Asosiy mavzular
5 noyabr 2024

Belgiyalik turist xotin Toshkentda zo‘rlandi

“Agar jamiyatda  jinoyat va zo‘ravonlik jazosiz qolar ekan bu mamlakat bir birini tishlab parchalamoqchi bo‘lgan yirqich hayvonlar arenasiga aylanadi”.  Nobel sovrini olgan irland yozuvchisi Djordj Bernard Shouning bu gapi sizga bugun aytib bermoqchi bo‘lgan hikoyaning o‘q chizig‘idir.

2024 yilning 5 iyulida 16 yashar o‘g‘li bilan Toshkentga aylanishga kelganida zo‘rlangan Belgiya vatandoshi 42 yashar Nuray xonim o‘z sayohatini dahshatli tush kabi unuta olmaydi. Nuray xonim  uchun Toshkentda bir xonaga qamab qo‘yilib kaltaklanib seksual zo‘rlangani bitta shok bo‘lsa bu jinoyatga O‘zbekiston huquq-tartibot organlari panja orasidan qaragani ikkinchi shok bo‘ldi.

ADOLAT ISTAGI

Mana 9 oydirki Nuray xonim uni zo‘rlagan zolimni jazolash uchun O‘zbekistondagi o‘nlab idoralarga ariza yozib samara olmadi. Prokuratura, Ichki va Tashqi ishlar vazirligi va Davlat xavfsizligi xizmatiga yozilgan arizalar bir yerga to‘plansa bir sandiq bo‘ladi.

Joriy yil oktyabr oyida Nuroy bilan uchrashib dardini tinglagan Belgiya qirolligi Tashqi ishlar vaziri o‘zining O‘zbekistondagi hamkasb diplomatlariga bu zo‘rlanish voqeasini yetkazish va'dasini berdi.

O‘zbekistpn hududida chet el vatandoshi yana bir chet ellik tarafidan bir xonaga qamab zo‘rlandi va bu jinoyatning usti o‘rtildi. 

Turizm istiqbolli soha deya belgilangan Yangi O‘zbekistonda turist xotinning jinsiy zo‘ravonlik nishoni bo‘lgani va IIB tergovchilari bu jinoiyatni bosti bosti qilgani mamlakat imidji uchun yomon signal ekanligini Eltuz suhbatlashgan o‘zbek diplomatlari e'tirof qildi. 27164 raqamli ariza.

Eltuz hujjat, guvohlar ko‘rsatmalariga tayanib joriy yilning 15 iyulida Toshkentning Yunusobod tumanida yuz bergan hodisa tafsilotlarini o‘rgandi.

Eltuz muxbiri Yunusobod IIBdagi shakl ikki kitobiga qayd qilingan 27164 raqamli ariza bilan tanishdi. Qayd qilinishicha Belgiya qirolligi vatandoshi Nuray Toshkent shahar Yunusobod tuman 25 dom 28 MSG Turkiston manzilida Turkiya vatandoshi Kamoliddin Cho‘qa tarafidan kaltaklanib zo‘rlangani haqida shikoyat qilingan. Shikoyat ortidan Yunusobod IIB tergovchisi katta leytenent Eshboev tergovgacha tekshiruv o‘tkazish uchun vazifalantirilgan.

ZO‘RAVON BILAN TIL BIRIKTIRGAN TYeRGOVChI

O‘zbekiston Davlat xavfsizlik ximatiga yozilib ushbu idora tarafidan 2024 yilning 14 avgustida kirim qilingan  arizada esa Shayxontohur IIB tergovchisi Xusan Azimov seksual zo‘rvaonlikda gumon qilingan Kamoliddin Cho‘qa bilan “til biriktirib” “dalillar yetarli bo‘lmagani uchun” ish bosti bosti qilingani bayon qilingan.

Belgiya vatandoshi Nuray xonim imzo chekkan bu xatga uning kaltaklangan badani aks etgan fotosuratlar ilova qilingan. Seksual zo‘ravonlikdan bir kun o‘tib olingan bu suratlar Eltuzda ham bor.

ZO‘RLANGAN TURIST HASRATI

Eltuz muxbiri Toshkentda zo‘rlangani iddao qilingan Belgiya vatandoshi Nuray xonimni qidirib topib suhbatlashdi. Nuray xonimga ko‘ra¸ ikki yil oldin unga Toshkentdagi “Abu Saxiy” bozorida sharf sotadigan Kamoliddin Choka ismli Turkiya vatandoshi instagramdan maktub yozadi. Kamoliddin o‘z maktubini hadis va oyatlar bilan bezab dindor¸ nomozxon ekanini urg‘ulab  Nuray xonimga ehtirom izhor qiladi.

Gapni qisqasi, Toshkentda tujjorlik qiladigan bu rijol Belgiyalik yoshi katta va erdan ajragan bir bolali xonimni diniy fortochka orqali o‘rab o‘ziga moyil qiladi. Nuray xonim 16 yashar o‘g‘lini olib, joriy yilning 5 iyul kuni Toshkentga kelib mehmonxonaga joylashadi. Uning instagramdagi tanishi kelib joynomozu tasbehlar hadya qilib, hadis va rivoyalar aytib  mehmon ko‘nglini oladi.  10 kun o‘tib o‘zidan mo‘min musulmonni yoqqan Kamoliddin Nuray xonimni kunlik ijara uyga chaqiradi.

“Bu yoz O‘zbekistonga borganimda Kamoliddin Cho‘ka 15 iyul kuni futbol tomosha qilamiz deya meni o‘zi bir kunga ijaraga olgan uyga chaqirdi. O‘zini Kamolliddinning do‘stiman deb atagan Murod ismli taksichi meni o‘zining mashinasida olib ketdi.  Musofir yurtda bo‘lganim uchun har ehtimol deya bu mashiniani suratga olib qo‘ydim. 75 F178 KA nomerli qora mashina meni Toshkent shahri, Yunusobod tumani, 6-daha, 28/25-uyga  olib bordi.  Kamoliddin Cho‘qa o‘sha uyda edi. Futbol ko‘rdik. Futbol tugagach uy issig‘i va astma kasalaim bois burnim qonagani uchun tashqariga chiqaman desam Kamoliddin qarshilik qilib temir eshikni qulflab kalitni cho‘ntagiga solib qo‘ydi.  Men bu xonani 44 dollarga kira qildim. Men bilan yotasabn vassalom dedi.  Soat 24-00 lar chamasi edi. Men deraza oldiga yugurib borib dod solib odamlardan yordam so‘radim. Kamoliddin esa og‘zimni qo‘li bilan yopdi va meni yerga yotqizib tepkilab urib boshladi. Meni bir parcha etga aylantirib sudrab yotoqqa olib bordi va zo‘rladi. Tortib devorga urib, kiyimlarimni yechib, meni qo‘llarimni qayirib, nomusimga majburan zo‘rlab tegdi. Bu haqda men arizalarimda to‘liq ko‘rsatganman. Bu gaplarni aytayotib nafasim tiqiladi”.

Nuray xonim 16 iyul ertalab Kamoliddin changalidan qutulib mehmonxonaga qaytdi. O‘g‘li Burak uning tanasidagi momatoloq izlarini ko‘rib “nima bo‘ldi senga ona” deb so‘raydi. Isnod ichida qolgan Nuray “yiqilib tushdim” deb qo‘ya qoladi.

TYeRGOVChI JABRLANUVChINI AYBLADI

Musofir elda zolimning zulmiga nishon bo‘lgan Nuray o‘z e'tiroficha tushkunlik va astma huruji bois kasal bo‘lib yotib qoladi. Ammo Kamoliddin topmasin deya mehmoinxonani almashtiradi. Yangi mehmonxona xodimi turkcha yaxshi bilgani uchun Nuray dardini eshitib  102 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qiladi.

Toshkent shahar, Shayxontohur tumani IIO FMB xodimi Azimov Xusan mehmonxonaga yetib kelib voqeani o‘rgana boshlaydi. Nuray xonimga ko‘ra tergovchi o‘ta bepisand va haqoratomuz muomala qiladi. “Bu yerda senga o‘xshashlar har kuni zo‘rlanadi. G‘unajin ko‘zini suzmasa ho‘kiz ipini uzmaydi. O‘zing aybdorsan. Xo‘sh men nima qilishim kerak. Nima iistaysan mendan” deydi tergovchi

Nuray xonim uchun zo‘rlangani bir shok bo‘lsa politsiya xodimining beparvo munosbati yana bir shok bo‘ldi. Nahotki ichki ishlar xodimi zo‘rlangan xotindan qanday ariza olishni ham bilmaydi.

BYeFARQ IIB JABRLANGAN TURISTNI “DYePORT” QILAMAN DYeB QO‘RQITDI

“Meni hayratga solgan narsa politsiyaning befarqkigi bo‘ldi. Boz ustiga bu tergovchi meni qo‘rqitib, “deport” qildirib  O‘zbekistondan quvib yuborishini aytib tahdid qildi. “ Shundan so‘ng Nuray xonimning jiddiy talabi ortidan bu tergovchi arizani rasmiylashtirishga kirishdi. 102 ga telefon qilgan Toshkentdagi mehmonxona xodimasi buni yaxshi eslaydi.

Shundan keyin Nuray xonim iddaosiga ko‘ra¸ tergovchi Xusan Azimov seksual zo‘ravonlikda gumonlangan Kamoliddin Cho‘qani topib “til biriktirib ishni bosti bosti qiladi”

Kamoliddin Choka Shayhontoxur tumani ichki ishlar xodimlari bilan til biriktirganligii bildim. Chunki Kamoliddin Cho‘ka bir shaxs bilan IIB ga kelgan edi, u IIB xoidimlari bilan pinhona gaplashib yurganligini ko‘rdim. Oradan 7-8 kun o‘tganidan so‘ng, Shayxontoxur tumani IIO FMB tomonidan ish to‘xtatilganligini bildim va qayta ariza yozdim. Qayta arizamni Yunusobod tumani ichki ishlar xodimlari shug‘ullanib, 12.08.2024 yil kuni sud-tibbiy ekspertizasiga yo‘llanma berdi va men 13.08.2024 yil kuni men sud-tibbiy ekspertizasidan o‘tdim. Shayxontoxur tumani IIO FMB xodimlarini aybi bilan 30.07.2024 yil kuni menga sud-tibbiy ekspertizasiga yo‘llanma bermay, oradan 12 kun vaqt o‘tkazib yuborishib, 13.08.2024 yil kuni ekspertizaga borganimda jaroxatlarim tuzalib ketgan edi. Shu sababli ekspertiza xulosasida menda jaroxat izlari yo‘qligi haqida xulosa berilganligini keyin eshitdim. Men o‘z vatanim Belgiyaga kelganimdan so‘ng, 9.09.2024 yilda Yunusobod IIO FMB tergovchisi Eshbaev F.J. to‘plangan materiallar bo‘yicha Kamoliddin Chokani harakatlarida jinoyat alomatlari yo‘q deb topib, O‘zbekiston Respublikasi JPK ning 83-moddasi 2-bandiga ko‘ra, jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilibdi. Tergovchi Eshbaev F.J.ga men tushuntirish xati yozganimda voqeaga shohid bo‘lgan 4 ta shaxsni ushbu voqeani bilishligi haqida ko‘rsatgan edim. Bundan tashqari, olgan tan jaroxatlarimni o‘zim telefonimga rasmga olib, tergovchiga taqdim qilgan edim. Ammo hammasi befoyda bo‘ldi.

Nuray xonim Belgiyada ekanligida uning advokati tergovchi Eshbaevning  oldiga ikki marotaba borib ish hujjatlaari bilan tanishishni so‘raydi.  Tergovchi Eshbaev esa  ish materiallari yuqori turuvchi organga berib yuborganligini aytib, qabul qilingan qarori nusxasini ham unga bermaydi.

Xozirda men tergovchiga bergan vajlarim bo‘yicha, tergovchi tomonidan tekshirish o‘tkazilib, qonuniy baho berilganligi menga  va advokatimga noma'lum.  Tergov oldi tekshiruv harakatlari odilona olib borilmay asossiz, bir tomonlama o‘tkazilib,  Kamoliddin Cho‘kaning noqonuniy  harakatlari yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi rad qilingan. Bundan tashqari Shayxontohur tumani IIO FMB xodimlariga nisbatan menga o‘z vaqtida sud-tibbiy ekspertizaga yo‘llanma bermay, kechiktirib yuborganligi va ichki ishlar xodimi Azimov Xusanga meni qo‘rqitib, “deport” qilishni aytganligi holati bo‘yicha tergovchi Eshbaev tomonidan hech qanday chora ko‘rilmadi.

JINOYaT JAZOSIZ  QOLADIMI?

Mening qo‘limda Toshkentda zo‘rlangan Belgiya vatandoshi Nuray xonimning Yunusobod prokuroriga yozgan arizasi turibdi. Bu arizadagi rasmiy jumla satrlari orasidan nomusi toptlagan va huquqiy yordam ololmagan mazlum xotinning faryodi keladi.

“Hurmatli prokuror, Sizdan iltimos arizamni qonuniy ravishda ko‘rib chiqib, Yunusobod tumani IIO FMB tergovchisi Eshbaevning 09.09.2024 yil kungi jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish haqidagi qarorini shoshma-shosharlik bilan asossiz ravishda qabul qilinganligi sababli qarorni bekor qilib, yuqorida ko‘rsatilgan hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atishingizni va tergov harakatlari odilona olib borilishini ta'minlashingizni so‘rayman.”

Nuray xonim bu asnoda o‘zini zo‘rlagan Kamoliddin Cho‘qaning qaridoshlari va otasi tarafidan muttasil taxdid qilinayotganidan ham shikoyat qiladi¸

Shuncha ko‘rguliklar ustiga ustak bu qadar ko‘p haqoratlarga nishon bo‘lganimdan keyin o‘z aybsizligimni o‘z imkonlarim bilan isbot etmak uchun harakat qilyapman. O‘zbekistondagi mutasaddilarga qarab qo‘limni ko‘ksimga qo‘yib aytganlrim haqiqat ekanligini zolim jazolanishi kerakligini o‘tinib so‘rayman. Men qo‘limdagi dalillarni berishga hozirman. Advoikatim ishlayapti. Shu onda men yashayotganim yo‘q. Ruxim o‘ldi. Ruximni Toshkentda o‘ldirishdi. Ammo umid o‘lmadi. Umid qilamnki adolat o‘z o‘rnini topadi inshoollox.

O‘zbekistonda kriminal fazo quyulashayotgani va jinoiyatchini ushlash vazifa qilingannlarning o‘zlari jinoyatchiga sherik bo‘layotgani hatarli signal. O‘zbekiston zo‘ravonlik jazolanmaydigan mamlakatga aylanmasligi kerak. Aks holda aholining adolatga ishonchi o‘ladi. Xalq o‘zini boshqarayotgan hukumatga¸ ichki ishlar tizimiga ishonmay qo‘yadi. Agar meni seni va mehmoinlarni himoya qilmasa nega kerak bu ichki ishlar vazirligi. Mavjud holatda mulozimlarning kar va ko‘rni yoqib olib faqat cho‘ntak haqida o‘ylayotgani o‘ta havotirli ishorat. Bilganim shuki, bunday bo‘lishi kerak emas.

Tag‘in o‘qing
30 noyabr 2018
2018 yilning 29 noyabr kuni Xorazm viloyati jinoyat ishlari sudi binosida jurnalist Davlatnazar Ro‘zmetov ishi bo‘yicha apellyatsiya sudi majlisi ...
21 iyun 2017
Turkiya prezidentining tansoqchilari boshqarmasida ishlaydigan 24 yashar Ramazon O‘zchelik (Ramazan Özçelik)ning boshidan o‘q uzilgan jasadi O‘zbekiston vatandoshi Farida Bayramovaning ...
9 mart 2020
O‘zbekiston Jinoyat kodeksi asosida “pul mablag‘larini va (yoki) boshqa mol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyat»i uchun ustidan jinoyat ishi ...
9 oktyabr 2015
Jurnalistlarning O‘zbekistondagi ko‘p jiddiy o‘zgarishlarni tushunishlari qiyin bo‘lib qoldi. Ayniqsa, “biror fikringni bildirishdan oldin rahbariyat oldiga chiqib ruhsat” olish ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...