Rustam Azimov vazifasidan bo‘shatildi
Rustam Azimov O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. Bu haqda 6 iyun kuni UZ24 nashri xabar berdi.
Xabarlarda Azimovning boshqa vazifaga tayinlash munosabati bilan bo‘shatilgani aytiladi, biroq qaysi lavozimga tayinlangani noma'lum.
Bosh vazir o‘rinbosari lavozimini moliya vazirining sobiq birinchi o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov egallagan.
Rustam Azimov 2000-2002 yillarda Makroiqtisod va statistika vazirligiga raxbar bo‘lgan, 2003-2005 — yillarda Iqtisodiyot vaziri. 2005 dan 2016 yilgacha O‘zbekiston moliya vaziri bo‘lgan.
Karimovga voris deya ko‘rilgan Rustam Azimov prezident Shavkat Mirziyoev hokimiyatga kelgach, muttasil tanqid qilinib, rutbasi pasaytirib kelindi.
O‘tgan yil oxirida Azimov Bosh vazir o‘rinbosari va Vazirlar mahkamasi qoshidagi Makroiqtisodiyotni rivojlantirish majmuasi raxbari etib tayinlangan edi.
Eltuz.com