UzPoster
11 dekabr 2024

X-Factor hakami nega soqolini oldirdi?

X-Factor shou dasturining 9 dekabr kungi uchinchi jonli efirida soqolda paydo bo‘lgan uch hakamning biri, repper Shahriyor birinchi reklama tanaffusidan so‘ng soqoli olingan alfozda ko‘rindi.

Shahriyor nima sababdan efir payti soqolini oldirgani ma'lum emas. Tepadan soqolini olish bo‘yicha topshiriq keldimi, yo u efirga shoshilib soqolini olishga ulgurmaganmi, bu narsa qorong‘u.

Lekin, O‘zbekistonda soqolga taqiq televidenieda ham borligi bor gap.

O‘zbekistonning eng mashhur qo‘shiqchilaridan biri Sanjay soqoli tufayli davlat televideniesi va sahnaga chiqishi taqiqlangani haqida prezident Shavkat Mirziyoevga shikoyat qilgan edi.

“Kontsert faoliyati uchun rasmiy litsenziya olgan bo‘lsam-da,  televideniega chiqishimga ruxsat berilmayapti va sababi soqolim ekanligini aytishdi”, degan edi Sanjey o‘zining Youtubedagi sahifasida.

Ammo San Jeyning aytishicha,  uning O‘zbekistondagi faoliyati asosan kichik xususiy tadbirlarda chiqishga aylangan,  chunki O‘zbekiston rasmiylari yuzidagi tuklar bilan uni hech qanday davlat yoki ommaviy tomosha va yig‘ilishlarga kiritmasliklarini aniq aytishgan.

Biroq qo‘shiqchi soqolini oldirmasligini ta'kidlagan.

O‘zbekistonda soqol diniy radikalizm belgisi sifatida xavfsizlik xizmatlari diqqat markazida bo‘lib kelishi aytiladi. Eltuz o‘zining kundalik ko‘rsatuvlarini davom ettiradi. Bu vaqtga kelib Eltuzning yutubdagi kanali obunachilari soni 700 mingdan oshdi. Kanalimizga obuna bo‘ling. Videolarimizga layk bosishni unutmang. 

Tag‘in o‘qing
1 may 2018
O‘zbekistonlik faol, 72 yoshli Abdusalom Ergashev ijtimoiy tarmoqlarda, telegram va messenjer orqali tarqalgan, go‘yoki uning allaqaysi ayollar bilan axloqsiz ...
25 fevral 2022
“Vladimir Zelenskiy undan deyarli hech kim kutmagan rolni o‘ynamoqda: Ukrainaning urush davridagi prezidenti rolini”, deb yozdi New York Times ...
15 dekabr 2020
2016 yil avgustigacha prezident Islom Karimovning yordamchisi bo‘lib ishlagan va 2020 yil noyabr oyining oxirlarida hibsga olingan Ulug‘bek Mirzamuhammedov ...
30 iyun 2021
Tojikiston tomoni “Tolibon” ta'qibidan qochayotgan afg‘on harbiylariga boshpana taklif etmoqda, ammo O‘zbekiston rasmiylari bu borada qattiqroq pozitsiyada turibdi.  Ikki ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...