Sherali Jo‘raev: «Yaxshisi gapirmaganim ma'qulroq…»
23 noyabr kuni Alisher Navoiyning 575 yilligiga bag‘ishlangan adabiy musiqiy kechada so‘z berilgan hofiz gapirishga qo‘rqishini bildirdi.
Musiqiy kecha Navoiy Milliy kutubxonasida bo‘lib o‘tgan.
Kutubxona rasmiy saytida bildirilishicha, “Ishq darsini Navoiydan olurlar” deb nomlangan Alisher Navoiyning 575 yilligiga bag‘ishlangan musiqiy kecha tadbiri shu kuni soat 15:00 da boshlangan.
Kechada Alisher Navoiy nomidagi davlat mukofoti sovrindori Sherali Jo‘raevga ham so‘z berilgan.
«Endi men ko‘p gapirsam xato qilib qo‘yaman. Yaxshisi gapirmaganim ma'qulroq. Eng yaxshisi ashula bilan sizlarga ayta qolay dardlarimni», dedi uzoq yillar taqiq ostida rasmiy sahnadan uzoqlashtirib kelingan hofiz ma'noli qilib muhlislarining yengil kulgisi ostida.
Video: https://youtu.be/ehvLc_yaloc
Eltuz.com