Qo‘rqmaslar: «O‘zbek rejimi posbonlari bu safar ham maqsadiga erisha olgani yo‘q!»
Majburiy mehnat monitoringi bilan shug‘ullanayotgan «Qo‘rqmaslar» guruhi faoli Maloxat Eshoqulovaning eltuz.com muxbiriga bergan intervyusiga ko‘ra, ularni cho‘l zonasidagi «Qirlishon» qishlog‘i hududida ushlagan militsiya xodimlari qattiq bosim ostida TIIB bo‘limida ushlab o‘tirishgan.
Cho‘l zonasidagi plantatsiyalarda ishlayotgan o‘qituvchi va shifokorlar militsiyani o‘ta qat'iy nazorati ostida o‘zbek faollari e'tiboridan yashirishga urinib kelinadi.
Eshonqulovaning bildirishicha, ular tarqatayotgan majburiy mehnatga qarshi varaqalar jinoyat dalili sifatida ko‘rilgan va hatto bloknotlarigacha tortib olingan.
Huquq faollari O‘zbekiston Mehnat vazirligi va Kasaba uyushmalari chop qilgan ayni varaqalarni dalalarda tarqatganlari uchun ushlanishgan.
Bu varaqalarda odamlarni majburiy mehnatga jalb etish qonunga ko‘ra taqiqlanishi bildirilgan.
Urlaeva va Eshonqulova o‘tgan yili ham paxta terimidagi majburiy mehnat bo‘yicha monitoring o‘tkazishayotganida bir necha bor ushlanishgan edi.
O‘tgan yili xorazmlik militsionerlar Maloxat Eshonqulova va Yelena Urlaevalarni tahqirli tarzda tintuv qilishgandi.
Bu yil esa buxorolik militsionerlar ularni tag‘in yechintirib tintuv qilishgan.
Huquq faollarini soat 12.20 dan kechki 22.00ga qadar ushlab o‘tirishgan.
Bosim oqibatida Huquq faollarining tobi qochib qolgan va Yelena Urlaeva uchun «Tez yordam» chaqirilgan.
Siz ko‘rayotgan bu suratlar 9 oktyabr kuni Maloxat Eshonqulova va Yelena Urlaevalar tomonidan paxta dalalarida suratga olingan.
«O‘zbek rejimi posbonlari haqiqatni yashirishga harchand urinishmasin, bu safar ham ular o‘z maqsadlariga erisha olganlari yo‘q», deydi Maloxat Eshonqulova.
Eltuz.com