Asosiy mavzular
6 sentyabr 2024

Yumurto barak siri – RTdan va'z

RT: Mana xafta zuvv etib aylanib yana siz bilan yuzma yuzman.

MS: Ovong og‘o, bugun beshlanjiy gun. Gurungni sizdan ishitamiz. Nichiksizla mo‘chchi oybika, xo‘jik birrilo. Xivodayi Gulnora biyi, Ismoyil olqosh, Soporgul opo, So‘ltonposhsho apkala, hokimla, Matchon buvoni Moskvadayi asrak oxtiqlori nichiksizla…

RT: Matchon suqilish inim men senga aytsam odamlar ikkiga bo‘linadi. Eltuzni obuna bo‘lib o‘qiydiganlar va bildirmay o‘qiydiganlarga. Bildirmay o‘qiydiganlar ham ikkiga bo‘linadi. Yutubda ko‘radiganlar va rassom tuz sahifasini o‘qiydiganlar.

MS: Og‘o man siza oytsom tozoliqlo ikkiga bo‘linadi. Xo‘sh xovorlo, ham shum xovorlo. Odomlo shum xovoro qiziqadi. O‘lgan qotqan, kortada utizg‘on, avariyaa uchrob qoro qon bo‘g‘on arkakla ari oyirip arip arsiz qolg‘on xotinlo. Alasa shumxovor ishitamiz.

Shumxabarlar

RT: Oltiariqlik 72 yashar ota 41 yashar o‘g‘lini pichag‘ bilan so‘yib tashadi. O‘g‘il go‘rda. Qotil ota qamag‘da.

MS: Ivan Grozniy o‘ris yurtdo bolosini o‘ldirvadi. Repin dayan xudojnikni rasmi bo, shunnichikin.

RT: Samarqandda SSSRni tiklash tarafdori bo‘lgan 74 yoshli samarqandlik pensioner jazolandi. Unga sud 3 yilga ozodlikni cheklash jazosini tayinladi.

MS: Kurt bir tiyn, goz mut, svet mut, kadila xirrik zomono qoytjakadi qon toshog‘on.

RT: Toshkentlik A.Abdusalomov Telegramm tarmog‘ida aqidaparastlik, radikalizm va jihod g‘oyalari targ‘iboti bilan shug‘ullangani uchun sudlandi.

20 yashar A. Abdusalomov Telegramdagi «Ashadiylar» guruhida turli nashidlar, «Soldiers of Allah», «Axi Anta Xurrun», «Birodarlarga nasihat» kabi o‘ndan ortiq videolarni ulashib kelgan.

Ushbu videolar sud-dinshunoslik ekspertizasida mavjud davlat tuzumiga qarshi, jangovar jihodga chorlovchi, aqidaparastlik targ‘iboti deb baholandi.

Toshkent viloyati sudi fuqaro A.Abdusalomovning hali yosh ekanini, aybiga to‘liq iqrorligini inobatga olib unga 2 yil ozodlikni cheklash jazosini tayinladi.

MS: Ina birdom birdom. Kishtala birdom birdom… 

RT: Rossiyadagi avariyada 8 o‘zbek o‘ldi. 3 o‘zbek mayib majrux. 11 yo‘lovchi mingan moshin yo‘lda ontarilib ketdi. Mirziyoev topshirig‘idan keyin o‘zbeklar o‘ligi davlat hisobidan O‘zbekistonga obkelinib ko‘miladigan bo‘ldi.

Video hayot qanday beshafqat

Otasining ulfatini so‘ygan novvoy qamag‘da.

Hujjatlarda ismi Sh.Sh.A. shaklida qisqartirilgan erkak otasining ulfatini so‘yib o‘ldirdi.

U Chilonzor tumani 12 daha, 59 uy oldida joylashgan novvoyxonada navbatdagi ish kunini boshlagan. Tush paytida novvoyning otasi Umarov Abdumo‘min Shaymardanovich novvoyxonada do‘sti Uzbekov Akbar Jamolxonovich bilan aroq ichib o‘tiradi. Buni ko‘rgan novvoy Sh.Sh.A. otasining ulfati Uzbekov Akbarga bu yerda ichmaslikni buyuradi. Mast holatdagi Uzbekov Akbar esa javoban novvoy yigitni haqoratlaydi.

Shundan so‘ng Sh.Sh.A. Uzbekov Akbarni o‘ldirish maqsadida oshxona pichog‘ini uning o‘pkasiga va ko‘krak qismiga bir necha marta sanchadi. Jabrlanuvchi og‘ir jarohatlar sabab voqea joyida o‘ldi.

Ulfat go‘rda, novvoy qamag‘da. Araq shishasi ekspertizaga olib ketildi.

MS: Isqoq isqoq isqoq.

Isqoqnikina borsoq.

250 gromni ursoq

Kampirdan toyoq yesak…

Niyozovning amalga oshmagan g‘oyasi

1991 yilning 13 dekabri kuni O‘zbekiston SSR, Qozog‘iston SSR, Tojikiston SSR, Qirg‘iziston SSR va Turkmaniston SSR rahbarlari Ashxobodda yig‘ilishdi.

Besh kun avval 1991 yilning 8 dekabrida Belovej o‘tlog‘ida Yeltsin, Kravchuk va Shushkevich uchligi SSSR davlatini rasman tugatgani ortidan «etim qolganlar jiynoqi» edi bu.

Savol xuddi bir kunda ham otasi, ham onasi o‘lgan yetimning savoli kabi edi.

«Endi nima qilamiz? Kim bizani ipimizdan tortib yuradi? Egasi o‘lgan qo‘ydekmiz» 

Chunki bu besh respublika rahbarlari yangilangan ittifoq shartnomasiga qo‘l qo‘yib, SSSR tarkibida yashashga xoziru nozir  edi. Xatto bu shart O‘zbekiston mustaqillik deklaratsiyasiga ham kiritilgan edi.

SSSRdan ajralib mustaqil bo‘lish, turkmancha aytganda ipi uzilgan tuyaday o‘zboshdoq bo‘lish bu besh  sovet kommunist rahbarlarining  planida yo‘q edi. 

Hatto SSSR tarqalib ketsa ham bu besh respublikadan saylangan SSSR xalq deputatlari ertamattan Moskvadagi s'ezdlar saroyiga borgani latifaga ham aylanib ulgurgandi.

Bu sovetpatrast o‘rta osiyo deputatlarini s'ezdlar saroyi farroshi supurgi bilan haydagan. «Ketinglar endi. SSSR yo‘q bo‘ldi» deya.

Xullas 1991 yilning 13 dekabri Ashxobodda «eshak o‘ldiradigan darajada sovuq» edi.

SSSR yo‘qolganidan qo‘rqqan bu besh raxbar apti basharasi esa undan ham sovuq edi.

Majlisni ochgan Turkmaniston SSR Kompartiya birinchi kotibi  Saparmurod Niyozov taklif kiritdi.

«Modomiki SSSR tarqalib biz ko‘chada qoldik. O‘z boshimiz chorasini  o‘zimiz ko‘ra qolaylik. Beshalamiz birlashib bitta davlat bir yumuruq (musht) bo‘lib yashayveraylik. SSSR davrida ham bizda gaz, elektr energiya soxasi, sug‘orish tizimi, meteorologiya umumiy edi. Turkiston xarbiy okrugi degan armiya qo‘shini ham beshalamizga bir edi. Diniy tarafdan ham besh respublikani bir muftiy boshqarardi. Shuni saqlab qolib birlashib, yagona davlat bo‘lib bir-birimizga suyanib yashasak. Buni O‘rta osiyo ittifoqi deb nomlasak.»

Tarixga muhrlangan tarixiy va balki eng to‘g‘ri taklif edi bu! O‘zini bilimdon deb bilgan Nazarboev ham, o‘zini liberal demokrat deb bilgan Aqaev va o‘zini eng shum deb bilgan Karimovdan bunday aqlli gap chiqmagandi.

Absurd shundaki Niyozovni bu uchchalasi «axmoq, keldi kelmadi  bir dovdir» deb bilishardi. Hatto Karimov bitta katta yig‘inda Niyozovni «qo‘toqbosh» deb ham atagan edi.

Yana 1991 yil 13 dekabrga qaytsak. Niyozovning taklifidan Qozog‘iston Kompartiyasi birinchi kotibi Nazarboev qo‘rqib ketdi.

«Slavyanlarni xapa qilib qo‘yishga qanday jur'at qila olamiz» deya u majlis tanaffusida Karimovga o‘z xavotirini aytdi. Karimov ham O‘rta osiyodagi beshta sobiq sovet davlatining birlashib yashashiga qat'iy qarshi ekanligini bildirdi. Bu ikki nomenklatura yaratig‘i Niyozov taklif qilgan g‘oyani bloklab qo‘ydi. 

Buning o‘rniga bu ikkalasi SNG (Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi» degan bo‘yinturuq ostida yana Moskvaga bo‘ysunishga rozi bo‘lishdi. 

Tarix ulug‘ murabbiy. Ajdodlar yodi muqaddas.

MS: Ina garak bo‘so, Novvi davadi Navoiy otomiz, soyasonda yotomiz

Xujayralargacha singan qo‘rqoqlik

Karimov O‘z SSR gosplanidagi ishdan ketib Qashqadaryo kommunistlari boshlig‘i bo‘lib, «Yashasin SSSR» deb shior ko‘tarib yurgan 1988 yili Germaniyadagi o‘zbek oydinlari «Istiqlol bayrog‘i» degan 52 betlik jurnal chiqarib, normal pochta va kontrabanda usulida O‘zbekistonga yetkazishgan edi.

Shu jurnaldan bittasi pochta bilan artist To‘lqin Tojievga ham yetib borgan edi. Qo‘rqib ketgan To‘lqin Tojiev darrov TVga chiqib “men SSSR tarafdoriman. Dushmanlar menga mustaqillik g‘oyasini tiqishtirdi» deb gapirgan edi.

Jurnal shoir Rauf Parfining «Biz bugun vatanimizning qorovuli emas, egasi bo‘lmog‘imiz kerak» degan so‘zini birinchi varaqda alohida qo‘ygan.

Jurnalda O‘zbekiston SSRning ruslashtirilgani va 1987 yil Jumabozordagi xalq isyonining bostirilish tafsilotlari yoziladi.

Jurnalda «Milliy ozodlik g‘oyasi so‘nmagan yurt» degan katta bir maqola ham bor. Maqola Ukraina mustaqilligi uchun kurashayotganlar haqida hikoya qiladi. 

Oradan 40 yilga yaqin vaqt o‘tsa ham  o‘z erki uchun kurashayotgan Ukraina mavzusi aktual va  bu maqola hanuz eskirmadi.

Jurnal oxirida esa o‘quvchilarga xitob qilinadi.

«Yurtdosh! Qo‘lingizdagi majmuani o‘qing va yoru birodarlarga o‘qiting. Nusxa chiqarib xalq orasida tarqating!

To‘lqin Tojiev misolida bu xitob amalga oshmaganini ko‘ramiz. Aksar o‘zbeklar bu majmuani olishi bilan yoqib yuborgan.

Qo‘rqoqlik suyak suyagi, gen va xujayralarigacha kirib ketgan el bu  o‘zbek eli.

MS: Og‘o qo‘ying bi gaplani. Shu yimirto barak mozzimi, yo qo‘tir barak?

Yumurto barakning qo‘tir barakdan farqi

TV da direktor bo‘lib ishlaganimda biznes bo‘yicha o‘nlab treninglarda qatnashganman.

Urganch, Toshkent, Olmaota, Bishkek, Moskva, London, Viskonsen va Santa Fe shaharlarida o‘tkan bu treninglarda ustozlar zamonaviy kapitalizm sharoitida biznes imkonlarini hijjalab o‘rgatishdi.

Bu bilimlarga tayanib Urganchda eng modern va ko‘p pul topadigan TV kanal yaratdim. 

Erkin bozor talablariga to‘la rioya qilgani bois gullab yashanagan bu Telekompaniya saylov paytida diktator Karimov xarxashasi bois maxalliy manqurt zamhokim Botir Raximov degan korruptsioner va tug‘ma ovsar tomonidan yopib tashlandi.

Bunga  bugun to‘xtalmayman.

Qog‘ozlarim orasida Ye. Raxmanov degan biznes mushovirning maslahatiga ko‘zim tushib qoldi. Biznes qilmoqchi bo‘lgan qizlarga asqotar deya erkin tarjima qilib qo‘ydim.

«Demak sen xotin qizsan. Aytaylik go‘mma yoki tort pishirib, biznes qimoqchisan. Balki yumirto barak pishirarsan, chunki bu kontent tansiq va yumurto barak sevgan segment ancha boy.

Demak boshladik.

Ko‘chada bir notanish erkakni ko‘rib qolding. Sen to‘g‘ri uning oldiga borib «Men yemakni zo‘r pishiraman Ayniqsa sizga yoqadigani klassno chiqadi» deysan.

– Bu priyomni nomi direkt marketing.

Boy va aqlli odamlar ko‘chada yurmaydi. Ular ba'zan muzeyga borishadi. Masalan men ikki marta Alisher Burxanichni Toshkent davlat san'at muzeyida telexlarsiz jimgina yurganini ko‘rganman. Xullas seshanba kuni yoki yakshanbada muzeyga borasan. Chunki dushanba muzey yopiq. O‘zing bilan yana bir dugonangni ham ovol. 

Sen Bellolining «Cho‘milayotgan xotin» asariga diqqat bilan qarab turganingda yoningda turgan erkakka qarab dugonang shipshitadi. 

«Bu san'atga oshno qiz yemaklarni klassno pishiradi».

– Bu reklama.

Boy va o‘zini tutvogan erkaklar yaxshi restoranda tomoq ichadi.

Xullas sen restoranda bir erkakni ko‘rib qolding. O‘rningdan turib to‘g‘ri uning oldiga borasan va uning oldidagi qadaxni olib ellikta quyasan. Kivi sokimi, araqmi yoki viski. Buni vaziyatga qarab to‘g‘rilaysan. «Lutfan siz bilan ichgim keldi» deysan Mona Liza tabassumini yongsilab.

Ziyraklik bilan uning galstugini to‘g‘irlab qo‘yasan va sekin bildirmay bilagini silab «Darvoqe, men juda lazzatli yemakni klassno  pishira olaman». deysan xo‘rsinib.

  • Buni ati piar.

Ertangi boy otalar bugun  universitetda o‘qiydi. Yurfak, vostochka, diplomatiya, narxoz… Xullas bitta kelajagi porloq, ota enasi baqquvvat yigitni nishonga olasan. Murakkab maxinatsiya, mish mish, tarmoqqa sizdirilgan skrin va audiolar yordamida uni kursdosh qizlari bilan urishtirib qo‘yasan.  Qizlar bir-birini chachini yulib, og‘zidan oq kirib, qora chiqyapti. Janjal avjiga chiqqan paytda xuddi qanotli malak kabi kelib  «Yur Muzappar ketdik bu yerdan» deysan. Qiz bola deganga urush janjal yarashmaydi. Hech yo‘qsa menga o‘xshab klassno yemak pishirsa bo‘maydimi» deysan.

  • Buni ati qora piar.

Kafeda seni bir erkak ko‘rib qoldi. U sening oldinga tabassum bilan yaqinlashadi va «Seni yaxshi yemak pishiradi deb aytishdi.  Rostdan ham kuxnyadagi qoplon senmi» deya so‘raydi. 

  • Buning ati brendning el orasida tanilishi deyiladi. 

Bitta tadbirga borib qolding. Qo‘y suruvi kabi qizlar yuribdi biri biridan chiroyli. Ularga maxliyo bo‘lib turgan erkak yoniga borib bepisand qarab sochlaringni tuzatasan va o‘zinga o‘zing «Men nihoyatda mazali yemak pishira olaman. Ammo yemak pishirdim deb hech kimdan hech narsa olmayman» 

– Bu endi demping.

Boy odamlar teatrga boradi. Muqimiyga emas, «Ilxom» yoki Qamariddin tog‘aning «Shamsi qamar» teatr studiyasiga.

Sen teatrga borib yaxshiroq ustivoshli erkakka «Men juda yaxshi yemak pishiraman. Sen men pishirgan tortdan totib ko‘rgan uchinchi odamsan» deb unga ustiga tel raqami yozilgan kichik konteynerni uzatasan.

– Bu tarmoq marketingi. Gerbalayfning bir turi.

Darvoqe, u odam so‘rab qolishi mumkin. Bu tortni mendan oldin yegan ikki kishi kim deb. Javob mana bu «Saida va Komil» 

Rezultatga garantiya.

Sen chaqirilgan tadbirga bormay qolding. Kasalsan. Menustratsiya kegan yoki gemoroying irg‘igan, balki migren… Ammo tadbirda barcha seni qanday tomoq pishirishingni maqtab gapirib yotibdi. 

– Bu endi raskrutka qilingan  savdo  markasi. Brend shon sho‘hrati. 

Sen  yana muzeyga kelding. Bitta boy ota erkak senga qaradi. Sen  tabassum qilib «Ismim Dilpuz» deysan.  Chunki Dilpuz Toshkentda eng mazali yumirto barak pishirishi bilan tanilgan. Lekin sening isming Dilpuzmas. Ammo Dilpuzni o‘zi buni sendan iltimos qilgan. O‘zingni Dilpuz deb tanishtir deb. Bu ishing uchun senga Dilpuz bir savat shirinlik beradi. 

– Buning oti franchayzing.

Sen bir gala qiz o‘rtolaring bilan restoranga borib qolding.  

Restorator ya'ni yemakxona egasi bilan suhbatlashyapsizlar. 

Madina qanaqa qilib oshlampur va gulxonim pishirishini aytib berdi. Sumayya bo‘lsa qovoq manti, Oysha bilan Maymuna esa qo‘y qo‘lidan dimlamani mazali pishira olishi sirini doston qildi. Sen bo‘lsang yumurto barakning qo‘tir barakdan farqini aytding.

– Bu endi  tender.

Nima ko‘p, O‘zbekistonda festival ko‘p. Yo‘llar amiga kirib ketgan bo‘lsa ham barcha pul festivalga raxsod qilinadi. Xullas sen bitta festivalga boryapsan. Ammo sen hali bormasingdan oldin, dugonang hammaga seni qanday mazali yumirto barak pishirishing haqida yozilgan otkritkalarni tarqatib chiqdi.

– Buni nomi press-reliz tarqatish deyiladi. 

Sen o‘sha festivalda mikrofon oldiga borib, xom go‘shtdan ildirma ijjonni qanday mazali tayorlashing haqida gapirding. 

Ikki kundan keyin festivaldagilarning yarmisi ichi o‘tib, duxtrga yotdi. Uyida sen aytgan xom ijjonni yeb gijja bo‘lib bannisaga tushishgan. 

–  Ular yomon  reklama qurboni bo‘lishdi.

Sen navbatdagi festivalga kelib, beshta so‘tak yigitchani topasan.  Ularga qarab, har biring beshta klient obkelsang mendan saboyga bitta konteynerda yumirto barak olishasan deb aytasan. Ular obkegan beshta klient ham har biri beshtadan odam obkelishi kerak. Shu tariqa mamlakatning yarmi sen pishirgan yumirto barak yeyish uchun o‘chertga turadi.

– Buni oti «Axmadboy stayl».

Aytaylik, sen restoran egasining oldiga kelib, yaxshi tomoq pishira olishingni aytasan va mana bu sxemani taklif qilasan.

Kimda kim yumurta barak zakaz qilsa padarkaga  zarg‘aldoq konteyner ichida tort oladi saboyga abketiladigan. 

– Buning oti protektsionizm.

Sen bitta festvalga Dulpuz bilan billa kelasan. Dilpuz Napoleon tortni zo‘r qiladi, sen esa yumurto barakni. Barchaga «biz birgamiz» degan messedj aytiladi. 

– Bu strategik  hamkorlik deyiladi. 

Sen To‘xtajonga yumurto va un berasan. U yumurto barak pishiradi sen esa sotasan. Har uch klientdan birisining pulini To‘xtajon oladi. 

– Bu uje aktsionernoe obщestvo.

Xullas sen xunuksan. Qo‘lingdan baloyam kelmaydi. Yumurto barak tugul yumurtoni chaqib tovada qovurishniyam bilmaysan. Ammo hamma seni yaxshi pazanda mazali tomoq pishiradigan qiz deb maqtashini istaysan. Yaxshiyam otang ministr. U katta bir tadbir qilib, oshpaz yollab, banket qiladi. Byudjetdan puli to‘langan yumurto baraklarni hamma sen pishirding deb o‘ylab maqtaydi. 

– Bu davlat subsidiyasi deyiladi.

Adminstratsiyadan tilpon qilib senatga kelgan o‘ris delegatsiyasi uchun aynan sen pishirgan yumurto barakning har donasini 50 dollardan sotib olib dastaxonga qo‘yish buyuriladi.

– O‘zbekistonda buning nomi bozorda lider statusiga egalik deyiladi. 

Hamma endi sen pishirgan yumirto barakni yeydigan bo‘ldi. Sen endi davlat hisobidan Parijga borib olimpiadachilar dastaxonini yumurto barak, qo‘tir barak bilan to‘ldirasan. 

– Bu yangi bozorlarni ishg‘ol qilish deyiladi.  

Sen bir-birini urib tashaydigan bokschilardan ikki ming dollarlik zakaz olding. Ammo yumirto barak pishirishga erinyapsan. Sening o‘rningga To‘xtajon pishiradi. Unga ming dollar berasan. 

– Bu  autsorsing.

– Ministr otang senga 10 ming dollar naqd beradi. Sen esa bu pul yumurto barak sotuvidan tushgan viruchka deb bankaga qo‘yasan. 

– Buni pul yuvish deyiladi. 

Yumurto barakning qo‘tir barakdan farqi nimada? Qo‘tir barakka yumurto bilan birgalikda et ham qo‘shiladi. 

– Bu  endi tijoriy sir. Xuddi Koka Kola siri kabi.

MS: Og‘o gazni pasaytirip. Tormozo urip moshinni chetroqo oling. Oching alni uring potyani.

Assalom O‘zbekiston, Juma Muborak!

Tag‘in o‘qing
17 iyun 2022
Biz nima uchun o‘zbek jamiyatida «ayollar huquqi» deb gapiramiz va bu ko‘pchilikka yoqmaydi?Buning sabablarini bilish uchun qiz bola bo‘lib ...
27 sentyabr 2016
Joriy yilning 7 oktyabrida Toshkentda ochilishi kutilgan Zamonaviy san'at Biennalesi qoldirilgani haqida rasmiy bo‘lmagan xabarlar urchidi. Bu yilgi Biennale ...
9 may 2019
Britaniyada yashayotgan mustaqil jurnalist Shohida Yoqub Birma (Myanma)dagi rohinja musulmonlariga qarshi zo‘rovonliklar haqidagi «Exiled» («Haydalganlar» yoki «Istalmaganlar») deya nomlangan ...
9 avgust 2023
Bir xil alkashlar aroqqa to‘ygach, hovlidagi so‘ri yoki ayvonda kelini, qizi ko‘zi o‘ngida bitta yupqa ishtoncha – trusida uxlaydi, ...
Bloglar
22 sentyabr 2024
Vokal va vizual undan oldingi jiguli qo‘shig‘ining siyqa takrori xolos. Qo‘shiq melodiyasi kavkaz diskotekalridagi «Shiki ...
9 sentyabr 2024
Yaqinda miyani o‘rganish bo‘yicha yirik mutaxassis Tatyana Chernigovskaya ma'ruzasida ayollar bir paytning o‘zida hamma narsaga ...
10 avgust 2024
O‘zbekistonda bir arvoh kezib yuribdi. Bu Karimov arvohi. O‘zbekiston Karimov davridagi paranoyaga qaytib matbuotdagi «arvox» ...