Asosiy mavzular
22 iyun 2016

Istanbulda o‘zbek imomini o‘ldirganlar ustidan hukm o‘qildi

Istanbulning Baqirko‘y tumanidagi sakkizinchi og‘ir jazo mahkamasida davom etayotgan sud jarayonida qotillik tashkilotchisi deya ko‘rilgan Sobir Shukurov va qatlni ijro qilgan Eldar Aslon aybli deb topilib ularning har biriga 30 yildan qamoq jazosi berildi.

Bu ma'lumotni Baqirko‘y mahkamasi matbuot hizmati Eltuz.Com muxbiri bilan suhbatda tasdiqladi.

Istanbuldagi terrorizmga qarshi kurash boshqarmasining gumon qilishicha, Sobir Shukurov O‘zbekiston xavfsizlik tizimlarida ishlagan bo‘lishi mumkin.

Mahkama so‘ngida mahkumlarga so‘ng so‘z berildi. Qatl tashkilotchisi deya ayblangan Sobir Shukurov o‘zining aybsizligini ta'kidladi:

«Men yaxshi bir oila sohibiman, doimo qonun-qoidalarga rioya qilib yashadim. Ammo dalil va isbotsiz qo‘lga olindim. Men aybsizman va mahkama qarori qayta ko‘rilishini talab qilaman», dedi mahkum Sobirov.

Ayni paytda sakkizinchi og‘ir jazo mahkamasi hakami mahkumning shikoyatini e'tiborsiz qoldirib “hukmning qat'iyligi”ni ochiqladi.

Andijonning Shahrixon tumanida tug‘ilgan 39 yashar imom Mirzag‘olib Latifovich Hamidov 2014 yil oxirida Istanbulda otib o‘ldirilgan edi.

Shu yilning boshida Shved mahkamasi taniqli o‘zbek imomi Obid Qori Nazarov joniga qasd qilgan boshqa bir toshkentlik yollanma qotil Yuriy Jukovskiyni umrbod jazoga hukm qilingan edi. 57 yoshli imom bundan to‘rt yil burun, 2012 yilning fevralida Stromsund shahridagi uyi yaqinida otib ketilgandi. Tergov ildizi Turkiyadan topilgan yana bir o‘zbek killeri Ulug‘bek Aminov (Rossiya pasporti bo‘yicha Tigryan Kaplan) shaxsini fosh qilgan, Shved prokurori Peterson, bu ish o‘zbek rejimiga taalluqli ekanini bildirgan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
27 mart 2024
Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta maktubni o‘qib eshittiramiz, ular O‘zbekistonning Andijon, Sirdaryo, Qashqadaryo, Samarqand va Toshkent viloyatlaridan kelgan. Shuniingdek, eltuz portalida e'lon qilingan Bo‘kadagi quvur yorilishi bilan bog‘liq muammoning hal etilgani yuzasidan rasmiylar munosabati, ...
15 oktyabr 2022
Kuni kecha Uchko‘prik tumanidagi 80 nafarga yaqin fermer avval prokuraturaga, so‘ng tuman hokimligiga chaqirtirilib, yerni topshirish haqida majburan ariza ...
13 avgust 2017
Bu rasm ham aslida voqeaband. Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumani Qorasuv qishlog‘i hududida 2015 yilning 20 sentyabrida Anvar ismli militsiya ...
29 iyun 2019
Tepada o‘tirganlar kaptarning butiga xat solib menga jo‘natishdi. Shu yaqin orada 9 ta ayol prezident tarafidan kechirilib, qamoqdan chiqarilar ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...