Asosiy mavzular
21 aprel 2017

Kassa apparatini bank emas, deputat beradimi?

O‘zbek nashrlari barcha savdo sub'ektlarida kassa apparati joriy etilishi haqidagi prezident qarori ijrosi haqida yozarkan, tadbirkorlar va banklar o‘rtasidagi jiddiy muammolarni oshkor qilmoqda.

To‘lov terminallari yetishmasligi bilan bog‘liq muammolar odatdagidek qaysidir partiya yoki bank faoliyatini ko‘klarga ko‘tarish osnosida ko‘zga tashlanadi.

«Banklar tadbirkorlar xizmatida» degan balandparvoz sarlavhali material chop etgan «XXI asr» gazetasi (13.04) O‘zLiDeP deputatlarining joylardagi muammolarni hal etishga yordam ko‘rsatayotganiga bag‘ishlagan maqolasida aslida bunday emas ekanini bildirib qo‘yadi.

O‘zLiDeP deputatlarining bunday faoliyati bilan maqtanishni niyat qilgan gazetaning yozishicha, Samarqandda bir deputat 5-6 ta tadbirkorga «Mikrokreditbank»dan to‘lov terminali apparatlarini olishga ko‘maklashgan.

Gazetadan bu ma'lumotlarni o‘qir ekansiz, haqli savollar paydo bo‘laveradi. Nega banklar tadbirkorlarni to‘lov terminallari bilan ta'minlay olmayapti?
Nega terminal olish deputat aralashgandagina hal bo‘lyapti? Bu yoqda prezident hammani kredit olib, tovuq boqishga chaqirayotgan bir paytda banklar uning topshirig‘ini sabotaj qilyapti?

Bu kabi yana ko‘plab savollar borki, gazetalarning birortasida hatto ularga yaqin keladigan, ozgina bo‘lsa-da, masala mohiyatini ochishga yordam beradigan biror satrni uchratmaysiz.

Xuddi shunday ma'lumotlar «Milliy tiklanish» gazetasida (19.04) ham kattagina joyni egallaydi. Unda ham shu nomdagi partiya deputatlari tadbirkorlarga kredit olish-u, ishga joylashtirishga «katta yordam» berayotgani haqida qator-qator misollar keltiriladi.

Deputatlar banklarning o‘z vazifasini bajarmayotgani muammosini ko‘tarish o‘rniga yana o‘sha ura-urachilik ortidan quvib yurgani g‘alati.

Gazetalar esa bir sahifasida banklarni maqtash bilan ovora bo‘lsa, boshqa sahifasida o‘zlari bilmagan holda mohiyatan bu moliya muassasalari o‘z vazifasini uddalay olmayotganini ko‘rsatuvchi ma'lumotlarni chop etishmoqda.

Nima ham derdik, kurk tovuq go‘ng sochadi, o‘z ketini o‘zi ochadi, deb shuni aytsalar kerak-da.

Bahodir Sharif
O‘zbekistonlik gazetxon tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
26 yanvar 2024
May ichsang, oqilu dono bilan ich, Yoki bir gul yuzli zebo bilan ich. Oz-oz ich, goh-goh ich, yo yashirin ...
9 avgust 2021
Rassom Tuz
4 oktyabr 2022
4 oktyabr kuni ertalabki soat 08:30 larda Chirchiq shahrida joylashgan “Maxam CHIRCHIQ” AJ korxonasi sintez sexida portlash sodir bo‘ldi. ...
3 aprel 2023
E'tiboringizga Eltuz «600 sekund»ning  navbatdagi sonini taqdim etadi. Xorazmdagi yetimxonada voyaga yetmagan qizlarning pedofil amaldorlar tomonidan muttasil zo‘rlab kelingani ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...