Asosiy mavzular
12 dekabr 2016

Xalq dardini yozish «yozg‘uvchi»lik bo‘ldimi?

«Hurriyat» gazetasi (07.12) yosh jurnalist yigitning mohiyatan xalq dardini yozishdan qochib, buni o‘zicha oqlashga uringani to‘g‘risidagi maqolani e'lon qildi.

«Jurnalist «yozg‘uvchi» emas» sarlavhali maqolada bo‘lajak jurnalist talaba yigit amaliyotini tuman gazetasida o‘tab, bozordagi tartibsizliklar haqida tanqidiy maqola yozgani uchun qo‘shnisi maqtaganini aytadi.

Muallif bu qo‘shnisi qishloqda gaz yo‘qligini, gazchilar ustidan ham tanqidiy maqola yozishni so‘ragani, ularning «oyog‘i kuygan tovuqdek yugurishini ko‘rib maza qilish»ni istaganini bildiradi.

Buni qarangki, qo‘shnisi «dumaloq xat» yozish bo‘yicha dong chiqargan odam ekan. Shuning uchun bo‘lajak jurnalist bu muammoni yozib chiqishdan o‘zini tortibdi.

«Axir bu tuman gaz ta'minoti xodimlarining ishi-ku. Qolaversa, bu borada ariza va shikoyatlarni qabul qiladigan tegishli tashkilotlar yo‘q emas», deb o‘zini oqlabdi bo‘lajak jurnalist.

Kechirasiz-u bo‘lajak jurnalist, odam «yumaloq xat» yozadimi, «to‘rtburchak yoki uchburchak xat» yozadimi, xalq dardini aytsa, uni «yozg‘uvchi»likda ayblash unchalik to‘g‘ri bo‘lmasa kerak. Xalq dardini jurnalist aytmaganidan keyin bu haqda kimdir gapirsa yoki sizdan bu haqda yozishni so‘rasa, uni buzg‘unchilikda ayblash, muammoning yechimini birovlarning zimmasiga yuklash bilan g‘ururlanish kerakmi?!

Bahodir Sharif
O‘zbekistonlik gazetxon tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
2 oktyabr 2016
Bugun 62 yoshini qarshilayotgan Muhammad Bekjonni men o‘z qadrdon akamday bilardim, «Erk» gazetasi sahifalarini tayyorlash jarayonlarida u bilan dastlabki ...
2 dekabr 2019
Bu yil O‘zbekistonda qishga tayyorgarlik hatto o‘tgan yildagidan ham yomonroqdir. Bu tegishli idoralarning sabotajimi yoki hukumatning navbatdagi no‘noqligimi? “Sabotaj ...
11 sentyabr 2018
«2006 yilga qadar «Koson» zonasining tashqi shtabi tomi ustidagi soldat va snay­perlar yarim yil to‘xtovsiz “terrorchilar”ni kutib yashashdi. Ular ...
3 mart 2021
Surxondaryo viloyatining Denov tumanidagi “Katta Karchin” MFY “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan. Hudud aholisiga 2019 yilda barcha xonadonlar ichimlik suv ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...