chorshanba,
18 dekabr 2024
3 yanvar 2017
Turkiyadagi terrorda gumon qilinayotgan shaxsning xotini hibsga olindi
Turk matbuotiga ko‘ra, terrorchi xotini va ikki farzandi bilan 2016 yilning 20 noyabr kuni Qirg‘izistondan Istanbulga uchib kelgan.
Matbuot iddaosiga ko‘ra, bu oila Istanbuldan, Anqaraga undan keyin esa Ko‘nya shahriga kelgan.
Seshanba kuni terrorchining xotini Turkiya istixborati tarafidan so‘roq qilingan.
Terrorchining xotini erining dunyoqarashidan behabarligini aytgan.
Qirg‘iziston Tashqi Ishlar Vazirligi vakilining Eltuz muxbiriga aytishicha, muhtamal terrorchiga oid ma'lumotlar qidirilmoqda.
Eltuz.com