Asosiy mavzular
16 sentyabr 2024

Germaniya iqtisodiy jozibasi O‘zbekiston uchun pozitiv magnit

Germaniya kantsleri Olaf Sholtslning Markaziy Osiyoga birinchi borishi bir yil oldin Berlinda yoyinlangan «strategik mintaqaviy sheriklik» g‘oyasini qo‘llab-quvvatlash ishorasi hisoblanadi.

15 sentyabr kuni Samarqandga kelgan Germaniya kantsleri O‘zbekistondan keyin Qozog‘istonga ham tashrif buyuradi, u yerda G5+1 sammitida, ya'ni beshta postovet Respublikalari va Germaniya ishtirokidagi yig‘inda qatnashadi.

Yuqorida tilga olingan ikki davlatdan tashqari Qirg‘iziston, Turkmaniston va Tojikiston ham sammitga qo‘shilgan.

Asosiy mavzu biznes. Rossiyaning Ukrainaga bosqini fonida bosqinchi davlatni aylanib o‘tib biznes qilish imkonlari ko‘riladi.

Asosiy e'tibor nemislarning mintaqa bilan iqtisodiy munosabatlarini yaxshilashga qaratilmoqda.

Germaniya uzoq vaqtdan beri Yevropa Ittifoqi doirasida Markaziy Osiyo bilan hamkorlikni rivojlantirib kelmoqda, Birinchi strategiya 2007 yilda qabul qilingan va uning 2019 yilda yangilangan versiyasi ham rasmiy Berlin tomonidan boshlangan.

Putin Rossiyasining 2022 yilda Ukrainaga bostirib kirishi Markaziy Osiyo mintaqasi bilan munosabatlarga yangi qirra  berdi.   

Bu qirra  – Germaniyaning  energiya ta'minotini diversifikatsiya qilish istagi bilan bog‘liq.    

Vassal degan tamg‘a va Putinga «otrabotka qilamiz» degan yuzaki gaplarga qaramay, Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘zlari uchun «Rossiya neo-imperializmini yashirin xavf» deb bilishadi va geosiyosiy sabablarga ko‘ra, Germaniya ularga iqtisodiy va siyosiy sherik bo‘lishini istashadi.

Germaniya uchun energetika sohasi asosiy  hadaf. Yevropa Ittifoqining sanktsiyalari doirasida Rossiyadan neft va gazning cheklanishi fonida Qozog‘iston Germaniyaga neft yetkazib beruvchi uchta davlatdan biriga aylandi.

2023 yilning mart oyidan boshlab Qozog‘iston Germaniyadagi neftni  qayta ishlash zavodlariga neft yetkazib bermoqda.   

Ammo MO davlatlarining «Ikki boyga bir malay» uslubidagi Rossiya bilan yaqin aloqalari nemis investorlarining ishonchiga putur yetkazmoqda. 

G‘arbdagi sheriklar Ukrainaga qarshi urush tufayli Rossiya Federatsiyasiga qarshi sanktsiyalar ularning Markaziy Osiyoga yotqizayotgan sarmoyalariga ham ta'sir qilishi mumkinligidan qo‘rqishlari mumkin.  

G‘arb matbuotida vaqti-vaqti bilan mintaqa mamlakatlari shirkatlari Rossiya Federatsiyasining sanktsiyalarni chetlab o‘tishiga yordam berishidan shubha bildirilmoqda. 

Hozirga qadar Yevropa Ittifoqi tomonidan Markaziy Osiyodan faqat bir nechta kompaniyalar sanktsiya ostiga olingan.

Mintaqa mamlakatlari rahbariyati G‘arb cheklovlarini buzmasligini da'vo qilishmoqda va ayni paytda ko‘rpa tagida Rossiya bilan savdoni ham davom ettirishmoqda.

Bunday ikkiyuzlama siyosat asosida ikki kemaga oyoq qo‘yganlarning chatanog‘i ayrilishi haqida yaqinda Ukraina Prezidenti  Zelenskiy bilan uchrashgan  Sholts O‘zbekiston rahbariga aniq tiniq bildirishga ulgurdi.

O‘zbekiston bosqinchi va iqtisodi o‘lgan o‘risning emas, balki dunyodagi ikkinchi yirik va qudratli ekonomika egasi bo‘lgan Germaniyaga do‘st bo‘lishi mantiq va tarix istagidir.

Buni O‘zbekiston prezidentining Sholts sharafiga aytgan mana bu gapi ham tasdiqladi:

«O‘zbekiston-Germaniya munosabatlarini yanada rivojlantirishga alohida e'tiboringiz va Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ortga qaytmas islohotlarni qo‘llab-quvvatlashingizning dalolati sifatida qabul qilamiz», — dedi Shavkat Mirziyoev.

2023 yilda tovar ayirboshlash hajmi 1 milliard yevrodan oshdi. Germaniya biznesi bilan hamkorlik kengaymoqda — 2024 yil boshidan buyon O‘zbekiston iqtisodiyotiga Germaniya kompaniyalarining 800 million yevrolik investitsiyalari kiritildi. Bugungi sammitda Sanoat va texnologiyalar bo‘yicha strategik sheriklik dasturi tayyorlangani qayd etildi.

Germaniyaning yetakchi kompaniya va banklari bilan umumiy qiymati qariyb 9 mlrd yevro bo‘lgan hamkorlik loyihalari ishlab chiqilmoqda.

Eltuz Qozog‘istondagi sammit va O‘zbekiston-Germaniya munosabatlariga oid mavzularni yoritishda davom etadi. Kanalimizga obuna bo‘ling. Videolarimizga layk bosing.

Tag‘in o‘qing
31 oktyabr 2016
Bu yil ham O‘zbekistonda paxta terimiga voyaga yetmagan bolalar jalb etilgani qayd etildi. Biroq har safargidek o‘zbek hukumati amaldorlari ...
12 fevral 2018
O‘tgan yillar davomida o‘zbek muxolifati yetakchiligiga da'vogarlik qilganlar ko‘p bo‘ldi. Ular hozir ham shu da'vosidan voz kechmagan. Bu da'vo ...
14 yanvar 2019
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga ayni savolni tashlagan rassom Tuz 14 yanvarga qadar bir-biriga qarama-qarshi yuzdan ziyod javob oldi. Ayrim umumiy ...
14 mart 2018
Rassom Kirpi Eltuz.com
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...