Asosiy mavzular
12 may 2016

O‘zbekistonning kasod bo‘lgan darbadar mashinalari Rossiyadan qaytariladi

Shu kunlarda o‘ndan ortiq “O‘zavtosanoat” xodimlari va ustalar zudlik bilan Rossiyaga hizmat safariga jo‘natilgan.
GM Uzbekistan zavodidagi muhandisning Eltuz.com muxbiriga aytishicha, “safarga ketgan xodimlar Rossiya avtosalonlarida o‘tmay yottan buzuq o‘zbek mashinalarini ta'mirlab O‘zbekistonga qaytarish” bilan shug‘ullanishadi.

O‘tgan hafta qamoqqa olingan GM Uzbekistan Bosh direktori Tohirjon Jalilovning o‘rniga bosh direktor vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangan Rustam Rajabov “Tashqaridagi qarovsiz o‘zbek mashinalarini O‘zbekistonga qaytarib aholiga sotish” vazifasini qo‘ygan.

Bu esa O‘zbek avtomobillarini eksport qilish g‘oyasi o‘lganidan nishona sifatida ko‘rilmoqda.

O‘tgan hafta Eltuz.com GM Uzbekistan rahbariyati Ravon avtomashinalarini Rossiyaga eskport qilish jarayonida kriminal sxema ishlatib katta miqdordagi mablag‘larni o‘zlashtirganlikda gumonlanib qamoqqa olingani haqida maqola e'lon qilgan edi.

Ravon brendi Rossiya vakolatxonasi rasmiysi Yelena Kuznetsovaning Ozodlik radiosiga bildirishicha, O‘zbekistonda GM Uzbekistan rahbariyatiga nisbatan boshlangan tergovga 2008 yildan 2015 yilgacha yuz bergan va birgina Rossiyaning AvtoVAZ shirkatiga 73 milliard rubl ziyon olib kelgan voqealar sabab bo‘lgan.

Rossiya shirkatlarining ziyon ko‘rishi ortidan GM Uzbekistandagi kriminal sxemalar ikki davlat rahbarlari munoqashasiga mavzu bo‘lgan.

Eltuz.com muxbirining o‘rganishicha, bu masala 26 aprel kuni O‘zbekiston va Rossiya rahbarlarining uchrashuv paytida ham kun tartibining matbuotga ochiqlanmagan qismidan o‘rin olgan.

Eltuz.com ilgari yozganidek, bosh vazir o‘rinbosari, ayni paytda «O‘zavtosanoat» AK boshqaruv raisi, Mashinasozlik, elektrotexnika va aviatsiya sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari majmuasi rahbari “Ulug‘bek Ro‘ziqulov mamlakatdan chiqib ketish paytda MXX xodimlari tarafidan aeroportda to‘xtatilib izolyatsiya qilingan«.

«O‘zavtosanoat» mulozimlaridan birining (Uning aniq ismi sharifi taxririyatda mavjud) Eltuz.comga aytishicha, mashina janjaliga O‘zbekistonning sobiq Bosh prokurori Rashidjon Qodirov va O‘zbekiston

Davlat soliq qo‘mitasi raisi Botir Parpievning ham aloqadorligi tekshirilmoqda.

Manbaning aytishicha, Ro‘ziqulov bilan birgalikda sobiq Bosh prokuror Rashidjon Qodirov ham GM-Uzbekistan bilan bogliq kriminal sxemalarga oid jinoyat ishi bo‘yicha tergovchilarning savolnomalarini o‘qimoqda.

Abdujamil Do‘stmuhammad
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
24 mart 2016
Xalq (to‘g‘rirog‘i, xalqqa mas'ullar) butun xayoli bayram bilan bo‘lib, g‘am-tashvishini unutdi go‘yo. «Hurriyat» gazetasi ham shu shodiyonlarga qanot bag‘ishlash ...
6 yanvar 2020
O‘zbekiston “Erk” Demokratik partiyasi lideri Muhammad Solih 1992 yilning 16 yanvarida poytaxtning Talabalar shaharchasida sodir bo‘lib isyon va undan ...
23 yanvar 2017
O‘zbekiston vatandoshi 35 yashar Gulsanam Y. va 28 yoshdagi Hakima K. Fatxiya tumanidagi avtoparkda bir kecha uchun 200 lira ...
18 aprel 2019
Shu yilning 20 mart kuni Xalq ta'limi vazirligi saytida “Farg‘onaning Quva tumanidagi 50-maktab yer maydoni va qo‘shimcha bino o‘quv ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...