Asosiy mavzular
8 noyabr 2024

Pochcha nega arqonlandi? – RTdan va'z

– Mana xafta zuvv etib aylanib, yana siz bilan yuzma yuzman. 

MS: Ovong og‘o, bugun beshlanjiy gun. Gurungni sizdan ishitamiz. Nichiksizla mo‘chchi oybika, xo‘jik birrilo.  

– Matchon Suqulish maqsadga o‘t…

MS: Og‘o amerikani ulli yoshullisi o‘zgaradon bo‘libdi. Vulo tarapda azroilsizom yoshulli o‘zgaravaradi akan, To‘battim xudoyim.

RT: Shavkat Mirziyoev 6 noyabr kuni Donald Trampga Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti saylovida g‘alaba qozonib, ushbu lavozimga saylangani munosabati bilan tabrik yo‘lladi.  

MS: Bizani yoshulli Tramp bilan chin jo‘ro. Olo kishtak roto ollo!!!

RT: Tramp «men yutdim» deya bayonot berarkan, xudo unga «amerikani buyuk qilish uchun uzoq umr berganini» ta'kidladi. Bundan tashqari u ersizlarga er, yersizlarga yer, baxtsizlarga baxt, taxtsizlarga taxt, qashshoqlarga boylik, qarzlarga ado, kasallarga shifo, ochlarga non, to‘qlarga shon va'da qildi. 

«Soliqlarni pasaytirib hammani boy va badavlat qilaman» dedi Tramp.  

MS: Og‘o, Amerikani bildik. Indi bizani o‘yyonlodo na gap. Kim kimni kisasini kasdi?

RT: O‘zbekistondagi jami raxbarlar yettiga yigirma to‘rt rejimida pora olib yotibdi.  

MS: Og‘o, quri biza tarapdagi yoshulliloni tirosiz. Boshqo yurtdo poro olg‘on yo‘qmi?

RT: O‘zbekistondagi bugungi ahvol 1973 yil 11 sentyabrdan oldingi Chilidagi vaziyatga o‘xshaydi. O‘shanda Chilida xaos xolati bo‘lib, barcha mulozimlar faqat pora olish va davlat hazinasini o‘g‘irlab mamlakatni Moskvaga tobe qilish uchun tirishib yotgandi. 

MS: Og‘o Chilini qo‘ying, o‘zimizni dalixonag‘a qoyting…

Poranyus

Chirchiq shahar hokimining o‘rinbosari 1 mln. AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi. Chirchiq shahar hokimining o‘rinbosari 20 gektar yer maydonini auktsion savdoga chiqartirib, yutib berish va 49 yil muddatga yerga egalik huquqini rasmiylashtirish uchun  AQSh dollarini o‘zining haydovchisi orqali olgan vaqtida ushlab qamaldi.

MS: Ina qorovosti kishini. Million dollaram o‘yinjiq bo‘ldi…

Dehqonobod zamhokimi qurilgan ob'ektni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasiga imzo qo‘yish evaziga 5 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. 

MS: Navchun quri zamhokm qomolodi. Ulli hokim bosh poraxo‘rqu oxir. Biravni ali bilan o‘t ko‘liydi bi qon toshog‘onlo. Novvi davadi Navoiy otes… 

Jingl

Andijon viloyati Asaka tuman Ekologiya bo‘limi bosh inspektori 20 ming dollar pora olgan vaqtida ushlandi. 

MS: Navchun bi mongloyi qorolari quri pora olavaradi 

Sevgi o‘zi eski narsa xar bir qalb oni «yongorto» (yangilaydi) deb yozgan edi Xodi Toqtosh. Pora olish ham shunaqa, eski va takrorlanadigan narsa. Xar bir zamhokim uni yanglaydi. Zam hokimlar qamag‘da.  Qogan zamhokimlar erta bilan ishga chiqar ekan, ularning tekin umraga borib kelgan enalari «Bolam olginu oldirmagin» deb dug‘o qilmoqda. Xodi Toqtosh yozgandek «Tanqidga muxtoj» bular.

MS: SSSRni voxtinda poro dayan vaj bomadi og‘o 

RT: Sovet davrida Xivada Qadam Raxmon degan «raykom» bo‘lgan. (raykom bu xozirgi hokim)  U porani kilolab Nikolay oltin chervonlari bilan olgani uchun Qadam Chirvon deb nom chiqargan. 

MS: Xivadayi peduchilishini qizlarini «bir-bir atib chiqqon» degan gap yuraradi. Tikuvchi doktor galib keyin qizlarni tikib qo‘yg‘an akan.

RT: Endi u vaqtda Xivadagi yozuvchilar tikkalayiga Moskvaga yozardi. Moskvadan tergovchi kelganda Qadam Rahmon uyini kambag‘al ship shiydon qilib qo‘ygan. Lekin lyustrani yechishni unutgan. 36 kilo og‘irlikda oltin lyustrani tergovchi ko‘rib qolgan… 

Xivalik «milliarder raykom qilmishlari» haqida o‘sha paytdagi Pravda gazetasi fosh qiluvchi fe'leton chiqardi.

Keyin Qadam Raxmonni qamashdi. Bu Gdlyan Ivanov qama qamalaridan ancha oldin Brejnev davrida bo‘lgandi.

Xorazmga ancha yil obkomlik qilgan Madiyor Xudoyberganov ham o‘ta katta miqdorda pora olgan. Rashidovga pora berganlikda ayblanib qamalib ketgan. (Rashidov ashi davrdi Mirziyoevi edi annaqsa)

O‘zbekiston zaminida tug‘ilib, saxiy quyosh nurini emgan inson zoti borki pora olsam deb orzu qiladi. 

Shunaqa qo‘shiq bor edi. 

Orzularim boshladi yo‘lga¸ hali yetar manzilim yiroq, manzilga to yetib olguncha pora menga abadiy hamrox…. Lalay lalay, nanay nanay…

Arqonlab o‘ldirilgan pochcha

MS: Duzog‘o bu poroxo‘rloni Bandixondayi og‘ayalani alina barish garak. Amini baradi… 

Pochchasini arqon bilan bog‘lab urib o‘ldirgan bandixonlik yovuz aka ukalar qamag‘da.

Kuyovni payg‘ambar siylagan, ammo bu naql zinxor Bandixonlik aka ukalarga taalluqli emas. Shodmonbek va Bekzod Xudoyberdievlar o‘z pochchasini o‘ldirgan yovuz niyatli qarindosh o‘laroq Bandixon tarixiga abadiy yozildi.

Mayli bu pochcha xuligan, mayli, ichib to‘polon qiladi. Lekin shu sening opamning eri, jiyanlarning otasiku axir. Agar ichadigan pochchalarni qaynukalar o‘ldirib taylayversa unda dunyoda pochcha zoti biologik tur sifatida yo‘qolib ketadiku.

Bir boshdan kelsam. Bandixonda yettidan yetmishgacha mardum bilgan tafsilotni hammayam bilavermaydi.

2024 yil 9 oktyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Bandixon tuman sudi 1-1915-2401/66-sonli jinoyat ishini ko‘rib chiqdi.

Sudning qora kursisida boshini egib ikki aka uka o‘tiribdi.

Xudoyberdiev Shodmonbek bilan Xudoyberdiev Bekzod.  

Eltuz ko‘rgan sud hujjatlarida bu ikki aka uka o‘z pochchasi ya'ni opasi Nargizaning eri, bo‘bik laqabli Bobomurod To‘raevni arqon bilan bog‘lab og‘zini  skotchlab, qasddan qiynab o‘ldirgani tafsilotlari yozilgan.

Bu ikki aka uka  joriy yil 11 mayda opasi Nargizaning Bandixon tumani “Obod turmush” mahallasidagi uyiga mexmondorchilikka kelishadi. 

Bular yeb ichib o‘tirgan kechki yettilarda pochcha Bobomurod To‘raev kirib keladi.  

Sud hujjatlarida yozilishicha, pochcha mast bo‘lgan. Odatda u mast bo‘lgan paytda kosa tovoqlarni sindirib taylaydigan odati bo‘lgich. 

“Baylab tashang bu bo‘bikni” deydi mast er joniga tekkan Nargiza ukalariga qarab. 

Aka ukalar bu mast pochchani bir urib yerga yotqizib tashqariga sudrab chiqib ayvonning yog‘och ustuniga arqon bilan baylab qo‘yishadi. 

Pochcha arillab baqiravergach, uning og‘ziga skocht yopishtirib qo‘yishadi.  

Har zamon har zamon aka ukalar chiqib pochchani boks grushasi sifatida foydalanib mushtlab, tepib turishgan.  

Shundan keyin pochcha boylangan xolatda 11 maydan 12 maygacha ancha qolib ketadi. Arqon yechilganida esa pochcha shilq etib yerga yiqiladi va qaltiraganicha 15 maygacha yotadi.

“Ana tuzaladi, mana tuzaladi” degan qarindoshlar 15 may kuni pochchani duxtrga oborishadi. Pochcha yegan tayog‘i, ko‘rgan xo‘rlik va siltovlaridan o‘ziga kelmay, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi tashxisi bilan 2024 yilning 23 may kuni tongi vaqtda jonini  jabborga topshiradi.

Eri o‘lganini eshitgan Nargiza yerlarga ontarilib, boshiga tuproq sochib yig‘laydi. Aroq ichib piyon bo‘lib yursayam baribir er deganni tirik bo‘lgani yaxshi.

2024 yil 11 may kuni tunda bog‘lab qo‘yib, yetkazilgan tan jaroxatlari ortidan o‘lgan pochcha taqdiri bilan prokuratura shug‘ullana boshladi.  

Aka uka Shodmonbek va Bekzod  pochchani o‘limga eltish kabi jinoyatni qasddan sodir etganlikda ayblandi. 

Bu ikki nobakor aka uka opasi Bozorova Nargizani tul qolishi, uning farzandlari Kumush, Ilxom, Nasiba, Surayyolarni yetim bo‘lishi va pochchaning onasi Nazarova Xanifa opani farzand dog‘ida kuyib ado bo‘lishiga sabab bo‘lgani sud hujjatlarida bir bir ko‘rsatilgan. 

Sud hujjatlarida bu aka ukalar o‘z pochchasini urish bilan cheklanmay boshidan qaynoq suv quyib, kuydirib, sadist zo‘rovon manyaklar kabi ish tutishgani yoziladi.

Bandixon Bandixon bo‘lib bundaychikin zo‘rovonlikni ko‘rmagan edi.  

Eh, u ham odam ediku, axir inson farzandi.

Sud O‘zbekiston respublikasi nomidan bu ikki pochchao‘ldirar, kasopat aka ukalarga hukm o‘qidi.

Hukm qat'iy, ammo adolatli edi.  

Har ikkala aka ukaga 4 yilu 9 oydan  ozodlikdan maxrum 

qilish jazosi tayinlandi.  

Pochcha go‘rda, aka uka qamag‘da. Qarindoshlar yuz ko‘rmas. 

Mana azizlar. Qissadan hissa shu. Pochchani o‘ldirmang. Mayli o‘ynasin, kulsin, yesin, ichsin. Mayli, ichib kelib bir ikki piyalani sindirsin. Piyala topiladi, lekin odam topilmaydi.

Odam bo‘lib kelding odam bo‘lib qol 

Barchaga barobar yordam berib qol 

Panjara ortidan boqmagin sen lol 

Pochchani o‘ldirma mayli bo‘lsin chol! 

MS: Og‘o oching alni uring potyani 

Asssalom O‘zbekiston, juma muborak!

Tag‘in o‘qing
6 mart 2016
5 mart kuni Groznыy shahridagi «Safiya» tantanalar uyida O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova Ramzan Qodirovga qarab «Xech kimga bermayman…» ...
20 iyun 2022
1990 yil 20 iyunda O‘zbekiston SSR Oliy Soveti tomonidan Mustaqillik deklaratsiyasi qabul qilingan edi. Mamlakat tarixidagi eng muhim hujjatni ...
8 avgust 2024
Suratda afg‘onistonlik sportchi ayol Kamiya Yusufi. Parij-2024 Olimpiadasida Kamiya Yusufi Tolibon hukumatiga murojaat qildi. 100 metr masofadagi dastlabki poygadan ...
12 yanvar 2021
Andijon shahridagi avtobus bekatlaridan birida to‘shakka o‘ranib, ustidan tsellofan yopib o‘tirgan bir kishiga duch keldim. O‘sha kuni havo odatdagidan ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...