Asosiy mavzular
10 aprel 2017

Aqilov kamroq odamni o‘ldirganidan afsus bildirgan

Raxmat Akilov telegram tarmog‘idagi yozuvlari oshkor qilindi. Aqilov doimiy ravishda ijtimoiy tarmoqlarda IShID tarafdorlari yoki a'zolari bilan aloqada bo‘lgan. Shu yozishmalardan bir nechtasi OAV ga chiqarildi.

7 aprel kuni Stokgolm markazida teraktni amalga oshirgan Rahmat Aqilovning rus tilida olib borgan yozishmalaridan ma'lum bo‘lishicha, teraktni amalga oshirish haqida u ochiq muhokama olib borganini kuzatish mumkin.

Shaxsiyda yozgan xatlarida Aqilov bombani qanday tayyorlash kerakligi haqida so‘ragan va bu haqdagi instruktsiya olgan.

«Menda xozir 3 pachka gugurt, 1 banka ATsYeTON, 5 banka zajigalka uchun gaz ballonchasi, 4 ta zajigalka va 500 gr samorezlar bor. Savol, portlatgichni qanday tayyorlash kerak? Ertaga kechqurun olomonning ustiga haydash uchun, katta mashina topmoqchiman» deya yozadi u smslarida.

Bundan tashqari, 7 apreldagi voqeadan so‘ng ham xat yozishga ulgurgan.

U Stokgolm markazida odamlarni bostirishi natijasida, kam halokat bo‘lganidan afsuslanib, „mashina boshqa yoqqa ketib qolgani“ni yozadi.

Gumonlanuvchi Raxmat Aqilovga tegishli bo‘lgan telegram akkauntidagi bu ma'lumotlar, birinchi tergov suroqlaridan so‘ng, yuzaga chiqdi.

Eltuz muxbiri shuningdek Stokgolmda yashaydigan, Raxmat Aqilovni shaxsan taniydigan shaxs bilan telefonda gaplashishga muvaffaq bo‘ldi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Aqilov Rossiyadan kelgan “kavkazliklar” guruhida bo‘lgan.

Shuningdek u Eltuzga anonimlik shartiga ko‘ra, Aqilov va uning sheriklari terroristik guruxlarga moddiy yordam tarzida odamlardan pul yig‘ishganini bildirdi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
1 iyun 2024
Bir narsadan bir narsani olsang, undan baribir qandaydir iz qoladi¸ lekin so‘z erkinligidan nimanidir olsang, uni cheklasang, undan hech ...
19 fevral 2021
Ehtimol boshqa oilada dunyoga kelganida u mashhur turk rassomi sifatida ulug‘langan va san'at tarixi zarvaraqlarida muhrlangan bo‘lar edi. Biroq ...
13 oktyabr 2021
O‘zbekiston fuqarolik jamiyatining bir guruh faollari Buyuk Britaniya hukumatini mamlakat fuqarosi Muhammad Amersiga nisbatan Telia-Takilant kelishuvi natijasida u ega ...
23 may 2015
O‘zim haqimda ma'lumot Nodemokratik rejim Murojaat huquqi Demokratik tuzum va siyosiy qarashlar Janob Bosh Kotib! Men Formonov Azamjon Turg‘unovich ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...