Asosiy mavzular
17 oktyabr 2016

Muvaqqat prezident ham maslahatgo‘ylikni boshladi

«XXI asr» gazetasida paxta yetishtiruvchi xonqalik fermerning nomidan ham bir maqola e'lon qilingan. Unda fermer muvaqqat prezident va amaldagi bosh vazir yaqinda Xorazmga tashrifi chog‘ida «yanada kuchliroq iqtisodiy muhit yaratish, xalqning hayot darajasini yuqori pog‘onaga ko‘tarish yuzasidan qimmatli maslahatlar bergani»ni ta'kidlaydi.

Marhum prezident ham «hayot darajasini yuksaltirish» borasida maslahat berishni yaxshi ko‘rardi. Lekin xalqning hayoti u bu dunyoni tark etib ketayotganda ham yuksalmay qolaverdi. Ko‘pchilik bo‘lajak davlat rahbari sifatida ko‘rayotgan muvaqqat prezidentning maslahatlari xalq ahvoliga qanday ta'sir qilarkin!?

Fermer so‘zlarida davom etib, sentyabr oyining o‘zidayoq paxtadan 40 tsentnerdan hosil olganini aytib maqtanadi. Yana hali dalasida hosil mo‘lligini qo‘shimcha qiladi.
Dehqonlar yaxshi biladi, 40 tsentnerdan hosil olingan dalada, ayniqsa, bu yog‘i oktyabrning yarmi o‘tib qolgan paytda yana mo‘l paxta qolishiga ishonish qiyin.

Mayli, gazeta bir lof qilgandirda, deb o‘ylarsiz. Bo‘lmasa maqolaga paxta terish mashinasining surati ilova qilinganiga nima deysiz? Bu gazetxonlarning ustidan kulishmi yoki xayolning ro‘yobini ko‘rish ishtiyoqimi?

Bahodir Sharif
O‘zbekistonlik gazetxon tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
3 sentyabr 2016
«Islom Abdug‘anievich 2016 yil 2 sentyabrda Toshkent shahrida bosh miyada qayta tiklanmaydigan o‘zgarishlarga va poliorgan yetishmovchiligiga olib kelgan miya ...
1 sentyabr 2021
“Eltuz” tahririyati feysbuk messenjeri orqali vahimali, ayni paytda xavotirli bir murojaat oldi. U o‘zini “IIVning xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta'minlovchi ...
21 iyun 2024
22 iyun kuni soat 16 da Toshkentda taniqli rassom Vyacheslav Oxunovga Chexiya respublikasi instituti «san'at doktori»faxriy unvoni berilishi bilan ...
8 aprel 2016
Gazetaning yozishicha, bu yildan boshlab kollej bitiruvchisi bilan to‘rt tomonlama shartnoma tuzish tartibi joriy etilgan. Endi shahar, tuman hokimliklari ...
Bloglar
18 iyun 2025
«O‘zbekcha fikrlash»ni musorga otvormasak dunyoga razil bo‘lishda davom etamiz.Nima o‘zi «O‘zbekcha fikrlash»?Masalan O‘zbekiston qonunida «jins ...
16 iyun 2025
Teatr zamon yuziga ko‘zgu tutishi kerak. Lekin o‘zbek teatri buni eplay olmayapti. Drama yozadigan birorta ...
9 iyun 2025
Qadimgi turk bitiklari qisqa va chuqur ma'noli bo‘lgan. «Tashingdan barcha kishi kabi ko‘rin. Iching go‘zal ...