Asosiy mavzular
1 aprel 2019

1 aprel – «tishlangan olma» – Apple tashkil topgan kun

Bugun xoh smartfon, kompyuter yoki planshet bo‘lsin, ularning eng mukammali va ishonchlisi sanalgan Apple sohiblari 40 yil muqaddam unga asos solgan Stiv Jobsdan minnatdor bo‘lishlari kerak.

rasm1063
Stiv Jobs va uning do‘stlari ilk kompyuterni shu uyning garajida yig‘ishgan. foto: Mathieu Thouvenin

O‘sha yili Kaliforniya kollejidagi o‘qishidan haydalgan 21 yoshli Jobs o‘z furgonini sotib, sherigi Voznyak qo‘shgan ulush bilan garajida elektron hisoblash mashinasi yig‘ishga kirishadi va ilk Apple I kompyuterini yaratadi.

1300 dollar bilan boshlangan biznes – Jobs garajida yig‘ilgan kompyuterlarga asta-sekin buyurtma tusha boshlaydi. Boshda 50 ta, keyinchalik tag‘in 200 ta kompyuterni sotishga muvaffaq bo‘ladi.

Jobs keyinchalik o‘z biznesiga Stiv Voznyak, Mayk Markkulu, Mayk Skott, Maken, Jona Skalli, Maykl Shpindler, Gil Amelio, Donald Kuk kabi ishbilarmon, tashabbuskor, tadbirkorlik va yaratuvchanlik qobiliyatlari qaynab toshgan shaxslarni jalb qiladi.

rasm1064
Ilk Apple 1 kompyuteri.  (Apple I at the Smithsonian Museum)

Apple ning suronli yillari

1977 yilning iyuniga kelib shirkatning yillik daromadi bir million dollarga yetadi. Apple II rangli ekranli ilk mikrokompyuter bo‘lib maydonga chiqadi.

1978 yili shirkat kompyuterlarni sifatli dasturlash imkonini beruvchi Apple Disk II ni ixtiro qiladi.

1979 yili katta hajmli xotira va foydalanishga qulay Apple II+ ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi. O‘sha yili mikrokompyuterlar uchun ilk VisiCalc jadvali taqdim etildi.

1980 yili «Fortran» dasturi yo‘lga qo‘yildi.

1982 yil oxiriga borib shirkatning daromadi bir milliardni tashkil etadi.

1983 yili shirkatning iqtisodiy oqsashiga qaramay, Jobs innovatorlik g‘oyalarini ilgari surishda davom etib, 40 ta yangi kompyuter dasturi va o‘zining ilk qattiq diskini ishlab chiqaradi.

1984-1985 yili shirkatda yuz bergan ziddiyat sabab Jobs bir qancha sheriklari bilan Apple ni tark etadi, NeXT Incorporated shirkatini tashkil etadi.

1996 yili shirkat inqirozi Jobsning Apple ga qaytishini taqozo etadi, shirkat NeXT aktsiyalarini sotib olishga majbur bo‘ladi.

1997 yili direktorlar kengashi qarori bilan Stiv Jobs bosh ijrochi direktor qilib saylanadi. Apple qayta tiklanadi. «Think Different» (O‘zgacha fikr qil) shiori ostida inqilobiy yangi gadjetlar yaratishga kirishiladi.

rasm1065
1988 yili Toshkentda o‘tgan «Informatika AQSh hayotida» ko‘rgazmasi stendidan

1988 yili Toshkentda o‘tgan  «Informatika AQSh hayotida» ko‘rgazmasidan ham Apple mahsulotlari ham o‘rin olgan edi.

2000 yillarda o‘z ichiga mingga yaqin qo‘shiqni sig‘diruvchi iPod pleyeri va keyinchalik Ipod Mini, Ipod Shuffle va Ipod Nano ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yiladi.

2005 yili Apple Mac mini kompyuterlari uchun yangi tizim bloklarini yaratadi.

2007 yildan shirkat mobil telefonlar bozorida iPhone smartfonlarini taqdim etadi.

2010 yili esa «tishlangan olma» shirkati Eltuz.com cayti materiallarini o‘qish, eshitish va ko‘rishga qulay bo‘lgan iPad planshet kompyuterlarini taqdim qildi.

2011 yili Stiv Jobs saraton kasalidan vafot etdi.

Apple ning afzalliklari va kamchiliklari

Stiv Jobs o‘ldi va undan millionlab odamlarning internetdagi hayoti ko‘chib o‘tgan bitta «tishlangan olma» qoldi.

Albatta, Apple mahsulotlarining asosiy kamchiligi qimmatligida.

Ko‘pchilik xaridorlar esa faqat uning tashqi chiroyi, yaxshi qadoqlangani, reklamasi va tishlangan olma tasviri borligi uchun xarid qilishadi.

Lekin Apple ning afzalligi uning tashqi chiroyi yoki qimmatligida emas, balki tashqi ta'sirlardan yaxshi himoya qilinganida, qo‘llanishga qulay va mukammal dastur bilan jihozlanganidadir.

Harqalay, Apple dan foydalanuvchilar falokat bosib devayslariga virus kirib qolganidan kamroq zorlanishadi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
20 sentyabr 2023
G‘ijduvonda 25 nafar yosh bolalarni avtomobiliga mindirib harakatlangan haydovchining qoidabuzarligi mahallasida keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilindi.  Qadrli muhlislar bugun ...
12 aprel 2019
Bugungi kunda O‘zbekistonda bir-biriga potentsial dushman bo‘lgan va bir-birini shantaj qilishga tayyor 33 million odam bor degim keladi. O‘zini ...
12 mart 2018
Rassom Kirpi Eltuz.com
16 dekabr 2019
Taniqli siyosatchi va shoir Muhammad Solih “Begona” filmining 7-qismida 80-yillarning ohirida O‘zbekistonda xalq irodasi bilan sovet tuzumiga qarshi milliy ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...