Asosiy mavzular
1 oktyabr 2024

Rus armiyasi polkovnigi va Hizbulloh yetakchisi o‘ldirildi – 600’70

Rossiya harbiy poligoni yondi, Rus polkovnigi va Hizbulloh yetakchisi o‘ldirildi, Rossiya maktabida o‘zbek tili darsi o‘qitish taklif etildi, Ukrainaning Ugledar shahri qurshovga olindi va bu 600 sekund

Rossiya qurolli kuchlari polkovniki Aleksey Kolomeytsev o‘lgani haqidagi xabarlar tasdiqlandi. Ukraina mudofaa axborot xizmatining bayonot berishicha, Kolomeytsev Rossiya bosqini yetakchilaridan biri bo‘lgan va 924 raqamli dron aviatsiyasi markazini boshqargan. 51 yashar polkovnik 27 sentyabr kuni Moskva viloyatining Kolomna shahrida likvidatsiya qilindi. Ushbu operatsiya Ukraina harbiy kuchlari va Moskva viloyatidagi mahalliy xufiya guruh ishtirokida amalga oshirilgan.

+++

Isroil Mudofaa Kuchlari (IDF) Hizbulloh yetakchisi Hasan Nasrullohning o‘ldirilganini ma'lum qildi. IDFning X akkauntida bo‘lishilgan bayonotida shunday deyiladi: «Hasan Nasrulloh endi dunyoni qo‘rqita olmaydi.» Bu bayonot Isroilning Livan poytaxti Bayrutga berilgan bir qator tungi zarbalaridan keyin e'lon qilindi. Mazkur zarbalarda Isroil Nasrulloh va boshqa Hizbulloh qo‘mondonlarini nishonga olganini bildirdi. Livandagi radikal shialarning Hizbulloh harakati rahbari Shayx Hasan Nasrulloh Yaqin Sharqdagi eng mashhur va nufuzli shaxslardan biridir.  Juma kuni Bayrutga qilingan havo zarbasida nishonga olingani xabar qilingan Hasan Nasrulloh, Isroil tomonidan o‘ldirilishi xavfi sababli, bir necha yillardan beri omma o‘ngiga chiqmayotgan edi. Eron bilan yaqin aloqalariga ega bo‘lgan mazkur sirli shaxs Hizbullohni bugungi kundagi siyosiy va harbiy kuchga aylantirishda muhim rol o‘ynagan va guruh tarafdorlari orasida o‘ta mo‘'tabar shaxs hisoblangan. Nasrulloh rahbari bo‘lgan Hizbulloh harakati Falastin qurolli harakati, HAMAS, shuningdek, Iroq va Yamandagi  qurollilarga jangchilarni tayyorlashda yordam berib keladi. O‘zbekistonda terrorchi tashkilot sifatida ro‘yhatga olingan Hizbulloh guruhi o‘z yetakchisi Hasan Nasrullohning o‘ldirilganini rasman tasdiqladi.

+++

27 sentyabrda Rossiyaning Tambov viloyatiga yaqin harbiy poligonda yong‘in sodir bo‘ldi. Poligonning nima sababdan alanga ichida qolgani noma'lum. Mahalliy boshqaruv vakillari va favqulotda vaziyatlar vazirligi yong‘in haqida bayonet bermadi. Shuningdek Rossiyaning yana bir muhim ob'ektlaridan birida yong‘in chiqqan. 28 sentyabrda Bryansk viloyatidagi daraxni qayta ishlash zavodi yonib ketdi. Alanga umumiy xisobda 1000 kvadrat metr hududni qamrab olgan. Ushbu yong‘in sabablari ham ommaga oshkor qilinmadi.

+++

28 sentyabr kuni Rossiya qurolli kuchlari Ukrainaning Suma viloyatidagi shifoxonaga hujum qildi. Shahid dronlari hujumi natijasida 10 kishi o‘lgan, 22 kishi og‘ir jarohatlangan.

+++

27 sentyabr kuni Maxachkaladagi yoqilg‘i quyish shahobchalaridan biri portladi. Natijada 13 kishi o‘ldi, qurbonlar orasida ikki yosh bola ham bor. 23 kishi jarohatlangan. Fojiaga sabab benzinning yonib ketishida deya ta'kidlanmoqda. Shahobcha egasi bo‘lgan tadbirkor tergovga jalb qilindi. 28 sentyabr kuni Dog‘istonda motam e'lon qilindi.

+++

AQShning Virjiniya va Florida shtatlari bo‘ylab Helen bo‘roni avjlandi. Tabiiy ofat qurbonlari soni 69 nafarga yetdi. 26 sentyabr kuni boshlangan tabiiy ofat 1851 yildan beri qayd etilgan eng kuchli bo‘ron ekani qayd etildi. Taxminan 1 million aholi elektr-energiyasi ta'minotidan uzilib qoldi.

+++

New York Post gazetasida nashr etilgan maqolada xabar berilishlicha, Tojikistondan AQShga kelgan 8 nafar qochqin Filadelfiyadagi LGBT jamiyatiga hujum rejasini tuzishda gumonlanib qo‘lga olingan. AQShga janubiy chegara orqali kirib kelgan tojikistonlik migrantlar Islom Davlati terrorchi guruhi a'zolari bo‘lganlar.   Ular Nyu-York, Filadelfiya va Los-Anjelesni qamrab olgan operatsiya davomida qo‘lga olingan. Ta'kidlanishicha, ular «kofirlar»ga hujum qilishni rejalashtirishgan.  Biroq, bu hujumni qanday amalga oshirish niyatida bo‘lishgani va hadaflarining aniq manzillari noma'lum bo‘lib qolmoqda. Avvalroq FBR direktori Kristofer Rey Islom Davlati terrorchi guruhlari AQShga ochiq chegara orqali kirishi mumkinligi haqida ogohlantirgan edi.

+++

Rossiya qo‘shinlari Donetsk hududlariga bosqinni davom ettirmoqda. Donetsk janubidagi Ugledar shahri deyarli to‘liq qamal qilindi. Hududdagi Pokrovsk, Selidovo, Toretsk va Kupyanskda ham vaziyat jiddiylashmoqda.

+++

Kaliningrad shahridagi 7 maktab o‘quvchilari va ularning ota onalari o‘quv dasturidan orqada qolishayotganidan norozilik bildirishdi. Rossiya nashrlari millati o‘zbek bo‘lgan 6 nafar  o‘quvchi sabab sinfning o‘zlashtirish va intizom ko‘rsatkichlari pasayib ketganini iddao qilmoqda. O‘qituvchilar migrantlar sabab rus o‘quvchilariga o‘zbek tilini o‘rganishni tavsiya qilmoqda. Garchi bu tavsiyalar rus propaganda nashrlari tomonidan istehzo qilinayotgan bo‘lsada, bu birdan bir to‘g‘ri yo‘ldir. Masalan, eng ilg‘or sanalgan Shvetsiyadagi ta'lim qoidalarga ko‘ra, ota onalar va o‘quvchilar istagidan kelib chiqib maktablarda maktablarda ona tili, jumladan o‘zbek tili sinflari joriy qilinishi ko‘p yilladan beri an'anaga aylangan.

+++

Turkiyaning Denizli shahrida sud O‘zbekiston fuqarosi Sojida Qalandarova ustiga kislota quyib o‘ldirgan O‘zgur Gunden bir umrliq qamoq jazosiga hukm etildi. Hodisa 2022 yilning 9 may kuni Turkiyaning Pomuqqala tumanidagi Karhayit mahallasida joylashgan bir mehmonxonada sodir bo‘lgan.

+++

Ochiq manbalardagi ma'lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Sudi 409 mln 700 ming so‘mga bir dona «BYD SONG PLUS DM-i CHAMPION» va 630 mln 400 ming so‘mga ikki dona «BYD CHAZOR DM-i» rusumli transport vositalarini xarid qilmoqda.

+++

Saylov 2024. Bosh vazirning o‘rinbosarlari Jamshid Xodjaev va Zulayho Mahkamovalar deputatlikka o‘z nomzodlarini qo‘yishdi. Ular deputat sifatida saylansa, amaldagi qonunchilikka ko‘ra, hukumatda egallab turgan lavozimlarini tark etishlari kerak.

+++

O‘zbekiston hukumatida parlament deputatligiga nomzodini qo‘ygan mulozimlar shaxsi oshkor bo‘ldi. Bular: O‘zLiDePdan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari Ra'no Turdiboeva. «Milliy tiklanish» demokratik partiyasidan: Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining o‘rinbosari Farhod Boqiev. Ekologik partiyadan: Suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Rustam Qarshiev, Qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Alisher Shukurov«Adolat» SD partiyasidan: Iqtisodiyot va moliya vazirining o‘rinbosari Gulnora Raximova. Ular ham deputatlikka saylangan taqdirda o‘z lavozimini tark etadi. Ma'lumot uchun, Saylov kodeksining 72-moddasiga ko‘ra, deputatlikka nomzodi ko‘rsatilgan shaxsning o‘z nomzodi tegishli bir mandatli saylov okrugidan ovozga qo‘yilishiga yoki partiya ro‘yxatiga kiritilishiga rozi ekanligi, basharti u Qonunchilik palatasi deputati etib saylangudek bo‘lsa, egallab turgan lavozimidan bo‘shash to‘g‘risida ariza yozadi.

+++

Boysundagi «Mustaqillikning 25 yilligi» konida yuz bergan portlash oqibatlari hanuz bartaraf qilinmadi. Hudud gazdan zaharlanayotgan bir paytda mutasaddilar haqiqatni yashirish bilan band.  Jurnalist Sherzodxo‘ja Qudratxo‘jaev bilan uchrashgan boysunlik oqsoqollar hammasi yaxshi, hech qanday vahima yo‘q deyishdi. Uchrashuvdan keyin ayni shu joydan video olgan mahalliy yoshlar esa gaz qo‘lansasiga chidab bo‘lmayotganini ta'kidlamoqda. Atrofda ishchilar yo‘q, tez yordam mashinalari turibdi dedi aholi vakillari.

+++

Sinov muddatini o‘tayotgan o‘qituvchi o‘quvchini o‘tirgan partasidan tortib olib, kaltakladi.  Ta'kidlanishicha, rus tili fani o‘qituvchisi R.O. sinov muddati bilan maktabga ishga taklif qilingan, rasman u 188-maktabga ishga qabul qilinganligi bo‘yicha hali buyrug‘i chiqmagan. Voqea o‘qituvchining dastlabki ish kunida sodir bo‘lgan.

+++

Bu 600 sekund edi. Ayni paytga kelib Eltuzning yutub kanalidagi obunachilari soni 681 mingdan oshdi. Yonginangizda yuz bergan ammo siz bilmagan voqealardan xabar topmoqchi bo‘lsangiz Eltuzga obuna bo‘ling. Agar kanalimizni qo‘llab quvvatlamoqchi bo‘lsangiz, superchat, superstiker va super raxmat tugmachalarini bosing,  sog‘ bo‘ling.

Tag‘in o‘qing
1 oktyabr 2018
Muhammad Bekjon o‘z kitobining navbatdagi qismida Koson zonasidagi 159-larning alohida jazolanishi, «g‘oz yurish» va uni 15 sutka izolyatorga hukm ...
29 avgust 2024
Eltuz Portaliga kelgan xatlarni o‘qiymiz. Navbatdagi beshta xat, jumladan rasmiylar munosabati O‘zbekistonning Buxoro, Xorazm va Toshkent viloyatlaridan kelgan. Dastlabki ...
19 may 2020
Leytenant chiqib, «Bu yerda to‘planishib turishma, tez ketish», deb milisaxona eshigini yopdi. Hayotillaning oldi aynagiga stiker yopishtirilgan  «Damasi»ga Absattor ...
Bloglar
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...
10 oktyabr 2024
Yuksalish maktabining gender ayirmachilikka asoslangan boshqaruvi haqidagi maqolaga o‘quvchilar ikki xil munosabat bildirdi. Bir suruv ...