Bahodir Fayzi: Temur tarixidan ko‘ra temir inqilobi muhim
Kishilik tarixi temir ixtiro qilinganiden keyin dev qadamlar bilan rivojlandi. Bugun oyoqda muhtasham turgan Britaniya va Amerika kabi davlatlarlar industriyalashgani bois rivojlandi.
Yaqin tarixda O‘zbekiston ham uchoqdan tortib traktorgacha ishlab chiqariladigan rivojlangan o‘lka bo‘lgan. Bu soxaning zaiflashishi esa davlatning zaiflashishiga olib keladi. Rastamojkani ochib bersin biz Germaniyada musorlaridagi eski moshnlarni sudrab kelaylik deya mamlakatni eski mashinalar chiqindixonasiga aylantirishni istaydigan populistlar burnidan narini ko‘ra olmaydi. Bizga eng to‘g‘ri strategiya bu – yangi industrializatsiya va ishlab chiqarishni rivojlantirish. Agar shu amalga oshmasa O‘zbekiston zaif ist'emolchi o‘lka bo‘lib qolaveradi. Tekstil sanoati bo‘ladimi, mashinasozlkmi yoki og‘ir metallurgiya albatta rivojlanib o‘z maxsulotini jaxon bozori tokchasiga qo‘yishi kerak. Sanoati rivojlangani uchun kuchli davlatga aylangan AQSh ning sanoatlashish tarixi bizga yaxshi dars bera oladi.
Amerikadan Eltuz tahlilchisi Bahodir Fayz biz bilan suhbatda.