Asosiy mavzular
31 oktyabr 2024

Rossiyada migrantlarga qarshi reydlar – 600’74

Rossiyada O‘zbekistonlik migrantlarga qarshi reydlar, Gruziyada norozilik namoyishlari, Tolibon tomonidan ayollarning jamoat joylarida gaplashishiga qo‘yilgan cheklovlar va bu 600 sekund

Rossiya Mudofaa tizimi korruptsiya sabab ichidan yemirilmoqda. Tizimdagi zobitlardan biri poraxo‘rligi sabab qo‘lga olingan edi. Aloqa boshqaruvi bo‘limining sobiq rahbari Aleksandr Ogloblin 100 ming AQSh dollarini o‘zlashtirgani uchun 2022 yil 4,5 yil muddatga qamalgan edi. Biroq u Rossiya genshtabidagi o‘rinbosarlardan biri Vadim Shamaringa qarshi ko‘rsatma bergani evaziga ozodlikka chiqdi. Endi Vadim Shamardin ham korruptsiyada ayblanmoqda.

+++

Rossiyada o‘zbek migrantlarining ish faoliyati qattiq nazorat tufayli og‘irlashmoqda.  Moskva viloyatining Odinsova shaharchasida 25 nafar o‘rta osiyolik noqonuniy ravishda novvoyxonada ishlayotgani aniqlandi. Rossiya ommaviy axborot kanallari ushbu migrantlarning barchasini soqoli borligi yoki o‘rangan ekaniga alohida urg‘u bergan. Ishchilarning ishlashga ruxsatnomasi, sanitar knijkasi yoki vaktsinatsiya qilingani haqida ma'lumotnomalari yo‘q.

+++

Gruziyada parlament saylovi natijalari iqtidordagi rossiyaparast parlament va iqtidordagi hokimiyat vakillari tomonidan soxtalashtirildi. Gruziya Prezidenti aholini Tbilisidagi parlament binosi qarshisida namoyish uyushtirishga chorladi. Miting 28 oktyabr kuni soat 19:00 da bo‘lib o‘tdi. “Men parlament saylovi natijalarini tan olmayman. Bu saylov natijasini tan olish Gruziyani Rossiya ixtiyoriga topshirish bilan barobar. Ajdodlarimizning orzu niyati Gruziyani Rossiyaga qo‘sh-qo‘llab topshirish emasdi. Hech kim bu saylov natijasini tan olmaydi. Gruziyani Yevropadagi kelajagidan mahrum qilmaylik”, dedi Zurabashvili. Markaziy saylov komissiyasi Saylovda yetakchi partiya “Gruziya orzusi” 53,9% ovoz to‘plagani haqida ma'lum qilgan edi. Mamlakat prezidenti “saylov natijalari qalbakilashtirilganini” ta'kidlamoqda. “Kuchli Gruziya”, “Yagona milliy harakat” va “O‘zgarishlar uchun koalitsiya” partiyalari saylov natijasini tan olishdan bosh tortdi.

+++

Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili ham parlament sayloviga baykot e'lon qilib, namoyishga chiqishga chorladi. U ijtimoiy tarmoqlarda “Hech kim parlamentga kirmasligi kerak! Biz katta namoyishlar uyushtirib butun dunyoga erkinlik uchun kurashayotganimizni ko‘rsataylik. Xalqimiz bunday adolatsizlikka ko‘z yummaydi. Vaqtni qo‘ldan boy bermaylik!” deb yozdi Gruziya lideri. Muxolifat partiyalari “Gruziya orzusi” partiyasini falsifikatsiyada ayblab, deputatlik mandatlari va davlat moliyalashtiruvini bekor qilishdi.

+++

Gruziya bosh vaziri Koxabidze Rossiya bilan diplomatic munosabatlar tiklanmasligini ma'lum qildi. Mamlakatning 10 foiz hududi Abxaziya va Janubiy Osetiya bosqinchi Rossiya mustamlakasi bo‘lib qolmoqda. Gruziyaning hududiy yaxlitligini buzgan Rossiya bilan diplomatik aloqalar o‘rnatish imkonsiz, dedi u.

+++

Ukraina urushida Rossiya harbiy kuchlari hududiy siljishga erishdi. Rossiya Ukrainaning Donetsk viloyatidagi Gornyak shahrini bosib oldi. Rossiya bosqinchi armiyasi Selidovo yo‘nalishida harakatlanmoqda.

+++

Rossiya Ukrainaning Xarkov shahriga hujum qildi. Natijada 21 kishi jarohatlandi, ular orasida 5 ta yosh bola bor. Rossiya bosqinchilari kechki payt shaharning Saltovskaya va Xolodnogorodsk tumanlariga hamda Xarkov viloyatining Chuguev shaharchasiga raketalar bilan hujum qilgan. Natijada aholi yashash binolariga talofat yetkazilgan.

+++

Vagner yollanma askarlari Rossiyada oddiy fuqarolar hayotiga xavf solishda davom etmoqda. Vagnerning sobiq yollanma askari Chelyabinskda odamlarga pichoq bilan tashlandi. Ukraina urushida qatnashishdan avval u narkotik moddalar iste'moli va inson sog‘ligiga og‘ir zarar yetkazgani uchun qamalgan. Urushdan qaytgach ruhiyatida yanayam keskin o‘zgarishlar bo‘lgan sobiq askar oddiy fuqarolarga tashlangan. Rosgvardiyachilar uni to‘xtatish uchun havoga o‘q uzishdi. Jinoyatchi rosgvardiyaga ham hujum qilmoqchi bo‘lganida otib o‘ldirildi

+++

AQShdagi prezident sayloviga bir hafta qoldi. Saylovoldi so‘rovnomalariga ko‘ra, Kamala Xarris Donald Trampdan bir foiz ustunlikka ega. Kamala Harris Jo Bayden huzuridagi vitse prezident o‘laroq hozirgi siyosiy kursni davom ettirib inson huquqlari, sog‘liqni saqlash va iqlim o‘zgarishi kabi masalalarga alohida e'tibor qaratishni maqsad qilgan. Donald Tramp esa hozirgi hukumatni iqtisodiy nostabillik, migratsiya inqirozi va tashqi siyosiy kurs borasida keskin tanqid qildi. U “Amerikani yana buyuk qilib” Ukraina urushuni to‘xtatish va Uchinchi jahon urushiga yo‘l qo‘ymaslikka va'da bermoqda. Saylov natijalarini esa hali taraf tanlamagan shtatlar hal qiladi. Bu shtatlarda nomzodlarni qo‘llab quvvatlash darajasi saylov kampaniyasi davomida o‘zgarishi mumkin.

+++

Tolibon ayollarga jamoat joylarida boshqa ayollar bilan o‘zaro suhbat qilishni taqiqladi. Buning sababini ular, ayollar ovozi hatto past chiqsa ham, erkaklar nafsini uyg‘otishi mumkinligida deya hisoblashmoqda. Yangi qonun haqida Tolibonning axloq masalalari bo‘yicha vaziri Holid Hanafiy xabar berdi. Bayonotda ta'kidlanishicha, ayollar boshqa ayollar huzurida hatto takbir qilmasligi, ya'ni Qur'onni ovoz chiqarib o‘qimasligi kerak. Avgust oyidan boshlab Afg‘onistonning jamoat joylarida ayollarga ovoz chiqarish taqiqlangan edi. Endi esa ikki ayol o‘zaro shivirlashib ham gaplasha olmaydi. Demak, ayollarni to‘liq yopib, o‘rantirish yetarli bo‘lmagach, endilikda ular ovoz chiqarish huquqidan ham mahrum qilindi. Bunday taqiqlar ostida yana ilgarigidek bachchavozlik va boshqa buzuqliklar avj olishi ehtimoli oshmoqda.

+++

Ohangaron shahar prokuraturasi va shahar departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda shahar tibbiyot birlashmasi shifokori bemorning uchinchi guruh nogironligini ikkinchi guruhga o‘tkazib berish evaziga 1200 AQSh dollari olayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

+++

Bosh prokuratura Komil Allamjonovga suiqasd bo‘yicha jamoatchilikka murojaat qildi. So‘nggi kunlarda Bosh prokuratura tomonidan tergov qilinayotgan jinoyat ishi bilan bog‘liq holatga ijtimoiy tarmoqlarda tasdiqlanmagan va asossiz ma'lumotlar tarqalayotgani kuzatilmoqda. Prokuratura tarqatgan rasmiy munosabatga ko‘ra, prezidentning sobiq matbuot kotibi Komil Allamjonovga suiqasd bo‘yicha bildirilayotgan farazlar va fikrlar ishonchli manbalarga asoslanmagan va keng omma orasida turli xil fikr va vahima uyg‘otishi mumkin. Bosh prokuratura mazkur jinoyat ishi yuzasidan tuzilgan tezkor-tergov guruhi tergov ishlarini davom ettirayotganini ta'kidladi. Tergov jarayoniga malakali xodimlar jalb etilgan bo‘lib, tafsilotlar haqida qo‘shimcha axborotlar berilishi rejalashtirilgan. Bosh prokuratura axborot tarqatishda qonunchilik me'yorlariga amal qilish barcha media vakillari, jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda «faol auditoriyaga ega blogerlar va guruhlar ma'murlari» uchun muhim ekanligini eslatgan. Bosh prokuratura ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlardan ushbu tergov jarayonlari haqida ma'lumot tarqatishda faqat prokuratura matbuot xizmati tomonidan taqdim etilgan rasmiy ma'lumotlarga tayanishlarini qat'iy talab qilgan. Bu orqali jamoatchilik orasida turli noto‘g‘ri talqinlar va taxminlar tarqalishining oldi olinishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, Bosh prokuratura aholi orasida yolg‘on va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma'lumotlarni tarqatish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkinligini yana bir bor eslatdi. Mazkur murojaat bilan Bosh prokuratura ommani haqiqiy va ishonchli manbalarga tayanishga chaqirdi va axborot tarqatishda mas'uliyatli bo‘lish lozimligini uqtirdi.

O‘zbekistonda esa haqiqiy va ishonchli manbalardan biri shubhasiz Eltuz nashridir va bu uning 600 sekundi edi.  Ayni paytga kelib Eltuzning yutub kanalidagi obunachilari soni 687 mingdan oshdi. Yonginangizda yuz bergan ammo siz bilmagan voqealardan xabar topmoqchi bo‘lsangiz Eltuzga obuna bo‘ling. Agar kanalimizni qo‘llab quvvatlamoqchi bo‘lsangiz, sponsorlik tugmalarini bosing, qiyin vaqtda eng yaqin inisi, singlisi va do‘stini qo‘llagan inson kabi bizga yaqin bo‘ling. 

Tag‘in o‘qing
28 avgust 2018
2002 yilning 31 martida kutilmaganda Muhammad Bekjon Zarafshondagi 48-zonaga etap qilinadi… Siyosiy mahkumni sil kasalining o‘tkir turiga chalingan mahkum ...
5 aprel 2021
Benksi juda mashhur, u afsona, u millionlar nigohida Super Star. Nega? Asl ism-sharifi noma'lum, sirli ravishda ijod qilgani uchunmi? ...
17 mart 2016
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi – O‘zAning ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Tursunpo‘lat Toshpo‘latovga asoslanib yozishicha, Navro‘z bayrami arafasida xavfsizlikni ...
25 may 2024
RT: Aziz og‘a-inilar, qadrdonlar, kunlar o‘tib hafta aylandi, yana bir jumada sizlar bilan ko‘rishganimdan xursandman, shodman. MC: Nichiksizla Ho‘jik birilla, Mo‘chchi oybikala. Yurt ichinda, deshinda na ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...