Asosiy mavzular
22 oktyabr 2024

Rus boquvchisini g‘ajigan Ukrain arsloni va Rossiya boqayotgan o‘zbeklar – 600’73

Rossiya harbiy floti qochmoqda, Ukrain arsloni rus boquvchisini g‘ajib tashladi, O‘zbekistonning Qozondagi bosh konsulxonasi o‘zbeklarni Rossiyaga urushida qatnashmaslikka chaqirdi, Markaziy Osiyo bundan buyon Turkiston deb ataladi va BU 600 SEKUND 

+++

Rogozin Chernomor flotining Sevastopoldan qochgani haqida bildirdi. Rossiya senatori va Ros-kosmosning sobiq boshlig‘i Chernomor flotining frontdan chekinganini tan oldi. Bunga sabab sifatida katta kemalarning Ukraina harbiy dronlariga nishon bo‘layotgani ko‘rsatildi. Chernomor floti Sevostopoldan Qirimning Feodosiy va Novorosiysk hududlariga ko‘chirilgan. 

+++

Moldovaning markaziy saylov komissiyasi mamlakatda o‘tgan prezident saylovlari va referendumni haqiqiy deb tan oldi. Prezident saylovi va Yevropa ittifoqiga kirish referendumida 33 foizdan ortiq ishtirokchilar qatnashdi. Bu ko‘rsatkich saylov va referendumni haqiqiy deb e'tirof etish uchun yetarli hisoblanadi. 

Prezident Mayya Sandu yakshanba kuni Moldova xalqi Yevropa ittifoqiga qo‘shilishga qaror bergani va bu yuzadan mamlakat konstitutsiyasiga tegishli o‘zgarishlar kiritilishini bildirdi. Bundan avval Rossiya Moldovaning Yevropaga integratsiyasi va referendumiga qarshi bir necha bor provakatsiyalar qilishga uringan edi.

+++

Urushda turish yo‘q. Rossiya va Ukraina urushining Kuraxovsk yo‘nalishida Rossiya armiyasi piyodasi o‘z safdoshini otib o‘ldirdi. Tankist piyodaga yorug‘lik tushirib Ukraina dronining e'tiborini tortgan. Bundan g‘azablangan piyoda tankistni otib tashlagan. Boshqa bir askar vaziyatni yumshatib piyodani to‘xtatmoqchi bo‘ldi, biroq u buni uddalay olmadi.

+++

Tovon puli urushda o‘lgan hamma askarlar  uchun emas. Ukrainaga qarshi urushda o‘lgan Rossiyalik harbiy Fyodor Bulgakovning bevasi o‘lgan eri uchun badal puli ololmadi. Hukumat vakillarining ta'kidlashicha, Fyodor Bulgakov Kursk viloyatida o‘lgan. Bu viloyat Maxsus harbiy operatsiya hududiga kirmaydi. Harbiy operatsiya hududi deb Ukrainaning bosib olinajak DNR, LNR, Zaporoj va Xerson viloyatlari belgilangan. Ukraina armiyasi qariyb ming kvadrat kilometr hududdagi Rossiyaning Kursk viloyati bo‘lgalarini ishg‘ol qilgan edi va u yerlarda ko‘plab rus okkupantlari halok bo‘lgan.

+++

Ukraina Bosh shtabi xabariga ko‘ra Rossiya aerodromi va harbiy zavodiga zarba berildi. Zavod Nijegorod viloyatining Dzerjinsk viloyatida joylashgan va portlovchi vositalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan edi. Ushbu zavod Ukraina chegarasidan 900 kilometr uzoqlikda joylashgan. Shtab ma'lumotiga ko‘ra, zavod hududida boshqariluvchi aviatsiya bombalari bo‘lgan. Ilgari Eltuz Nijegoroddagi zavod harbiy zavod uchun O‘zbekiston shirkatlari porox komponenti bo‘lgan nitrotsellyuloza yetkazib berayotgani haqida xabar bergan edi.  Rossiyaning Lipetsk viloyatidagi Lipetsk-2 aerodromi ham dron hujumiga uchradi. Aerodromdagi harbiy zahiralar va yoqilg‘i omborlari mo‘ljalga olingan. Ushbu aerodrom SU-34, SU-35, MiG-31 rusumli harbiy uchoqlar bazasi hisoblanadi. 

+++

Germaniyada liviyalik muhojir Isroil elchixonasiga terror hujumi qilishga urindi. Isroilning Berlindagi elchixonasiga uyushtirilgan terakt politsiya tomonidan bartaraf etildi. Qo‘lga olingan 28 yashar Omar ismli shaxs IShID tarafdori ekani va elchixonada otishma rejalashtirganini tan oldi. Liviyalik muxojir 2022 yil Germaniyaga qochqin sifatida kirib kelib, boshpana so‘ragan. Germaniya hukumati unga boshpana bermagan va mamlakatni tark etishni talab qilgan. Muxojir ushbu talabnomani e'tiborsiz qoldirib mamlakatda noqonuniy yashab kelgan.

+++ 

Ukrain arsloni rossiya fuqarosini g‘ajib tashladi. Ukrainaning Rossiya tomonidan bosib olingan Mariupol shahri hayvonot bog‘idan Qrimga o‘tkazilgan arslonlar rossiyalik hayvonot bog‘i boquvchisini g‘ajib tashladi. Ular bir yil oldin Qrimga olib kelingan edi. Qirimdagi Taygan hayvonot bog‘i egasi Oleg Zubkovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya ishg‘ol qilgan yangi hududlardan ko‘plab hayvonlar keltirilgan. Jumladan o‘lja olingan shu ikki arslon ham bir yil burun bosib olingan Ukrainaning Mariupol shahar hayvonot bog‘idan keltirilgan edi. Taygan hayvonot bog‘i joylashgan Qirim bo‘lgasi ham 2014 yilgi rus okkupatsiyasiga qadar Ukraina hududi hisoblangan.

+++

AQShda prezident saylovlari 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Hozirga qadar vitse prezident Kamala Harris va sobiq prezident Donald Trampning ko‘rsatkichlari deyarli teng qolmoqda. Harrisni 48% saylovchilar qo‘llab-quvvatlayapti. Tramp tarafdorlari soni esa 46% tashkil etadi. AQShning aksariyat shtatlari an'anaviy ravishda demokratlar yoki respublikachilarga ovoz berib keladi. Yirik megapolislar joylashgan shtatlar asosan demokratlarni tanlasa, 19 ta shtat vakillari respublikachi nomzodga ovoz beradi. Saylov natijalari aniq taraf tanlamagan Pensilvaniya, Jorjiya, Shimoliy Karolina, Michigan, Arizona, Viskonsin va Nevada aholisi ovoziga bog‘liq bo‘lib qolmoqda. 

+++

Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘onning sobiq ittifoqchisi, Turkiyada soft islom davlati qurmoqchi bo‘lgan Fathulla Gulen AQShning Pensilvaniyadagi klinikasida 83 yoshida o‘ldi. U 2016 yil Erdo‘g‘on hokimiyatiga qarshi muvaffaqiyatsiz yakun topgan davlat to‘ntarishi ortida turganlikda ayblangan lekin bu ayblovlarni rad etgan edi. Hokimiyatni qo‘lga olishga urinish jarayonida taxminan 250 kishi halok bo‘lgan. Gulenning va'zlari chop etiladigan Herkul veb-sayti uning yakshanba kechasi Amerikadagi shifoxonada vafot etganini ma'lum qildi.  Gulen 1999 yildan buyon AQShda siyosiy qochqin maqomida yashayotgan edi.

+++ 

Vladimir Putin va Markaziy Osiyo prezidentlari Ashxobotga Maxtumquli Farog‘iy tavalludining 300 yillik yubileyiga kelishdi. Vladimir Putin eski odatiga ko‘ra, turkiston xalqlarining milliy nafsoniyatiga tegishga urindi. U o‘z nutqida turk xalqlarining buyuk mutafakkiri va faylasuf Maxtumquli ismini 21 marta noto‘g‘ri talaffuz qildi. Rossiya Ommaviy axborot vositalari ham Maxtumquli nomini, Putin singari Maxmatquli deb atay boshladi. Bundan ilgari Putin Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqaevning ismi sharifini buzib talaffuz qilgani ortidan qozoq xalqi nafratini qozongan edi.

+++

Turkiya jumhuriyati Markaziy Osiyo atamasini Turkistonga almashtirdi. Turkiya ta'lim vazirligi bayonotiga ko‘ra, endilikda mamlakatdagi tarix darsliklarida Markaziy Osiyo atamasi o‘rnida Turkiston atamasi qo‘llaniladi. Ekspertlarning ta'kidlashicha, Turkiston so‘zi turkiylar vatani ma'nosiga ega. Markaziy va O‘rta Osiyo istilohlari esa Rossiya mustamlakasi natijasida ommalashgan. O‘lkaga asl tarixiy nomini qaytarish muhim, deya hisoblamoqda turkiyalik tarixchilar.

+++ 

O‘zbekistonning Qozondagi Bosh konsulxonasi o‘zbekistonliklarni Rossiya Armiyasi saflariga qo‘shilmaslikka chaqirdi. 19 oktyabrda Rossiya Sotsialistik Partiyasi – «Spravedlivaya Rossiya» rahbari Sergey Mironov o‘z tvitter sahifasida Qozondagi O‘zbekiston Bosh konsulxonasining bu chaqirig‘ini keskin qoraladi. Rus shovinisti Mironov o‘z bayonotida, Rossiya o‘zbeklarni va ularning bolalarini boqayotganini ham pisanda qildi va O‘zbekistonga viza tartibini keskinlashtirish talabini ilgari surdi. Nega seni boqadigan davlatni himoya qilish mumkin emas.  Mutlaqo viza rejimi joriy qilinsin! Bunday «fuqarolar» bizga kerak emas, dedi Mironov. Savol tug‘iladi: Vassal raxbarlar qo‘rqoqligidan foydalanib O‘zbekiston boyliklarini tekin o‘zlashtirayotgan Rossiyaga o‘zbeklar qachondan buyon boqimanda bo‘lib qoldi.

+++

2024 yilning 16 oktyabr kuni, soat 03:25 larda, Navoiy viloyati Zarafshon shahrining «Muruntau» mahallasida elektr tokidan chiqqan yong‘in oqibatida Hasan va Sanobar ismli fuqarolarning uylari butunlay yonib ketdi. Aholi vakillari elektr bilan bog‘liq muammolarni hal etmagan hokimlikni ayblamoqda.

Bu 600 sekund edi. Ayni paytga kelib Eltuzning yutub kanalidagi obunachilari soni 685 mingdan oshdi. Yonginangizda yuz bergan ammo siz bilmagan voqealardan xabar topmoqchi bo‘lsangiz Eltuzga obuna bo‘ling. Agar kanalimizni qo‘llab quvvatlamoqchi bo‘lsangiz, superchat, superstiker va super raxmat tugmachalarini bosing,  sog‘ bo‘ling.

Tag‘in o‘qing
13 aprel 2020
13 aprel soat 06:00 dan boshlab Namangan shahri va Uchqo‘rg‘on tumani hududida transport va fuqarolarning harakatlanishi butunlay to‘xtatiladi. Istisno ...
8 noyabr 2017
8 noyabr kuni Andijon shahri rastalarida bir kilo mol go‘shti narxi 36 ming so‘mga ko‘tarildi. Andijondagi «Eski shahar» va ...
16 iyun 2016
Farg‘ona viloyatning ta'lim muassasalari direktorlari ikkitadan olishi kerak bo‘lgan “Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!” shiorining ...
26 may 2023
«Kel, hayot ajdarxosiga yem bo‘lishdan oldin bir selfi qilaylik!» – Yarim million bola o‘qishni bitirdi. Ularni nima kutmoqda? Bu ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...