Asosiy mavzular
16 iyun 2016

Majburiy sotilayotgan mustaqillik shiori

Farg‘ona viloyatning ta'lim muassasalari direktorlari ikkitadan olishi kerak bo‘lgan “Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!” shiorining har biri 90 ming so‘mdan.

Shu yilning 2 iyunida chiqqan O‘zbekiston Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma besh yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorida ayni shu shior bayramning asosiy g‘oyasi bo‘lishi kerakligi aytilgan edi.

«Rayono raxbarlari qaysidir bosmaxona bilan shartnoma tuzgan bo‘lsa kerak», – dedi Eltuz.comga ismi sir qolishini so‘ragan rishtonlik maktab direktori.

Uning bildirishicha, tumanda 64 ta maktab bor. Yana bog‘chalar, musiqa va san'at, sport maktablari, «Barkamol avlod» bolalar markazi kabi Rayono tasarrufidagi «Barkamol avlod» bolalar markazi kabi muassasalar mavjud.

«Ularning har biri kamida ikkitadan shu shior bitilgan bannerni olishi shart va zarur. Bu shior muassasaning eng ko‘rinarli joyiga osib qo‘yilishi kerak» – deydi direktor.

Uning fikricha, Rayono rahbarlari shiorning sotilishidan manfaatdor. Bo‘lmasa har bir maktab direktorining qo‘liga ikkitadan majburan tutqazvormagan bo‘lardi.

Rayono rahbarlari bilan bog‘langanimizda, haqiqatdan ham bannerlar sotilayotganligini aytishdi. Biroq, ular ham “yuqori”ning topshirig‘ini bajarayotgan ekan.

Bugungacha O‘zbekistondagi maktab, bog‘cha va boshqa tarbiya muassasalarida o‘lponlar shusiz ham yetarli edi.

Maktab ta'miri, temir-tersak, makulatura, kelib-ketadigan tekshiruvchilar, chopiqqa bormaslik, ipak qurti boqmaslik uchun yig‘iladigan yig‘imlar ustiga, yana mustaqillik bayrami arafasida “Shior puli” ham qo‘shiladigan bo‘ldi.

Nasima Davron qizi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
30 mart 2020
Tuman markaziga borib keldim. Ishim bor edi. Qalampir va pomidor ko‘chatlar sotyapti ekan. «Pomidor ko‘chati yetti donasi ming so‘m», ...
20 mart 2020
20 mart kuni O‘zbekistonda koronavirus yuqtirilgani qayd etilgan shaxslar soni 33 nafarga yetdi. Dastlab O‘zbekiston epidemiologiya markazi Frantsiyadan qaytgan ...
1 sentyabr 2022
Ko‘plab shov-shuvli ishlarda advokatlik qilgan huquqshunos Umid Davlatov 1 sentyabr kuni 42 yoshida Toshkentdagi kasalxonada olamdan o‘tdi. Yurak qon-tomir ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...