Asosiy mavzular
25 noyabr 2024

Azizovning haydalishi: Allamjonovga suiqasd ortidagi haqiqatlar

Kechadan buyon rasmiy va norasmiy OAVlar tomonidan «Abdusalom Azizov ishdan haydalmadi, balki hurmat va ehtirom bilan Xavfsizlik Kengashiga o‘tkazildi» degan narrativ xabar faol tarqatilmoqda. Biroq, vaziyatdan xabardor insayderlar bu voqealarni general Azizovning obro‘sini omma ko‘z o‘ngida saqlab qolish uchun qo‘llangan o‘ziga xos urinish deb baholashmoqda.

Eltuz manbalariga ko‘ra, O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi Abdusalom Azizov lavozimidan shaxsan prezident Shavkat Mirziyoevning qarori bilan ozod etilgan. Bunday keskin qarorga 26 oktyabr kuni Qibrayda prezident administratsiyasining sobiq mulozimi Komil Allamjonovga nisbatan amalga oshirilgan suiqasd sabab bo‘lgan.

Suiqasd nafaqat oddiy jinoyat, balki mamlakatning siyosiy barqarorligiga nisbatan jiddiy tahdid sifatida ko‘rilmoqda. Komil Allamjonov, nafaqat prezident administratsiyasining muhim shaxslaridan biri, balki prezident Mirziyoevning qizi Saida Mirziyoeva bilan birga ishlab, O‘zbekiston axborot siyosatida muhim rol o‘ynagan siyosiy tandemning a'zosi hisoblanadi. G‘arb matbuoti ham ularning yaqin hamkorligini mamlakat siyosiy sahnasidagi muhim kuchlardan biri sifatida ta'riflab kelgan.

Suiqasdning aynan saylovlardan bor-yo‘g‘i bir kun oldin sodir bo‘lishi, kuch tizimlari mamlakat xavfsizligini ta'minlashga tayyor emasligini yaqqol ko‘rsatdi.

Abdusalom Azizov lavozimidan olib tashlanishidan bir kun oldin esa kuch tizimlarida keng qamrovli tekshiruvlar o‘tkazilgan va qator yuqori martabali mulozimlar tergovga to‘sqinlik qilgani uchun ishdan olingan.

Manbalarga ko‘ra, bu tekshiruvlar va hukumat tarkibidagi «tozalashlar» hali tugagani yo‘q va yaqin kunlarda ko‘plab mulozimlar ustidan jinoyat ishlari ochilishi mumkin.

Eltuzning so‘nggi ma'lumotlariga ko‘ra, general Abdusalom Azizov Xavfsizlik Kengashiga emas, balki uning kotibiyati zaxirasiga o‘tkazilgan. Bu amalda uning karerasi yakunlanganini anglatadi. Generalning shaxsiy delosi Xavfsizlik Kengashi kotibiyatining arxivida chang bosib yotgan boshqa delolar qatoriga qo‘shib qo‘yilgan.

Prezident matbuot xizmati esa bu vaziyatga rasmiy tus berishga uringan holda quyidagi xabarni tarqatdi:

Abdusalom Abdumavlanovich Azizov O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimidan ozod etildi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibiyati ixtiyoriga o‘tkazildi.

Eltuz O‘zbekiston oliy hokimiyati bo‘g‘inlaridagi o‘zgarishlarga doir voqealarni yoritishda davom etadi. Kanalimizga obuna bo‘ling, ko‘rsatuvlarimizni kuzatib boring.

Tag‘in o‘qing
31 avgust 2020
Respublikaning bugungi rahbarlari qonunni, dehqonlarning huquqini umuman mensimayapti, 50 foiz fermerlarning yerlari tortib olib qo‘yilayapti, deydi Navoiy viloyatining Konimex ...
30 sentyabr 2023
Shanba kuni Berlin markazida aylanib yurib, tasodifan bir nikoh to‘yining guvohi bo‘ldim. To‘y korteji bittagina aravachali velosipeddan iborat edi. ...
26 aprel 2016
Dori darmon muammosi O‘zbekistonda ayniqsa aholiining eng davolanishga ko‘proq muhtoj va ijtimoiy nochor qatlami qariyalar uchun hayot momot masalasi ...
14 iyun 2022
Bugun Eltuz portalida muhokama qilmoqchi bo‘lganimiz shikoyatlar mavzusi O‘zbekistonda saqlanib qolgan majburiy mehnat va ta'lim tizimida yuzaga kelgan muammolarga ...
Bloglar
23 yanvar 2025
O‘zbekiston mudofaa vaziri Xolmuxammedov bosqinchi gazanda Rossiya bilan 2026-2030 yillarda harbiy sohada strategik hamkorlik dasturi ...
20 yanvar 2025
O‘zbekiston prezidenti uyida yirtqich hayvon¸ ilon va xasharotlarni boqadiganlar jazolanishi haqidagi qarorni 16 yanvar kuni ...
12 yanvar 2025
Turli mavzularga o‘z qarashi bilan farqlanadigan bloger Kirpi Prezidentning 380-sonli qarori asosida 1000ta kitobning o‘zbek ...