Asosiy mavzular
10 may 2016

O‘zini faqir qilib ko‘rsatishni sevgan “Avtomobil qiroli” potretiga chizgi

Bugun avtomobil janjali markazida qolayotgan Ulug‘bek (Bosh vazir o‘rinbosari) bilan bir muddat O‘zbekiston milliy bankida birga ishlaganim bois Eltuz.com nashri o‘quvchilariga bilganlarimni aytib bermoqchiman.

Shu kunlarda O‘zbekistondagi mashina sanoati bilan bog‘liq barcha ayblarni Ulug‘bek zimmasiga ilishga intilish ketayotgandek tuyuldi menga.

Uning qaysidir viloyat markazidagi “Xalqaro aeroportdan qochishga uringani” haqidagi afsona ham “Papa”ni nafratini qo‘zg‘ash uchun atay to‘qilmadimikin degan savol ham miyamdan kechdi.

Uch xonali kvartirada kambag‘algina yashayotgan, eski kostyum kiyib yuradigan, o‘zi ham kambag‘aldan chiqqan, boz ustiga xotini ham hiyonat qilgan 46 yashar Ulug‘bekka o‘zbek rejimidan qochib qutula olmagan mazlum rutbasini berishga ham urinilmoqda.

Ulug‘bekni bir muddat yaqindan tanigan kishi sifatida darrov aytaman – Ulug‘bek mazlum emas.

U O‘zbekistondagi Karimov yaratgan mexanizmning bir murvati xolos.

Agar Ulug‘bek Xitoyda yashasa edi korruptsioner sifatida mutlaqo qatl qilingan bo‘lur edi.

Endi bir boshdan gapirsam. Ulug‘bek “postqaytaqurish” degan to‘qsoninchi yillarda Moskvada MGU talabasi bo‘ldi. O‘sha davrdagi talaba yo‘qsulligi uning tabiatiga singib ketdi.

Yillar o‘tib boyib ketsa ham o‘zini muxtoj va yo‘qsil qilib ko‘rsatish Ulug‘bekning hayot tarzi edi.

“Tashoblda tug‘ilib Moskvani bitirgan” talaba bir muddat O‘zbekiston milliy bankida oddiy klerk bo‘lib ishladi.

O‘sha paytda bank rahbariyati uni “tuzukroq kostyum kiyib yurish borasida“ ogoxlantirgani esimda.

Kamtar bu mulozimning qashshoq hayoti oilaviy mashmasha va sevgiga hiyonat kabi unsurlar bois fojeaviy tus oldi. Pirovardida Ulug‘bek xotinidan ajrashib chuqur g‘ussaga cho‘mdi.
Aynan o‘sha “depressiv” kunlarda uni eski tanishi Ravshan uchratib qoldi. Ravshan O‘zbekiston prezidenti devoni rahbari Zelimxon Haydarovning katta qiziga uylanib oshig‘i olchi bo‘lgan “oltin olatli yoshlardan” biri edi.

Ravshan bilan Ulug‘bek Moskvada tanishishgan edi. (Ravshan keyinchalik avtohalokat oqibatida o‘ldi.) Hullas Ravshan o‘z do‘stini depressiyadan qutqarish uchun qaynotasining aloqalarini ishga soldi.

Ulug‘bek tezda hizmat pillapoyalaridan yuqorilab boshladi. Davlat qurilish akademiyasida taxsil olarkan, Moskvada orttirgan yana bir do‘st marhamatiga noil bo‘ldi. Bu do‘stning ismi Hayot Sharifho‘jaev edi.

Bir vaqtlar Moskvada bir mayizni bo‘lib yegan bu “Ulfati Se” endi O‘zbekistonda pul topib bo‘lib yeyishga qaror qilishdi.

Ularning nazari O‘zbekiston avtomobil sanaotiga qaratildi.

Bankdagi oddiy klerk bo‘lgan Ulug‘bek endi “O‘zbekavtosanoat”ga boss bo‘ldi. Burni ko‘tarilib atrofdagilarga past nazar tashlay boshladi.

Yo‘ldagi eshak yoki qo‘sha falokat

rasm1352
“Xalqaro aeroportdan qochishga uringani” haqidagi afsona ham “Papa”ni nafratini qo‘zg‘ash uchun atay to‘qilmadimikin….(Ali Qushchi)

Sal o‘tmay Ulug‘bekka akaxonlik qilgan Ravshan avtohalokat bois olamdan o‘tdi. Ravshanning mashinasi ketayotgan yo‘ldan eshak mingan odam chiqib qolgan va uni aylanib o‘tishga uringan mashina chappa bo‘lgan.

Falokat kelsa qo‘sha-qo‘sha keladi deganidek, Ulug‘bekning yana bir soyaboni MXX generali Hayot Sharifxo‘jaev ishdan chetlashtirildi.

O‘g‘riboshiyu, rushvatxo‘r mulozimlar orasida Ulug‘bek sug‘urta belbog‘isiz yolg‘iz qoldi.

“O‘zavtosanoat” tizimidagi o‘g‘irliklar ko‘lami haqidagi hujjatlar papkasi esa Ulug‘bek taxsil olgan Rossiya davlati xavfsizlik idorasi tarafidan O‘zbekiston prezidentiga yetkazildi.

Ulug‘bek nazardan qoldi.

Endilikda uni yuqoriga ko‘targan o‘g‘riboshilar pastga itara boshlashdi.

Devonboshi Zelimxon ham, o‘g‘riboshi Salim ham Ulug‘bekdan yuz o‘girdi.

Uning ishongan tog‘i buloqboshilik Parpiev ham, qamoqda qolayotgan Tohirjon Jalilov ham unga qarshi ko‘rsatma bera boshladi.

U endi “avtomobil qiroli” bo‘lgan Ulug‘ Bek emas balki tuban taqdiriga ko‘ngan Rozi Qulga evrildi.

Yiqilganni tepmaslik kerak, degan naql bor. Lekin Ulug‘bek yiqilgani yo‘q, uni yiqitishdi.

Bu kriminal dunyodagi o‘g‘riboshilar razborkasiga o‘xshaydi.

Ulug‘bek gapiga “otvechat qila olmagani uchun” jazolanmoqda.

Bu o‘rinda kichik hulosam shu – Kriminal razborkaga aylangan Karimov rejimi demontaj bo‘lmas ekan bunday “bespredel” davom etaveradi. Bu tizimda mazlum ham zolim ham yo‘q.

Ismim Alisher, Ulug‘bek meni Ali-qushchi deb atar edi, agar esidan chiqmagan bo‘lsa.
Toshkent 2016 yil 10 may


Ali Qushchi,

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
12 aprel 2017
Erkaklarning doyalik qilishiga qarshi ma'ruzasi bilan tanilgan toshkentlik 42 yoshli imom Sayfuddinov mavzuni yoritgan jurnalistlarni fitnada aybladi. «Erkak kishini ...
27 sentyabr 2019
Shu kunlarda hafsalam pirdir – aytganlarim nafcilambirdir. Qattiqroq gapirmaslik uchun ertak aytsam. Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, bittasi ...
16 aprel 2024
Eltuz portaliga kelgan co‘nggi 5 ta maktub O‘zbekistonning Buxoro, Toshkent, Xorazm va Rossiyaning Moskva shahridan kelgan. Xatlar kelishda etmoqda, muammolar yechimini to‘liq ta'minlash uchun Eltuz kanaliga obuna ...
3 oktyabr 2023
Hususiy universitetlarga  O‘zbekistonda qanchalik zarurat bor? Ular yangi korruptsionerlar tayyorlab beradigan maskanlar emasmi? Maqsad halqni ma'rifatli qilishmi, yoki shunchaki ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...