14 aprel – «Kakku uyasi uzra parvoz» filmi rejissyori olamdan o‘tdi
Chex kinorejissyori Milosh Forman 87 yoshida 2018 yilning 14 aprelida hayotdan ko‘z yumdi.
O‘tgan asrning 60-yillarda o‘z ijodi bilan tanilgan Forman 1968 yili Amerikaga emigratsiyaga ketadi.
1976 yilning 29 martida AQSh kinoakademiyasining 48-Oskar taqdimotida beshta asosiy mukofot bitta filmga berildi.
Bu Milosh Formanning “Kakku uyasi uzra parvoz” (One Flew Over the Cuckoo’s Nest) filmi edi.
“Agar u jinni bo‘lsa, sen nimaga yaraysan” (If he’s crazy, what does that make you?) degan slogan ustiga qurilgan bu film totalitar tutumni o‘zgartirmoqchi bo‘lgan yakka isyonchining taqdiri haqida hikoya qiladi.
Filmdan parcha
Maykl Duglas prodyusserlik qilgan bu film rejissyori Milash Forman “Eng yaxshi rejissura uchun”, bosh rol ijrochisi Jek Nikolson esa “Eng yaxshi erkak roli” uchun Oskar oldi.
Shuningdek, Luiza Fletcher “Eng yaxshi ayol» roli uchun Oskarga sazovor bo‘ldi.
Kino qamoq jazosini chetlab o‘tish uchun o‘zini jinnilikka solgan Rendl Patrik MakMerfining psixiatriya klinikasidagi ko‘rguliklarini hikoya qiladi.
Totalitar zehniyat sohibasi shafqatsiz hamshira Mildred Retchedning mutlaq hukmronligi ostidagi ruhiy xastalar o‘zgarishlar umididan allaqachon voz kechishgan.
MakMerfi “jinnixona”dagi vaziyatni yakka o‘zi o‘zgartirish uchun oyoqqa qalqadi. Isyon ruhiy xastaxona tutqunlari qalbida “o‘zgarishlar istagi”ni paydo qiladi.
Eltuz.com