Asosiy mavzular
22 fevral 2017

Muhammad Bekjonning ozodlikka chiqqanidan faollar quvonishmoqda

Muhammad Bekjonning qizi Oygul va nabirasi

63 yoshli siyosiy mahkum Muhammad Bekjon qamoq muddatini to‘liq o‘tab bugun ozodlikka chiqqani inson huquqi faollarining quvonchiga sabab bo‘lmoqda.

Bugun ertalab otasining ozod etilganini eshitgan Amerikada yashovchi Oygul Bekjon o‘z tuyg‘ularini Feysbukda ulashdi:

«Men bugun aralash tuyg‘ularni kechirmoqdaman… Bir tomondan, hammaga otam turmadan chiqqanini aytishdan shodman, biroq ayni paytda, uning hech narsa uchun 18 yilini yo‘qotganidan g‘azabdaman! Ha, u ozod bo‘ldi… lekin ko‘p narsani yo‘qotdi!!! Men uning o‘z hayotini qayta tiklashi uchun duo qilaman! O‘sha yoqda bo‘lishni, uni quchishni va birgalikda yig‘lashni istayman.» deya yozdi u.

Hyuman Rayts Votch (HRW) Inson huquqlari tashkiloti O‘zbekiston bo‘yicha tadqiqotchisi Stiv Sverdlov ham hayajonini yashirmadi: «Men bu satrlarni yozayotganimga o‘zim ham ishonmayman», dedi u.

Stiv Sverdlov, O‘zbekistonda inson huquqlari bo‘yicha HRW tadqiqotchisi

Stiv Sverdlov: Bugun, 18 yillik O‘zbekiston turmasidagi jahannamdan so‘ng, Muxammad Bekjonov, dunyoning eng uzoq turmada qolgan jurnalisti, nihoyat ozod. Bekjonovning dahshatli kunlari, O‘zbekiston Milliy havfsizlik xizmati (SNB) 1999 yili uni Kievdagi kvartiradan o‘g‘irlagan paytdan boshlandi. Bekjonov, «Erk» siyosiy muxolifat partiyasining a'zosi va o‘sha davrning eng yetakchi gazetalaridan birining muharriri, qamoqqa olininishidan ikki yil burun O‘zbekistondagi siyosiy muxolifat keng miqyosda quvg‘in qilingan paytlarda Toshkentni tark etgan edi.

Zo‘rlik bilan O‘zbekistonga keltirilgach, Bekjonovni yopiq mahkamada sudga tortishdi. Uni elektr toki bilan qiynoqqa solishgani, dubinka bilan kaltaklashgani va bir muddat bo‘g‘ishgani tasdiqlanganiga qaramay, Toshkent sudi uni turli ayblar, jumladan «konstitutsion tuzamga» taxdidda ayblovlar bilan o‘n uch yil qamoqqa hukm qildi.

2012 yilning yanvarida, muddati tugashiga bir necha kun qolganida, «turma qoidasini buzdi» degan pisanda bilan Bekjonovga tag‘in besh yil qo‘shib berishdi. (Keyinchalik bilishimizcha, jazoga rasmiy sabab, uning turma kamerasida ruxsat etilmagan tirnoq olgichni saqlagani bo‘lgan).

To shu bugungacha dunyoda Bekjonovchalik uzoq turmada saqlangan biror muxbir bo‘lmagan. Bekjonovning aybi, O‘zbekistondagi boshqa ko‘plab siyosiy dastaklangan faollarniki kabi, asosiy huquqlarni, jumladan so‘z erkinligi, yig‘inlar o‘tkazish huquqini tinch amalga oshirish bo‘lgan. Boshqa shunday mahkumlar kabi, uning qandaydir zo‘rovonlik ko‘rsatganiga hech qanday dalil isbot yo‘q.

Bu Muhammad Bekjon va uning oilasi uchun ajoyib xushxabar bo‘ldi. Bekjonov Karimov o‘limidan keyin ozodlikka chiqqan to‘rtinchi siyosiy mahkumdir. Shavkat Mirziyoev prezidentlik saylovi arafasida, adliya tizimi islohga muhtoj ekanligini e'tirof etgan va fuqarolarning javobgarligini oshirishga va'da bergan edi. Biroq u siyosiy dastaklangan ayblar bilan qamalganlarni ozod etish yo‘lida hech bir qadam qo‘ymadi.

Prezident Mirziyoev tegishli idoralarga, Bekjonovning qiynoqlarga tutilgani, hukmning o‘zboshimchalik bilan kattalashtirilgani va uning zudlik bilan, Qo‘shma Shtatlarda yashayotgan oilasiga qo‘shilishi uchun imkoniyat berilishini tayinlashi lozim. Mirziyoev Bekjonovning chiqishi bilan bog‘liq ijobiy imkoniyatdan foydalanishi, hamon siyosiy motivga ko‘ra turmalarda qolayotgan faollar va huquq himoyachilarini zudlik bilan ozod etishi lozim.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
12 may 2017
11 may kuni BMT inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Zeyd Raad Al-Xuseynning tashrifi yakunlandi. Tashrifning bosh natijasi 15 yillik ...
1 iyul 2023
«Eltuz» jamoasi 1 iyuldan 30 kunlik mehnat ta'tiliga chiqadi. Ta'tildan keyin siz, aziz do‘stlar, ko‘zlari intizor singillar, mehribon opajonlar, ...
6 noyabr 2023
Gitlerga oshiq bo‘lish yigirmanchi asrda qolib ketgan ruhiy anomaliya deb o‘ylardim. Nemis xotinlari Gitler gapirganda hayajondan siyib tashagan. Yigirma ...
29 dekabr 2023
Yangi yil, Kelaver qanday kelsang ham, Kimlar yetdi senga, kimlar yetmadi. Sen yangi yo‘ldoshsan, sen yangi hamdam, Yo‘qlab kelganingni ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...