Asosiy mavzular
30 oktyabr 2018

Paxta terimiga oid majlisni yoritmoqchi bo‘lgan jurnalist qamaldi

«Xorazm yoshlari» gazetasi muharriri o‘rinbosari, 47 yashar jurnalist Davlatnazar Ro‘zmetov 29 oktyabr kuni Qo‘shko‘pir tumani hokimligi binosida paxta safarbarligiga bag‘ishlangan majlisni yoritmoqchi bo‘lgan paytida hibsga olindi.

«Qo‘shko‘pir tumani hokimligi o‘qituvchi va shifokorlarni paxtaga jalb qilish yuzasidan majlis o‘tkazmoqchi ekanligi haqida jurnalistga bir kun oldin o‘tgan to‘yda xabar qilishgan edi. Shu kuni videokamerasi bilan ketganicha qaytib kelmagan», deya voqeani izohladi Davlat Nazarning do‘stlaridan biri «Eltuz» nashriga.

Voqeani yoritmoqchi bo‘lgan Ro‘zmetovning yana bir hamkasbiga ko‘ra, majlisga hatto diktofon olib kirishga ham ruxsat etilmagan. Bu yuzadan savol bermoqchi bo‘lgan jurnalistni shu zahoti militsiya xodimlari olib ketishgan.

Uning tag‘in «Eltuz» nashriga bildirishicha, jurnalistga «bezorilik» aybi qo‘yilgan, avvaliga u 15 sutkaga qamalgan, keyin esa 29 oktyabr kuni o‘tgan sudda jazo 7 sutkaga tushirilgan.

Foto: Jurnalist Davlatnazar Ro‘zmetov O‘zbekiston yoshlar ittifoqi rahbari Qahramon Quronboevdan intervyu olmoqda.
Jurnalistning feysbuk sahifasidan

Davlatnazar Ro‘zmetov Tomsk milliy tadqiqot universitetini tugatgan. Ijtimoiy tarmoqda o‘zining liberal qarashlari va dolzarb chiqishlari bilan tanilgan o‘zbek jurnalistidir.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
24 avgust 2020
Respublika iqtisodini ko‘tarish uchun, eng avvalo, yer xususiylashtirilishi kerak, deya hisoblaydi Navoiy viloyatining Konimex tumani sobiq hokimi, qishloq xo‘jaligi ...
2 sentyabr 2016
Samarqand markazidagi qabriston O‘zbekistonni 27 yil boshqargan marhum hukmdorni dafn qilishga hozir. O‘zbekistondagi ”Eltuz” muxbiriga ko‘ra 1 sentyabrdan beri ...
9 mart 2018
O‘tgan o‘n besh kun ichida O‘zbekistonda Rashid Qodirovning hibsga olinishi ortidan prokuratura tizimidagi korruptsioner amaldorlarning birin-ketin ushlanishi kuzatildi. Jumladan, ...
6 iyun 2017
Andijonlik Bahromning mutaxassisligi injener-texnolog edi. Ammo u O‘zbekistonda mutaxassisligi bo‘yicha ish topa olmadi va boshqa qishloqdoshlari qatori Rossiyaga ishlagani ...
Bloglar
28 may 2024
Men millatchi emasman! Lekin qaytadan ta'mirlatilgan va Toshkent shahrining sobiq hokimi J. Ortiqxo‘jaev tomonidan Pasxaga ...
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...