Asosiy mavzular
9 avgust 2016

Zulfiqor Musoqov: «Vandalizmga chora ko‘rilishi kerak»

8 avgust kuni Eltuz.com cahifasiga o‘z filmi haqidagi maqola yuzasidan izoh qoldirgan rejisser Zulfiqor Musoqov, efirga qaychilab uzatilgan filmi yuzasidan xatiga teleradioshirkatdan hanuz hech qanday javob olmaganini aytdi.

11 iyul kuniyoq Milliy teleradioshirkat raisiga sim qoqqani, mobil telefoni raqami va elektron pochtasiga xat qoldirganini bildirgan Zulfiqor Musoqov, shu paytgacha kimdir javob berar degan umidda bo‘lganini yozadi.

rasm1766
Kinorejisser izohidan skrinshot.

«Qo‘ng‘iroq bo‘lmagach, men ochiq xatni e'lon qildim… Oddiy odamlarning shikoyatiga parvo qilmaslik ayrim katta amaldorlarning odatiga aylangan», deya yozadi taniqli o‘zbek rejisseri Eltuz.com FB cahifasida qoldirgan o‘z izohida.

Eslatib o‘tamiz, O‘zTV tomonidan taniqli kinochi Zulfiqor Musoqovning “Vatan“ filmini qaychilab efirga uzatgani haqida ochiq xat e'lon qilgan, bunda u O‘zbekiston Milliy teleradioshirkati raisi Alisher Jo‘raqulovich Xo‘jaevga e'tirozlarini bildirib, vandalizm sababini so‘ragan edi.

Taniqli kinorejisser o‘z ochiq xatida tsenzuraga uchragan filmini tiriklayin qo‘li va oyog‘i chopilgan bolaga o‘xshatadi.

Musoqovga ko‘ra, 11 iyul kuni O‘z TV orqali namoyish qilingan “Vatan” filmining 8 epizodi kesib tashlangan.

Film namoyishi 2016-chempionat o‘yinlari o‘tgan tunga to‘g‘ri kelgani bois, o‘z tomoshabinlarining yuz minglarga oshganini pisanda qilib, rejisser amaldorlar sukuti, ularning o‘zlarini oqlashga javoblari yo‘qligidan ekaniga ishora qiladi.

«Bu bilan ular birinchidan o‘zlarining mutlaq parvoyi falak ekanlari, jazosiz qolishlariga ishonishlarini namoyish qilishadi, ikkinchidan esa, bezbetlik amalga oshganini e'tirof etishadi», – deydi O‘zTV tsenzurasidan filmiga zarar yetkazilgan o‘zbek kinorejisseri.

O‘zTV raisi bilan shaxsan tanish emasligi, unga nisbatan shaxsiy adovati yo‘qligini bildirarkan, izohi so‘nggida u hamon ro‘y bergan ayni vandalizm, bezorilik, aybdorlariga chora ko‘rilishi, yoki shunchaki filmni yaratuvchilaridan uzr keltirilishiga umidvor ekanini aytadi.

«Eng muhimi o‘zbek kartinalarini yovuzlarcha qaychilash, bundan keyin ro‘y bermaydi, deya umid qilaman» deya yakunlaydi eltuz.com cahifasida qoldirgan izoxini Zulfiqor Musoqov.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
29 avgust 2018
26 avgust kuni efirga ketgan «Munosabat» ko‘rsatuvi ishtirok etgan Politexnika universiteti o‘qituvchisi Abdullaeva Anjelika hech kimga so‘z bermay «ma'naviyat» ...
23 mart 2020
O‘zbek kinorejissyori Sarvar Karimov 21 mart kuni o‘zining feysbuk sahifasida «Sarviqomat dilbarim» filmidagi o‘pishish sahnalari va ayrim titrlar kesib ...
4 avgust 2023
MS: Ina damni olib, yengni chizg‘ab yana isha tushdi. Puling bo‘sa qanorda, dam olasan kanarda. RT: Qaerda dam olish emas, ...
28 sentyabr 2020
Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanida 7 yigit 15 sentyabr kuni 20 yashar qizni guruh bo‘lib zo‘rlaganlikda ayblanib qamoqqa olindi. Bu ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...