaqilligimiz uchun kurashmoqda. Kap katta odam bo‘lib shuni tushunmaganlar ko‘p.

 O‘zaro pul yig‘ib, Rossiya  armiyasiga bir kamaz yukli yordam tashkil qilgan o‘zbeklar haqidagi post ostiga «Bular bu ishni qilmasa, ishsiz qolib, o‘risdan qaytib kelsa, bola chaqasini sen boqasanmi» deya izoh qo‘ygan samarqandlik oliy ma'lumotli fuqaroni sharmanda taxtasidan o‘chirib qo‘ydim.

U kishi ogoxlantirishni to‘g‘ri tushundi deb o‘ylayman.

 Kecha Rossiya kinochilari 2024 yili olgan «Igrы» degan filmga ko‘zim tushib qoldi.

 1980 yildagi Moskva olimpiadasi haqidagi filmning beshinchi qismida qaxramonlar Toshkentga boradi. 

Toshkent tasvirlanganda Oliy majlis binosi ustida qizil bayroq xilpillab turganini ko‘ramiz.

Filmda hikoya qilingan 1980 yili Toshkentda Oliy majlis binosi qurilmagan edi hali.

Bu insonlarning miyasiga qilingan kichik hitob. Putin kelib, Oliy majlis binosiga qizil bayroq tikadi degan.

Ukraina yiqilsa, nishon Qozog‘iston ekani va undan keyin joriy vassal rahbarlar O‘zbekistonni jangsiz topshirishini bilamizku.

Bosqinchi o‘rislarga atalgan butxona ta'mirlanishi, Qodiriylarni o‘ldirgan qizil askarlarga yangi haykallar tiklanib, Karimov musorga uloqtirgan «G‘alaba» so‘zi muomalaga qaytarilib bog‘ qilingani. «Istiqlol» saroy nomi  yana SSSRcha «Drujba narodov» bo‘lgani sizga xatarli tuyulmadimi?

Bularning bari bosqinchi Rossiya palidtexnologlari drijerligida amalga oshdi.

«Rossiya bizni boqyapti», «O‘ris insopli», «Ukrainlar millatchi fashist» degan saqichni o‘zbeklar og‘ziga solgan ham o‘ris zombi TVsidir.

Bir tiyinga qimmat «ma'naviyatchi» o‘zbek rasmiy targ‘iboti mustaqillik nimaligini tushuntirish uchun o‘ziga sarflangan pullarni oqlagani yo‘q. 

Chunki bu «uydirma ma'naviyatchi» idoralarda o‘tirganlar ham putinga cho‘qinadigan o‘zbeklar suruviga oid.

Yaqin 100 yil tarixda o‘zi kurashib haqqini olmagan. Mustaqil yashash, mustaqil davlat o‘laroq siyosiy sahnada turish nimaligini bilmagan  40 millionga yaqinlashgan ikki oyoqlilarga aylanib qoldik. 

Yurtni bosib qonga to‘ldirgan arab jallodi Qutayba va Toshkentni qirgan o‘ris bosqinchilarini ulug‘laydigan umurtqasiz yaratiqlar podasi.

Qullik tizimini 1865-73 yillar chetdan kelib, bekor qilib berishdi, O‘zbekiston mustaqilligi ham O‘zbekistondan uzoqda Belarusning Belovej o‘tlog‘ida Yeltsin, Shushkevich va Kravchuklarning siyosiy irodasi bilan 1991 yili amalga oshdi.

Qo‘ldan berganga qush to‘ymaydi. Birov padarka qigan mustaqillikni o‘zi kurashmaganlar qadriga yetmaydi.

1873 yili Xorazmda qullik bekor qilinganida odamlar uyidagi qullarini ko‘chaga chiqarib yuborishgan.

 Ular «ozod bo‘ldik» deya uloqib, ko‘chada yurib, yana xo‘jayin eshigini qoqqan ekan.

 «O‘rganib qolgan yerimiz, maylimi, yana xizmatingizni qilaversam. Osh ovqatim tayin, ustimda boshpanam bor edi» deyishgan.

O‘zbekiston xalqi 1990 yil SSSRni saqlab qolish referendumida 93-u o‘nda 7 foiz ovoz bilan «SSSR bizga kerak» deb ovoz bergan edi. 

Gorbachev davri oshkoraligi sharoitida o‘tkan bu referendumda 511 ming 373 kishi «SSSR kerak emas» deb ovoz berdi.

Bugun nechta odam Yangi O‘zbekistonda mustaqillikni yoqlab chiqa oladi?

Ular nechta? Joriy rahbarlar ichidachi? 

Putindan o‘rden olish kabi iyotsizlik ortidan, «otrabotka» qilish va'dasini berganlar mustaqillik tarafdorimi?

 «Bola chaqamni kim boqadi» deya o‘zining palidligini oqlayotganlarchi?

O‘zbekistonning mustaqillik bayrami bilan hech kimni tabriklamayman.

Bizning mustaqil, o‘z tashqi siyosatiga ega davlat bo‘lib yer yuzida de yure yashab qolishimizni urush frontlarida qon kechib,  o‘ris bosqinchilariga qarshi kurashayotgan shonli Ukrainaning sharafli askaru cheriklariga yengish tilayman.

Ikki kallali kalxat aks etkan o‘ris gerbini miltiq qo‘ndog‘i bilan qo‘porib, yerga otgan ukrain askari bu aslida O‘zbekiston qahramoni.

 Poka bilat. Kurva kokain. Chao pompidu. Avuf vi der zayn. Zanjirlarni sekinroq sholdirat ey sharafsiz piypl.

MS: Og‘o sho‘rda gozni pasaytirip. Tormozo urip, moshinni chetroqo oling. Oching alni, uring potyani.

RT: Assalom O‘zbekiston, Juma muborak!

Tag‘in o‘qing
25 yanvar 2023
Yil boshida Germaniyada kompaniyalar faoliyati va ularning inson huquqlari hamda atrof-muhit uchun oqibatlari bilan bog‘liq yangi qonun kuchga kirdi. ...
22 fevral 2021
Namangan viloyati hokimi prezident kelgan paytda tanqid qilingan mahallada bu yerda sharoit yaxshilanguncha yashashini bildirdi. — Har kuni shu ...
21 may 2016
Surxondaryoda o‘tkazilgan «Kim edigu, kim bo‘ldik, ertaga qanday yuksak marralarni egallashimiz kerak?» mavzuidagi tashviqot tadbirlari haqida maqola e'lon qilgan ...
16 avgust 2019
Mana, hayit ham o‘tdi. Bor tovog‘im – kel tovog‘im tugab, kundalik tashvishlarga qaytdik. Hayot tabrik otkritkalaridagi kabi rang-barang emas.  ...
Bloglar
22 sentyabr 2024
Vokal va vizual undan oldingi jiguli qo‘shig‘ining siyqa takrori xolos. Qo‘shiq melodiyasi kavkaz diskotekalridagi «Shiki ...
9 sentyabr 2024
Yaqinda miyani o‘rganish bo‘yicha yirik mutaxassis Tatyana Chernigovskaya ma'ruzasida ayollar bir paytning o‘zida hamma narsaga ...
10 avgust 2024
O‘zbekistonda bir arvoh kezib yuribdi. Bu Karimov arvohi. O‘zbekiston Karimov davridagi paranoyaga qaytib matbuotdagi «arvox» ...