Asosiy mavzular
1 noyabr 2024

Amaldorlar ochdan o‘ladimi? – RTdan va'z

Mana xafta zuvv etib aylanib, yana siz bilan yuzma yuzman. Bir xafta ichida nimalar bo‘lmadi o‘zbekistonda. Keldi xush  gulgun zamon hammomga boshlanglar meniy!!!

MS: Nichiksizla mo‘chchi oybika, xo‘jik brrilo. Hazzatishma nerina galdi.  

RT: Matchonboy mana aytganingdek o‘tiribmiz o‘choqdagi o‘tni kosov bilan kavlab. 

MS: Go‘t ko‘lagandan go‘ra, o‘t ko‘lagan yoxshi. O‘tni ko‘lasang o‘char, qo‘ngshini ko‘lasang ko‘char. Go‘rdinmi toroqon – at vuni qoroqon. 

RT: Tarakanning bittasini o‘ldirsang, o‘rniga yuztasi keladi. O‘zbekistondagi amaldorlar ham ashnaqa. Yil boshida kamaytirilsa, yil o‘rtasiga kelib yana urchib ko‘payib ketadi. Xullas mavjud amaldorlarning besh foiziga «davay dosvidaniya» deyiladigan bo‘ldi.  

O‘zbek xalqi baxtining to‘kis bo‘lishi uchun ellik uchming besh yuz oltmish mulozim yetadi deyishdi. Menimcha shuni yarmiyam ko‘p. Qashshoqlik vazirligida ko‘payib boyib yotgan 1416 mulozimning kavushi to‘g‘irlandi.  Minekonomfinda 580,  Min investda 336. Minekologiyada  273 va Minyustda 208 kishi kursidan ayrilib ishsiz qoldi.  

693 bojgir va xotin qo‘mitadagi 434 amaldor ham ishdan bo‘shaydi.  

O‘zbekiston odam boshiga eng ko‘p idora bo‘lgan qashshoq mamlalat.  

Masalan, boy Shveytsariyada 8 vazir bor, qashshoq O‘zbekistonda esa  21 vazirlik, 14 qo‘mita, 26 agentlik, 9 inspektsiya va yana ashincha  keraksiz ma'naviyat idoralari bor. 

MS: O‘lgiy adi b xoroplo. Og‘zinnon qoni galgiy. Otosi o‘lip g‘orip bo‘lib, otosini adikini giysin iloyim. Lekin ulli yoshulli ikki gunni biri agentlik ochomon, qo‘mita ochoman dap chizg‘onp chiqovaradi. Xayt dayishdan aldin sichrop chshado‘n yeringni bir qoro. Ana go‘ttingni chana.

Ëmon kun

26 oktyabr palakat kun bo‘ldi. Ashi kuni Komiljonning shirin joniga suiqasd qilindi. 

+++

Ashincha tunnelni yillar davomida qozib o‘ris qamag‘idan qochgan to‘rtta o‘zbek ushab qayta apkrib qo‘yildi. 

+++

Jizzaxda ikki yuk mashinasi bir birini suzib dahshatli ravishda ontarilib avariya bo‘ldi. 

+++

O‘trovda yuz bergan avariyada o‘risyurtdan o‘z uyiga Neksiyada qaytayotgan buxorolik tiriklay yonib kul bo‘ldi. 

+++

Voronejdagi araq zavodini Ukrain bespilotnigi bo‘mbalab po‘rtillatib yo‘q qilib tashadi. 

O‘risga bespilotnik yasab o‘tirgan Eronning Shamsiobodidagi uchoq zovutini Isroil bo‘mbalab tagidan yo‘q qildi. 

+++

Aynan 26 oktyabrda Isroilning 140 xarbiy uchqichi Eronni ashincha bo‘mbalab xazrati Dovud yurtiga sog‘ salim qaytib qo‘ndi. Shialarning o‘zini zanjir bilan urgani qoldi xolos.

+++

Nigeriyada ko‘p qavatli uy ontarilib 40 kishi o‘ldi. 

+++

Aynan 26 oktyabr kuni Rossiyaning 18 viloyatida odamlar bir kun ichida quturib bir-birining sonidan tishlab tashadi. 

Minday tarixni kavlasak aynan mashi 26 oktyabrda bo‘larkan barcha yomonlik. Masalan 1597 yilning 26 oktyabrida bor yo‘g‘i 13 kemachasi bor karis Admiral Li Sunsin Yaponiya flotining 100 dan ziyod kemasini cho‘ktirib yo‘q qilgandi. 

1979 yil 26 oktyabrda Janubiy Koreya prezidenti otib o‘ldirildi xuddi ashi kuni Kamchatka va Minskda uchoq po‘rtillab birida 140 boshqa birida esa besh kishi o‘luvdi. 2002 yilning 26 oktyabrida esa Moskvaning Dubrovkasida chechenlar teatrdagilarni garovga olganida FSB uyushtirgan atakada 130 kishi o‘lgan edi. 

Kelasi yil mashi kuni extiyot bo‘vurasla. Mendan oytsh.  

MS: Nohoq to‘matdan, o‘t balosi, suv balosi, poshshoni giyavinnan xudoyni o‘zi soqlosin. Novvi davadi Navoiy otes…

Jingl

Zulpiyachi Merey Omonboeva sud hukmi bilan firibgar jinoyatchi deb topildi. U (JK 168 modda 4 qismi o‘ta katta miqdorda firibgarlik) jinoyatini sodir etgan. 

Sud ajrimiga ko‘ra, bu zulpiyachi xotin davlatga yetkazgan ashiincha zararini qoplab bergan. 

Sud Merey Omonboevaning zulpiyachi ekani va «Mahalla iftixori» degan emchak nishoni oganini nazarda tutib uni qamamay qo‘yib yuborishni ma'qul ko‘rdi. 

Yana ashi ishti qisa bu sro‘kni qo‘shibam beradi.  

Rassom Tuz kamida 11 nafar yaxshi zulpiyachini biladi, qadrlaydi, hurmat qilib ularga suzma qatiq yuvoribam turadi.

MS: Lekin Zulpiyachilar orasinda jomoni ko‘p.  

RT: Mana Omonboeva 2022 yil 28 oktyabrdan 2023 yil 5 sentyabrga qadar “Sarmish 9999” va “Bright industry buldings the future” MChJ rahbari Mexroj Rahmatovdan jami 80 mln so‘m pulni firib yo‘li bilan olib qo‘ygan. Sudda u bu pulni  Navoiy shahar hokimi Dilmurod Ergashev Xitoyga xizmat safari bilan borgan vaqtida Navoiy shahridagi ayrim tadbirkorlardan 50 ming AQSh dollari miqdorida o‘lpon  olib ketganligi bilan izoxlagan. 

Zulpiyachi zam hokim qisqa vaqtda 56 mln so‘m va 23 ming AQSh dollari, jami 338 mln so‘m miqdoridagi pulni firibgarlik yo‘li bilan qo‘ltig‘iga bosgan.  

Omonboeva sud majlisida so‘roq qilinganida aybiga iqrorlik bildirmasdan hokimning o‘zi undan pul so‘raganini, u o‘sha kuni kechqurun tadbirkorga qo‘ng‘iroq qilib, pulni olganini bildirgan. 

Mehroj Rahmatov Omonboeva unga jami 136 mln so‘m va 23 ming AQSh dollari miqdorida zarar yetkazganligini aytib, ushbu mablag‘ni undirib berishni so‘ragan. 

27 yoshli Merey Omonboeva 2020 yil Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlangan. U 2024 yil 6 mart kuni Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan. Tayinlovga qadar Navoiy shahri “Zarafshon” MFYda hokim yordamchisi vazifasida ishlagan. 

MS: Ola kishtak rotaollo. Tuyamo‘yin sardoriman¸ xo‘shroy qizloni yorimon voxay rotallo

Matchonboy she'r bilan folklorning farqi bor. 

MS: qoni qoni oyting yoshulli

SYeVGIMIZ O‘LDIMI? 

Sevgimiz o‘ldimi? Libosingiz ko‘k, 

Ko‘nglingiz – begulxan, ko‘zingiz-becho‘g‘. 

Bizdan borish yo‘qdir, sizdan kelish yo‘q – 

Kelishsiz dunyoda beg‘am, azizim, 

Nega ko‘zlaringiz benam, azizim. 

O‘t yetdi – qaqshatdi band-bandlarimni, 

Tuproqqa sochdingiz balandlarimni, 

Aqlimni, dilimni – bebaxtlarimni- 

Borishsiz dunyoga otgan, azizim, 

Olisda oy kabi botgan, azizim. 

Chunki tunga aytar rost “oh”ingiz yo‘q, 

Falakda kezgani sha'n rohingiz yo‘q, 

Nechun kelmaysiz, aziz gunohingiz yo‘q- 

Boqaman: nigohim – gumon, azizim, 

Yo‘llaring tumandir, tuman, azizim. 

Qarang, ming bir bargda kuzak uchadir, 

Qizil-sarig‘ida –yurak uchadir, 

So‘ngaklar uchadir, suyak uchadir – 

Bu to‘fon – xazonlig‘ menman, azizim, 

Sizsiz ming kuzakka tengman, azizim. 

Ammo siz sarg‘aymang – gulli bog‘ bo‘ling, 

Yam-yashil ko‘karing, mudom sog‘ bo‘ling, 

Bahorning bag‘rida beadog‘ bo‘ling- 

Axir, qarg‘aganim sizmas, azizim, 

Ikki kuz dunyoga sig‘mas, azizim… 

MS: Kon chushinmadim kim yozdi buni og‘o? 

RT: Buni Usmon Azim yozgan 

MS: Kumush qo‘shiq atip oytado‘n «Yomg‘ir yog‘di»ni yozgon bratmi bi? 

Dinozavrlar davri shoiri Usmon Azim bilan o‘tkazilgan «Lolazor» podkastini ko‘rdim. Qatnashchilar ichida dinozavrlar davrini chuqur bilgan Otabek Bakirovni olqishlayman. Haqiqatdan Otabek  yaxshi biladi o‘sha davrni. Lekin Otabek «Usmon Azimning Lenin haqida sh'er yozganini topmadim» deganidan hayron qoldim. Zotan Usmon Azimning sovet davrida chiqargan har bir kitobi ichida Leninga atalgan ashiincha shig‘ir bor.

Masalan, Gorbachev davrida (emin erkin zamon) 1986 yil chiqarilgan «Surat parchalari» kitobi Lenin degan shig‘ir bilan boshlanadi.  

Bu  «asarda» Qodiriylarni o‘ldirgan kontora asoschisi Djerzinskiy  «fidoiy» deb ulug‘lanadi.  

Gorbachev davri oshkoralik matbuoti  Lenin va Djerjinskiylarning jinoyat zanjiri haqida qo‘rqmay yozayotgan paytdagi o‘zbek sovet shoirining «komunistik romantikasi» odamga erish tuyuladi. 

Podkast davomida Usmon Azimov «Sovet O‘zbekistonda kim farovon yashasa, ikki qavatli uy qursa nazoratga olinardi» deya yozg‘iradi. Lekin o‘sha paytda shoir Usmon Azimning o‘zi ikki qavat uy qurgan va sotsializm qashshoqlik ramkasidan chiqib «bo‘yniga marvarid taqqan» larni meshchan deya kommunist avrat qorovuli o‘laroq tanqid qiladi. 

Brejnev davrida sovet shoiri qanday bo‘lishi va nima yozishi  kerak degan yo‘riqnoma bo‘lgan. Usmon Azimov shu yo‘riqnimaga o‘ta mos tushadigan shoir, sovet kommunist shoiri edi o‘sha vaqtda. 

Ya'ni Otabek Bakirov  Usmon Azimga «dissident» degan yorliq taqishni istasa bu to‘g‘ri bo‘lmaydi. 

Chunki Usmon Azimov dissident emas edi. 

Podkast davomida Usmon Azimov «Islom Karimov yaxshi odam» degan gapni aytdi. Bu xuddi Gitlerning kotibasi Yunge Traudlning «u yaxshi odam edi» degan gapi kabi kemtik. 

Mamlakatni 30 yil muzlatgan diktatorni yaxshi deyish uchun odam Stokgolm sindromi bilan kasallangan bo‘lishi lozim.  

Ayni paytda Usmon Azimning adabiy til normalari va rus bosqini haqidagi gaplari taxsinga loyiq. 

Suhbatda Usmon Azim mansub bo‘lgan davrning lider shoiri aylanib o‘tildi. Bu xuddi xonada o‘tirgan filni ko‘rmaslik kabi bo‘ldi.  

Gap Usmon akaning bugunga qadar qadrdon do‘sti shoir Muhammad Solih haqida. 

Usmon Azim suhbat davomida siyosatdagi ishtiroki haqidagi savolga ham chap bermoqchi bo‘ldi. 

«Birlik» va «Erk»dagi faoliyati haqida gapirmadi. Bu ikki partiya vayronalari ustida Karimov strelkasi bilan qurilgan qo‘g‘irchoq partiya «Vatan taraqqiyoti» haqida batafsil to‘xtasa bo‘lardi. Mavlon Umrzoqov bu partiya tuzilishi uchun saroy nazoratchisi bo‘lgan. Bu partiya ichidagi o‘g‘irliklar yuzasidan jinoyat ishi ochilgani haqida masalan. 

Mavzuga aloqador bilgi: Dinozavrlar gavdasiga nisbatan miyasi kichkina bo‘lgani uchun qirilib yo‘q bo‘lib ketgan. 

MS: Og‘o tunin saylov bo‘ldi. Lekin, Komilni tos o‘ldirjak adilar diyaan gap chiqib kon ongshirmodim. Kim nera soylandi. Indi kim yoshulli, kim yoshi kichchi bo‘ldi. Deputat dayani novvi o‘zi? 

RT: Deputát degani lotincha  deputatus,ya'ni vakil qilingan degan ma'noni beradi.  

Xalq vakili. Millat vakili. 

Xalq aytadigan gapni gapirishi kerak u.  

Kimdir hazillashib saylov byulleteniga Rassom Tuz deb yozibdi. Mening nomimni byulletenga nega yozishganini bilaman.Nafaqat meni balki Saakashivili va Mahatma Gandini ham yozishdi. Bular xalq dardini aytgan odamlar. Men ham  xalq dilidagi gapni aytaman. Oddiy misol tonirovka haqidagi ilk habarni men yozdim. Buni tekshirsa bo‘ladi. Ëki Urganch Ashxobod ko‘chasidagi qo‘zg‘olon haqida ham. Eltuzning yutub kanalida har xafta va'z qilaman. Ba'zan 50 ming ba'zan 200 ming odam ko‘radi. Nepotizm haqidagi va'zni olib tashlattirish uchun o‘rtaga odam qo‘yib, katta pul ham taklif qilishdi… Men so‘z aytaman xolos. Shu so‘z aytilmasligi uchun hukumat o‘tgan yili million dollar sarflab Eltuzga kiberhujum qildi.

Xalqning dardini so‘zlar ekanman, meni eshitayotgan minglab qorako‘z vatandoshlarimni ko‘z oldimga keltiraman. Ular sovuq qotsa men ham titrayman. Ular och ekan tomog‘imdan luqma o‘tmaydi. Xalqdan biriman. Ular kabi so‘zlayman. Ular kabi jaxlim chiqqanda so‘kinib tashlayman. Ular kabi toqatsizman. Ular kabi xazil huzul qilaman. Men o‘zimni «Daydi» filmidagi Kapur kabi his qilaman. —  

Oyog‘imda xitoy boshmoq, 

Ishtonim ingliztondan, 

Boshimda rus shapkasi, 

Faqat yuragim O‘zbekistondan. 

Mening  aziz do‘stlarim, opa singil va akayu ukalarim. Sizlar FBda ko‘psiz Yutubda ashincha va yana Eltuz saytida ming ming…

Lekin, siz azizlarning bu raqamlardan ancha ko‘proq ekaningizni bilaman. Caylov kuni o‘taroq sizlarning issiq mehringizni yanada kuchliroq his qildim. Barcha yaxshi tilaklar sizga bo‘lsin. Osmondan tosh tushsa mening boshimga tushsin, Zinxor sizning boshingizga emas. Mayli men xasta bo‘lay ammo siz kasal bo‘lmang. Muxtojligu qashshoqlik sizdan nari tursin. Hech kim sizni kamsitmasin. Siz non olish uchun pul sarflaysiz. Bolalaringiz esa shu pulni gul olish uchun sarflasin. Farovonlik issiqlik yorug‘lik to‘qlik va ma'rifat sizga bo‘lsin.  Saylov rezultati  sizga va millatga xayrli bo‘lsin. 

MS: Og‘a oching alni. Uring potyani!

RT: Assalom O‘zbekiston, Juma muborak!

Eltuz – O‘zbekiston va o‘zbeklarning siyosiy kayfiyatini aks ettiradigan erkin maydon. Kanal homiysi bo’ling va siz eksklyuziv bonuslarga ega bo’lasiz. Batafsil ma’lumot: https://www.youtube.com/channel/UCdYKPbb-1ZiaTyaBaNpTEHg/join

Tag‘in o‘qing
10 oktyabr 2023
Salom qadrli muhlislar, eltuz portaliga kelgan navbatdagi beshta shikoyat maktubini o‘qib eshittiramiz. Ular Buxoro, Surxondaryo, Jizzax va Farg‘ona viloyatlaridan ...
28 oktyabr 2024
Siyosat bilan shug‘ullangan har bir shaxs u bosh vazir bo‘ladimi yoki senat raisi xuddi shisha idish ichida yalang‘och o‘tirgan ...
22 mart 2016
Gazetada yozilishicha, sex boshlig‘i nashriyotning rangli printerida 30 ta yuz dollarlik kupyura tayyorlagan. Soxta valyutani o‘tkazish uchun o‘ziga ikkita ...
25 noyabr 2020
Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahridagi Konstitutsiya mahallasida 500 xonadon bor. Uylardan chiqayotgan tutundan esa ko‘chada nafas olib bo‘lmaydi. «Hamma topganini ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...