Asosiy mavzular
21 noyabr 2016

Dastur bor, munosib mehnat yo‘q

«Xalq so‘zi» gazetasi (19.11) O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan Xalqaro mehnat tashkiloti va Jahon banki ishtirokida mamlakatda Munosib mehnat dasturining amalga oshirilishi holati va istiqbollariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazilganini xabar qildi.

Maqolada O‘zbekistondagi Munosib mehnat dasturi 2014-2016 yillarga mo‘ljallangani ma'lum qilinadi.

Maqola aholiga munosib mehnat shart-sharoitlarini yaratish bo‘yicha qonunchilik asoslari mustahkamlanayotgani, ishchi-xizmatchilarning kasaba uyushmalariga birlashish huquqlarini ta'minlashda qator natijalarga erishilayotgani kabi umumiy gaplardan iborat.

Agar adashmasak, mazkur dasturda qishloq xo‘jaligi, xususan, paxta xomashyosi yetishtirish sohasiga oid masalalar ham kiritilgan. Masalan, Xalqaro mehnat tashkiloti bu sohadagi majburiy mehnatni bartaraf etish masalasini ko‘ndalang qo‘yayotgani, Jahon banki esa har bir viloyatdan bittadan tumanda o‘z monitoringini tashkil etgani haqida ma'lumotlar bor.

Tabiiyki, maqolada bu masala yuzasidan birorta arzirli gap yo‘q. Faqat undan «hukumatimiz tomonidan 2016-2018 yillarda qishloq xo‘jaligidagi xodimlar mehnat sharoitlari, bandligi va ijtimoiy himoyasini takomillashtirish masalalari bo‘yicha tadbirlar rejasi tasdiqlanib, amaliyotga tatbiq etilayotgani»ni bilib olishimiz mumkin, xolos.

Eng e'tiborlisi, maqolada «xalqaro tashkilotlar vakillari mamlakatimizda XMT konventsiyalari ijrosi doirasidagi ishlar va O‘zbekistonning nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan olib borayotgan konstruktiv aloqalarini ijobiy baholagani» ta'kidlanadi.

O‘zbekiston XMTning majburiy mehnat va bolalar mehnatiga oid konventsiyalari talablarini muntazam buzib kelayotgan, xususan, joriy yilda ham paxta yetishtirish tarmog‘ida majburiy mehnat va bolalar mehnatidan keng foydalangan bir paytda ijobiy baholash to‘g‘risida qanday gap bo‘lishi mumkin?

Balki «Xalq so‘zi» yana o‘z mushtariylarini aldadimikin?!

Bahodir Sharif
O‘zbekistonlik gazetxon tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
12 dekabr 2017
Prezident Mirziyoev 7 dekabr kungi nutqida Xalq qabulxonalariga bir yil ichida bir yarim million shikoyat tushganini bildirdi. Shikoyatlarning eng ...
3 iyul 2017
30 iyun kuni prezident Shavkat Mirziyoev, «Kamolot»ni tugatishga, uning o‘rnida komsomolga o‘xshash (Kommunistik Yoshlar Ittifoqi) kabi tashkilot tuzishga qaror ...
26 fevral 2023
O‘zbekistonlik taniqli shoir Oshiq Erkin – Erkin Madrahimov 86 yoshida olamdan o‘tdi. Shoirning janoza marosimi  25 fevral kuni Urganchda bo‘ldi.  ...
14 fevral 2024
Tergov jarayonidan xabardor insayderlarning aytishicha, diniy bloger Abror Muxtor Aliy (Abror Abduazimov) tergov oldi surishtiruvida tergovchilar bilan faol hamkorlik ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...