Asosiy mavzular
26 may 2017

O‘zbek gazetasi “Karimov dangasalari”ga malomat yog‘dirdi

«Oila va jamiyat» gazetasi (24.05) «Kasbingizga sadoqatlimisiz?» sarlavhali maqolada marhum prezident Islom Karimovga sadiqligini bildirib, horijga chiqib ish izlayotgan “dangasalar”ni tilga oldi.

Karimov Sirdaryoga tashrifi chog‘ida tirikchilik ortidan Rossiyaga ketib, mardikorlik qilayotgan, shu bilan birga, yurtga katta mablag‘ olib kelayotgan fuqarolarni «dangasalar» deb atagan, uning bu iborasi munozaralarga sabab bo‘lgandi.

«Oila va jamiyat»da chop etilgan maqola muallifi ish izlab xorijga ketgan vatandoshlarimizni «mo‘may daromad ishqibozlari», deya ta'riflaydi.

Bundan tashqari, davlat ishida beriladigan maoshi ro‘zg‘orini tebratishga yetmagani sababli, daromadliroq sohalarga o‘tganlarni «qanoatsizlar» safiga qo‘shadi.

«Keyingi paytlarda moddiy yetishmovchilik yoki boshqa bahona sabablarni ro‘kach qilib, mutaxassisligi yoxud egallagan hunari ortidan kelayotgan rizqqa qanoatlanmay bozorga chiqib ketganlar, xorijiy davlatlardan «mo‘may daromad» qidirishga ishqibozlar hech kimni hayratlantirmay qo‘ydi», deyiladi maqolada.

Odamlar nega o‘qigan sohasi qolib, o‘zini bozorga urayotgani, nega navqiron vatandoshlarimiz o‘z yurtida mo‘may daromad topmay, xorijdan ish izlashga majbur bo‘layotgani sabablari esa muallifning e'tiboridan chetda qolgan.

U kasb insonning taqdiri ekani haqida falsafa so‘qir ekan, «maoshi ozmi-ko‘pmi, ishi og‘irmi-engilmi, taqdir qilingan kasb-hunar orqali rizq berilishi»ni ta'kidlaydi.

Muallifning falsafasiga ko‘ra, «kasbiga xiyonat qilib, mo‘may daromad ilinjida o‘zini har tomonga urganlarga na ishda, na shaxsiy hayotda omad kulib boqmaydi».

Maqolada yaxshi hayot ilinjida boshqa ishning boshini tutganlar «atrofdagilar»ning tilidan «betayin», deb haqorat qilinadi.
Yana bir o‘rinda muallif, bir tanishining, «paxta mavsumida hasharga chiqqanida kasal bo‘lib qolganini bahona qilib», ishdan bo‘shab ketganiga «achinadi».

Shu o‘rinda muallif davlatning «muhim siri»ni, – davlat tashkilotlari xodimlari aslida, kasblaridan tashqari «hashar» deb atalmish majburiy qora mehnatga jalb etilishini oshkor qilib qo‘yganini bilmagan shekilli.

Bahodir Sharif
O‘zbekistonlik gazetxon tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
30 oktyabr 2018
«Xorazm yoshlari» gazetasi muharriri o‘rinbosari, 47 yashar jurnalist Davlatnazar Ro‘zmetov 29 oktyabr kuni Qo‘shko‘pir tumani hokimligi binosida paxta safarbarligiga ...
7 yanvar 2020
Markaziy Osiyo arxeologiyasi va me'moriy restavratsiyasi asoschisi Mixail Masson tug‘ilganiga 2017 yilning dekabrida 120 yil to‘ldi. Biroq Arxeolog izlanishlar ...
13 iyun 2023
Yunonlarning Markaziy Osiyoga surgun qilinishining so‘nggi bosqichi Stalin tomonidan 1949 yil 13 iyunga o‘tar kechasi amalga oshirildi. Bir kechada ...
19 noyabr 2019
«Toshkent savdo markazi»ga  (sobiq «Abu Saxiy» MChJ) qarashli bozordagi do‘konlari buzilishidan norozi bo‘lgan 700 dan ortiq fuqaro 16 noyabr ...
Bloglar
18 iyun 2025
«O‘zbekcha fikrlash»ni musorga otvormasak dunyoga razil bo‘lishda davom etamiz.Nima o‘zi «O‘zbekcha fikrlash»?Masalan O‘zbekiston qonunida «jins ...
16 iyun 2025
Teatr zamon yuziga ko‘zgu tutishi kerak. Lekin o‘zbek teatri buni eplay olmayapti. Drama yozadigan birorta ...
9 iyun 2025
Qadimgi turk bitiklari qisqa va chuqur ma'noli bo‘lgan. «Tashingdan barcha kishi kabi ko‘rin. Iching go‘zal ...