Asosiy mavzular
28 noyabr 2022

Hukumat amaldorlarining san'at asarlariga bo‘lgan ikki xil munosabati

2014 yilning dekabrida Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumani sudi O‘zbekiston davlat san'at muzeyi bosh muhofizi Mirfayz Usmonovni 9 yilu 3 oyga ozodlikdan mahrum qilgan edi.

Jinoyat ishiga muzey fondidan yo‘qolgani va qalbakisiga almashtirilgani aniqlangan 25 ga yaqin rangtasvir asari asos bo‘lgan.

Biroq ayni muzeyga taalluqli ayrim tasviriy san'at asarlari 2013 yili uy qamog‘iga tashlangani iddao qilinadigan prezidentning to‘ng‘ichi Gulnora Karimovaning Jenevadagi uyidan topilgan edi.

2015 yilning 25 avgustida esa suratlar kamomadida ayblanib Nukusdagi Qoraqalpoq davlat can'at muzeyi direktori Marinika Bobonazarova ham ishdan bo‘shatildi.

Marinika Bobonazarova o‘zining ishdan bo‘shatilishini hukumat doxil shaxslarning muzey durdonalarini talon-taroj qilishlari uchun ochilgan yo‘l, deya baholagan edi.

Jumladan, 2015 yili 32 ta nodir kartina MXX zobiti bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi Yuriy Savinkovning uyidan topilgan.

O‘z davrida san'at durdonalari maskanlarining Gulnora Karimova va uning MXXdagi shotirlari uchun ochilgan kalitlari bugun boshqa shaxslar qo‘lida jaranglarkan, oldingi davrda kamomad qilgan muhofizni jazolashdan boshqacha munosabatni ham ko‘ramiz.

Masalan, hukumat nazdida istalmagan shaxs deya ko‘rilgan rassomning asarlarini yoqish istagini.

2016 yilning 2 dekabr kuni Urganch suratlar galereyasini tekshirgan MXX xodimlari galereya bosh muhofizi Shirin Toshevaga taniqli rassomlar Vyacheslav Oxunov va Shuhrat Bobojonov mo‘yqalamiga mansub 25 tacha asarni yoqishni buyurishdi.

Hamkasbi Mirfayz Usmonovdan farqqli Shirin Tosheva bunday jinoyatdan ko‘ra ishdan bo‘shash haqida ariza yozishni ma'qul ko‘rdi.

Oradan bir necha yil o‘tib, 2021 yilning noyabrida rassom Shuhrat Bobojonning ayni asarlari «Gilamlarda aks etgan urush» (War on carpet) kontseptsiyasi ostida Toshkentdagi «Hamar» ko‘rgazmalar zalida namoyish etildi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
27 may 2024
Shvetsiya o‘z qurollaridan Rossiya hududlariga hujum qilishga izn berdi. Gruziya prezidenti Rossiyaparast qonunni bekor qilmoqchi. Andijonda esa ko‘prik quladi. Putin ...
6 mart 2020
O‘zbekiston Aralash jang san'atlari assotsiatsiyasi (MMA) Andijon viloyati bo‘limining navbatdagi konferentsiyasi bo‘lib o‘tdi.  Konferentsiyada assotsiatsiyaning Andijon viloyati bo‘limi rahbari ...
19 avgust 2024
Bugun 19 avgust tarixiy kun. 1991 yilning aynan 19 avgustida O‘zbekistonning mustaqil bo‘lishi uchun Moskvada zamin xozirlangan kun. O‘sha ...
30 iyun 2017
O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov 30 iyun kuni “Ëshlar” telekanaliga Bosh direktor etib tayinlandi. Bu haqda prezident Mirziyoev “Kamolot” ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...