Asosiy mavzular
7 noyabr 2024

Rossiyadagi saryog‘ o‘g‘rilari va haydalayotgan migrantlar – 600’75

Qahat bo‘lgan oziq ovqat va saryog‘ o‘g‘rilari, O‘zbek moliya vazirining dabdabali to‘yi, qizini orden bilan taqdirlagan Ramzan va Rossiyadan haydalayotgan o‘zbek mehnat migrantlari…

+++

Rossiyada oziq-ovqat o‘g‘rilari paydo bo‘ldi. Moskvada ikki erkak 25 qadoq saryog‘ni o‘g‘irlashdi. O‘g‘rilar ularni to‘xtatmoqchi bo‘lgan do‘kon xodimasiga pichoq o‘qtaldi. Politsiya gumonlanuvchilarni qo‘lga oldi, do‘konni o‘marishga uringani va sotuvchiga sovuq qurol o‘qtalgani uchun ular 10 yil ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin. Bir yil avval Rossiyada saryog‘ narxi 20 foizga oshdi. Shundan so‘ng ushbu maxsulot maxsus qulflangan qadoqda sotila boshlandi.

+++

Amerikalik milliarder o‘z spermasini ayollarga ulashmoqchi. Ilon Mask undan farzand ko‘rmoqchi bo‘lgan ayollarga o‘z urug‘ini taklif qilmoqda. Milliarder tug‘ilish ko‘rsatkichining tushib ketishi sabab insoniyat xavf ostida qolishi mumkin deb hisoblaydi. Shuning uchun do‘stlari va yaqinlariga o‘z DNK materialini taqdim qilmoqchi. Shu bilan birga Ilon Mask ko‘p sonli avlodlari uchun Texasda katta aholi turar joyi barpo etmoqda.

+++

Gollivudda yana bir mashhur kimsa yosh bolalar bilan jinsiy aloqa qilgani fosh bo‘ldi. Piksar studiyasida ishlab bir necha mashhur multfilmlar yaratgan rassom Buxalem Buchibu manyaklik va pedofiliyada aybdor deb topildi. Disney va Piksarning asosiy rassomlaridan biri odam savdosi va pedofiliya uchun 25 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Jinoyatchi deyarli o‘n yildan beri darknet orqali Filipindan yosh bolalarni buyurtma qilib zo‘rlab kelgan. U buyurtma qilgan bolalar 5-10 yosh atrofida bo‘lgan. Jabrlanuvchi bolalardan biri bor yo‘g‘i ikki yoshda bo‘lgani aniqlandi. Prokurorlarning bahosiga ko‘ra, Buxalem Buchibu yillar davomida bolalarni sotib olishga bor yo‘g‘i 50 ming dollar atrofida pul sarflagan. Buxalem Buchibu “Ratatuy”, “Gerkules”, “Tarzan”, “Notrdamlik bukri” va “Tepaga” multfilmlarining asosiy yaratuvchilaridan edi.

+++

Isroil harbiy amaliyotlari bilan o‘z pozitsiyalarini mustahkamlamoqda. Livanda Isroil harbuy kuchlari Hizbullohning yana bir muhim boshqaruvchilaridan biri Imod Amxazni qo‘lga oldi. Imod Amxaz Hizbullohning dengiz operatsiyalariga javobgar qo‘mondon edi.

+++

Ukraina Kievga yo‘naltirilgan barcha Rossiya dronlarini urib tushirdi. Dron bo‘laklari Shevchenko va Goloseevko tumanlariga kelib tushgan. 2 noyabr kuni uyushtirilgan dron hujumi to‘liq bartaraf etildi.

+++

Checheniston hukmdori Ramzan Qodirov o‘z qizi ko‘kragiga medal taqdi. Ayshat Qodirova ushbu medalni Checheniston va Donetsk respublikasi o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlagani uchun oldi. Sal avval unga DNR ordeni berilgan edi. Bir necha jurnalistlarni ta'qib qilib, hatto o‘ldirishga buyruq berganini bilvosita tan olgan Ramzon Qodirov o‘z qizini “Inson huquqlari himoyasi uchun” va “Checheniston respublikasii qarshisidagi xizmatlari uchun” medallpot bilan ham mukofotlagan.

+++

Rossiya davkat dumasining vitse spikeri Boris Chernishov yangi tug‘ilgan chaqaloqlar orasida lotoreya o‘yinini joriy qilishni taklif etdi. Har oyda yangi tug‘ilgan chaqaloqlar lotoreyasida 10 ta kvartira, 100 ta mashina va 1000 komplekt maishiy texnika o‘ynalishi kerak dedi u. Bu mukofotlar ayollarni ko‘proq tug‘ishga undaydi. Rossiyada katta miqdorda onalik kapitali joriy qilingani ma'lum. Shunga qaramay, ayollar pul evaziga ham tug‘ishni xohlashmayapti. Hech qanday moddiy manfaat Rossiyada tug‘ilish ko‘rsatkichini ko‘tara olmayapti.

+++

Eronlik ayol-qizlar orasida hijobga qarshi norozilik kayfiyati ortmoqda. Tehron universiteti talabasi majburiy hijobga qarshi namoyish uyushtirdi. Qiz Eron ahloq politsiyasi diktaturasiga qarshi norozilik sifatida kiyimlarini yechib universitet hovlisida o‘tirib oldi. Avvalroq aynan shu qizni axloq politsiyasi ro‘molni no‘to‘g‘ri o‘raganlikda ayblagan edi. Hukumat nega faqat ayollarni tizginlashga urinadi, chunki u ayollardan boshqa muammolarni hal qilishga ojizlik qilmoqda degan uning e'tiroziga javoban ahloq politsiyasi qizni ruhiy nosog‘lomlikda aybladi. Eronning 22% foiz aholisi o‘ta qashshoq yashashi, yoshlarning 23% foizi ishsiz ekanligi mamlakat rasmiylari tasdiqlagan raqamlardir. Eron yoshlari orasida ishsizlik yil sayin ortmoqda, boylar va kambag‘allar orasida tafovut kattalashib ketmoqda, biroq mamlakat rasmiylari avrat masalasi bilan ommani chalg‘itishga urinyapti deydi eronlik ijtimoiy faollardan biri.

+++

Shimoliy Koreya Rossiyaga harbiy texnika yetkazib berdi. Yetkazib berish uchun 28 dona harbiy transport samolyotidan foydalanildi. Shimoliy Koreyalik askarlarga 60 mm. minomyotlar, Kalashnikov avtomatlari, snayper vintovkalari, Feniks komplekslari va RPG-7 rusumidagi granatomyotlar yetkazib berildi.

+++

Ukraina havo razvedkasi markazi boshlig‘i Berlinskayaning fikriga ko‘ra, ayollarni ham urushga safarbar qilish kerak. Aks holda yengilamiz, bolalar ham 5-6 sinfdan harbiy tayyorlovdan o‘tishi kerak. Shu yoshda ular dron boshqara oladi, dasturlash bilan shug‘ullana oladi. Kelajakda yana bir urush boshimizga kelmasligi uchun barchaga mudofaani o‘rgatish shart dedi u.

+++

Piterdagi o‘zbek enaga qo‘lidan besh oylik chaqaloqni tushirib yuborib, bola o‘limiga sabab bo‘ldi. Enaga bolani vannada cho‘miltirayotganida bola enaganing qo‘lidan sirg‘alib, boshi bilan tushib o‘lgan yoki hushidan ketgan. Qo‘rqib ketgan enaga duxtur chaqirish o‘rniga bolani sochiqqa o‘rab, karavotga yotqizib qo‘ygan. Bolaning ota-onasi kelganida «bola uxlayapti» deb aldagan. Politsiya kelib, enagani so‘roq qilgan va uning poyma-poy gaplaridan shubhalanib, jiddiy tekshiruv o‘tkazgach, haqiqat ochilgan.

+++

Rossiya Xavfsizlik Kengashi raisi va sobiq prezidenti, Dmitriy Medvedev, muhojirlarga qarshi bayonotida ishlamaydigan muhojirlar va ularning oila a'zolari Rossiyani tark etishi kerakligini bildirdi. U bu haqda Rossiya Xavfsizlik Kengashi majlisida gapirdi. Medvedevning so‘zlariga ko‘ra, faqat mutaxassislargina doimiy yashash va ishlash uchun Rossiyaga taklif qilinishi kerak. Uning ta'kidlashicha, xorijlik malakali bo‘lmagan ishchilar faqat ularning mehnatiga ehtiyoj bor vaqtdagina Rossiyada qolishi lozim. «Muhojirlar oilasining Rossiyada bo‘lishi alohida e'tibor talab etadi. Mamlakatimizda ishlamaydigan yoki o‘qimaydiganlar Rossiyani tark etishi kerak. Bu yerda ish beruvchining o‘rni muhim, chunki ular muhojirlarni jalb qilishdan manfaatdor,» – dedi u. Medvedev muhojirlarga faqat o‘zlari yashaydigan kvartallarni tashkil etishga yo‘l qo‘yilmasligi kerakligini aytdi. Chunki, uning fikricha, bunday jamoalar ekstremizmni rivojlantirish uchun zamin yaratishi mumkin.

+++

Buyum bozorlarida o‘g‘rilar ko‘paydi. Shovot tumanidagi asosiy buyum bozorida o‘g‘rilar soni ortib, bozorga keluvchilarning xavotiriga sabab bo‘lmoqda. Mahalliy aholi va savdogarlar bu holatdan norozilik bildirib, Ichki ishlar organlari xodimlaridan tezkor choralar ko‘rishni so‘ramoqdalar.

+++

Urganchda tadbirkordan pora olgan amaldorlar qo‘lga olindi. Urganch shahar hokimi yordamchisi, «Buyum bozori» rahbari va uning ishchisi tadbirkordan pora olgan vaqtida Departament xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Pora olish bilan bog‘liq jinoiy ish ochilib, mas'ul shaxslarga nisbatan qonuniy choralar ko‘rish boshlandi.

+++

Salkam qirq milliard tashqi qarzi bor O‘zbekistonning moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov qizi Sevinchga million dollar harajat ketgan o‘ta dabdabali to‘y qilib berdi. “To‘y eng ko‘pi 150 kishiga bo‘ladi, osh 200 kishiga bo‘ladi. Birorta rahbar uyida tug‘ilgan kunini ham, to‘yini ham o‘tkazmaydi. Bo‘ldi, u zamonlar tugadi. Odamlarning g‘ashini keltiryapti. O‘sha 20 kilogramm go‘shtingni puliga biror kambag‘alning uyini ta'mirlab ber, televizor olib ber!” degan edi Mirziyoev. Biroq to‘ylarni ixchamlashtirish haqidagi qaror vazirlar uchun ishlamasligi Jamshid Qo‘chqorovning dabdabasi misolida yana bir bor isbotlandi.

+++

va bu uning sekund edi.  Ayni paytga kelib Eltuzning yutub kanalidagi obunachilari soni 690 mingdan oshdi. Yonginangizda yuz bergan ammo siz bilmagan voqealardan xabar topmoqchi bo‘lsangiz Eltuzga obuna bo‘ling. Agar kanalimizni qo‘llab quvvatlamoqchi bo‘lsangiz, sponsorlik tugmalarini bosing, qiyin vaqtda eng yaqin inisi, singlisi va do‘stini qo‘llagan inson kabi. Sog‘ bo‘ling! 

Tag‘in o‘qing
14 mart 2024
MIB Zangiota tumani bo‘limi tomonidan 98,4 mln so‘mlik 435 ta ijro hujjatlari tegishli qonunlarga zid ravishda tugatilib, «MIB portali» ...
22 iyun 2018
Avvallari Turkiya bizning Markaziy Osiyo davlatlari va turk olami uchun siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy model bo‘lishini orzu qilardik. Biz ...
23 iyun 2017
Shu oyda Turk davlat banki Ziraat bankasi Toshkentda o‘z filialini ochishi kutilmoqda. Bu haqda 20 iyun kuni O‘zbekiston Bosh ...
27 iyun 2017
HRW va «O‘zbekiston Germaniya Forumi»ning “Biz paxta terimidan voz kecha olmaymiz” nomli hisobotda O‘zbekiston hukumati 2015 va 2016 yillarda ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...