Asosiy mavzular
3 aprel 2023

Xorazmda yetim qizlarni zo‘rlagan pedofil amaldorlar qamaldi – 600’39

E'tiboringizga Eltuz «600 sekund»ning  navbatdagi sonini taqdim etadi.

Xorazmdagi yetimxonada voyaga yetmagan qizlarning pedofil amaldorlar tomonidan muttasil zo‘rlab kelingani mavzusi tarmoqda chellenjga aylandi. Bir guruh o‘zbekistonlik ayollar shoira Gulnoz Mo‘minovaning «Ayol bo‘lib tug‘ilma sharqda» she'rini o‘qib, video qilib tarqatishdi.

Eslatib o‘tamiz, tarmoqdagi shov shuv ortidan pedofil Oybek Masharipov va kamida yana ikki sobiq mulozim qamaldi.

Yetimxonani jalapxonaga aylantirgan Masharipov o‘zining IIV tizimidagi qarindoshi va boshqa tanishlari ko‘magida shu yilning 2 apreliga qadar deyarli jazosiz qolayotgan edi. Bugunga kelib Xorazm viloyat prokuraturasi tomonidan adliya boshqarmasining sobiq rahbari bo‘lgan pedofil va favqulodda vaziyatlar tuman rahbari qamaldi.

Xorazm adliya boshqarmasi  boshlig‘i faqat o‘zi emas, Adliya vazirligining markaziy apparatidan Xorazmga kelgan rahbarlarga ham voyaga yetmagan yetim qizlarni tortiq qilib o‘z mansabini mustahkamlab kelgan.

Xususan, Adliya vazirligi Boshqarma boshlig‘i Sh. Rabiev va uning o‘rinbosari Xorazmga tez-tez xizmat safariga borib turishgan. So‘nggi marotaba ishratga borishganida Masharipov bilan hamtovoqlikdagi qing‘irliklari fosh bo‘lgach, ishdan bo‘shatilib, adliya tizimining quyi bo‘limlariga o‘tkazib yuborilgan.

Ish Respublika ahamiyatiga ega bo‘lib borayotganligi sababli, tergov qilish Bosh Prokuraturaga o‘tkazilgan.

Tarmoqdagi shov shuvlardan keyin Tanzila Norbaeva Xorazmda qizlarning zo‘rlangani bilan bog‘liq vaziyatga «davlat va jamiyatning murosasiz javobi bo‘lishi shart»ligini bildirdi. 

Saida Mirziyoeva prokuraturadan holatga huquqiy baho berishni so‘radi. 

Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbaeva hamda prezident Administratsiyasining kommunikatsiyalar va axborot siyosati sho‘'basi mudiri, davlat rahbarining qizi Saida Mirziyoeva Xorazm viloyati Urganch shahridagi 1-sonli oilaviy mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarining zo‘rlangani bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan munosabat bildirdi.

Tanzila Narbaeva «voyaga yetmaganlarga nisbatan sodir etilgan bunday tuban jinoyatlarga davlatning, jamiyatning qat'iy va murosasiz javobi bo‘lishi shart»ligini ta'kidladi.

«Ayollar va bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishga qaratilgan qonunimizda mazkur toifadagi jinoyatlar uchun jazoning jiddiy kuchaytirilayotganligi aynan shuning uchun ham nihoyatda muhimdir», — dedi u.

Saida Mirziyoeva bu holat qonunchilikda jiddiy muammolar borligini ko‘rsatgani va ushbu bo‘shliqdan «jirkanch shaxslar foydalanib qolayotganini» qayd etdi.

«Voqea ishtirokchilari orasida huquq idorasi vakillarining ham borligi nihoyatda xavotirlidir. Bosh prokuraturadan mazkur holatga alohida e'tibor qaratib, sinchiklab o‘rganishni va huquqiy baho berishni so‘rayman», — deb yozdi u.

Shuningdek, u mavjud qonunchilikni qayta ko‘rib chiqib, takomillashtirish, turli «lazeyka»larni yopish, oilaviy zo‘ravonlik bo‘yicha qonunni qabul qilishni tezlashtirishi zarurligini ta'kidladi.

Zo‘ravonlikka qarshi kurashuvchi Nemolchi.uz loyihasi asoschisi Irina Matvienko esa fevral boshidayoq Senatda xotin-qizlar va bolalar himoyasini kuchaytirish haqidagi o‘zgartishlarni ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruh yig‘ilishida 1-sonli oilaviy bolalar uyidagi vaziyat yuzasidan axborot berganini matbuotga ma'lum qildi.

«Bu keysni fevral boshida Senatda ishchi guruh yig‘ilishida tilga olgandim. 

Zalda senatorlar, Adliya vazirligi, Oliy sud va boshqa instantsiyalar vakillari o‘tirishgandi. Eshitishdi, shokka tushishdi, hech narsa qilishmadi», — deya ma'lum qildi Matvienko.

«Mart oxirida yozgan maqolam ulkan rezonans, izohlar, noroziliklarni keltirib chiqardi. Biroq instantsiyalar bu haqda avvalroq bilmaganmidi? Ular vaziyatni to‘g‘rilasa bo‘lmasmidi? 

Xalqning noroziligini kutib o‘tirmasdan protest kiritish, qarorni qayta ko‘rib chiqish va odamlarga boshqa natijani ko‘rsatsa bo‘lardi-ku. Shuning iloji bor edi-ku», — deya yozdi u.

Irina Matvienko prokurorning 6 yoshli qizchaga tegajog‘lik qilgan erkak ishi bo‘yicha sud qarori ustidan shikoyat qilganini misol qilib keltirdi.

«Oshkor bo‘lishini yoqtirmayman (kimgadir g‘ayritabiiy tuyulishi mumkin). Davlat mashinasi odamlar huquqlarini OAV va internetda shov-shuvlar uyg‘otgani uchun emas, balki tizim ishlayotgani uchun himoya qilishini xohlayman», — deya ta'kidladi Irina Matvienko.

Urganchda qizlarning zo‘rlanishi ishi bo‘yicha sud qaroridan Nemolchi.uz loyihasi xabar berguniga qadar, qariyb yetti oy davomida jamoatchilik xabardor bo‘lmagan.

2022 yilning sentyabr oyida Dilmurod Otamuratov raisligida o‘tgan jinoyat ishlari bo‘yicha Xiva tumani sudi Urganch shahridagi 1-sonli oilaviy mehribonlik uyi rahbari Yulduz Xudaybergenova, Xorazm viloyati adliya boshqarmasi sobiq boshlig‘i Oybek Masharipov va Yangiariq tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi sobiq boshlig‘i Anvar Kuryazovlarga nisbatan hukm chiqargan.

Unga ko‘ra, mehribonlik uyi rahbari 5,5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan, hamda 1 yilga davlat ishtirokidagi korxona, tashkilot, muassasalarda mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan bog‘liq vazifalarda ishlash huquqidan mahrum qilingan. Ikki sobiq amaldor esa 1,5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosini olgan.

Irina Matvienko sud yopiq eshiklar ortida ko‘rgan jinoyat ishi materiallariga tayanib, qizlarning bir necha oy davom etgan zo‘rlanishiga yana kamida uch kishi aloqador bo‘lishi mumkinligini aytdi. Biroq sud ularni ayblanuvchi deb hisoblamay, guvoh sifatida ushlab turgan.

Ko‘rsatuvimizni boshqa xalqaro xabarlar bilan davom ettiramiz

+++

Sankt-Peterburgdagi Putinning oshpazi Prigojinga tegishli kafe portlatildi. Voqeada 30 ga yaqin shaxs yaralandi. Rossiya urushining ashaddiy targ‘ibotchisi Vladlen Tatarskiy halok bo‘ldi. Kafeda uning ijodiga bag‘ishlangan tadbir o‘tayotgan edi. Voqea guvohlariga ko‘ra, tadbirda Darya Trepova ismli yosh ayol unga haykal sovg‘a qilgan. Bir necha daqiqa o‘tib portlash yuz bergan. Tatarskiy voqea joyida o‘lgan. Bundan ilgari u ukrainlarga va o‘ris bo‘lmagan boshqa millatlarga o‘lim tilagan edi. Rossiya Ichki ishlar vazirligi Tatarskiyni ichiga bomba joylangani taxmin qilinayotgan haykalcha bilan «siylagan» Darya Trepovani hibsga oldi.

+++

Bu vaqtga kelib Ukrainaning Melitopol shahrida rus kollabarantlariga tegishli yana bir mashina portlatildi. Bir kishi jarohat oldi. Ukraina patrul xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, yaralangan shaxs avval ruslar tomonidan ishg‘ol qilingan Akimovka qishlog‘i ma'muriyati sobiq boshlig‘i Maksim Zubarevdir.

+++

Germaniya vitse-kantsleri Robert Xabek e'lon qilinmagan tashrif bilan Kievga keldi. Bu uning Ukraina poytaxtiga keng ko‘lamli Rossiya bosqini boshlanganidan beri birinchi tashrifidir. Germaniya delegatsiyasi bilan muzokaralarning asosiy mavzusi Ukrainani qayta tiklash masalasi ekani bildirilgan.

+++

Polsha o‘z hududiga Natoning yadro qurollarini joylashtirishga tayyor. Polsha prezidenti Anjey Dudaning xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jacek Siver “Deutsche Presse-Agentur” gazetasiga bergan intervyusida “Polsha NATOning yadroviy hamkorligini kengaytirishga hamda, yadroviy qurollar mas'uliyatini o‘z zimmasiga olishga potentsial tayyor ekanligini bildirgan.

+++

Turkiyaning Boyqor shirkati Ukraina dvigateliga ega «Oqinchi» (Akinci) dronini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi.

Zamonaviy turk dronlarining yangi avlodi IHA-230 tovushdan tez uchadigan raketalarni 140 km masofadagi nishonga ura oladi.

Bu so‘nggi 600 sekund ichida sizga yetkazmoqchi bo‘lgan xabarlarimiz edi. Kun davomida biz bilan qoling, Kanallarimizga obuna bo‘lishni unutmang.

Tag‘in o‘qing
2 iyun 2016
Jurnalistning «Nega yo‘q bo‘lib ketdingiz? O‘rningiz judayam bilinyapti» degan savoliga javob berar ekan, Obid Asomov shunday dedi: «Ba'zi bir ...
20 may 2016
O‘zbekiston prezidentining Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to‘g‘risidagi farmoni butun mamlakatni «to‘lqinlantirib» yubordi. Har holda ...
16 sentyabr 2021
2019 yil noyabrda Londonda nufuzli sarmoyadorlar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. U yerda xalqaro moliyachilar, diplomatlar va tadbirkorlar O‘zbekistonning siyosiy va ...
15 iyun 2016
Qo‘lga olinganlarning uch nafari O‘zbekiston fuqarosidir. Qaxramonmarash politsiyasi tarqatgan ma'lumotga ko‘ra IShID terror tizimi faollariga qarshi qaratilgan tadbir davomida ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...