Asosiy mavzular
23 may 2023

23 may – o‘zbek oydini Munavvarqori NKVD tomonidan o‘ldirildi

Bugun Turkiston xalqining milliy ozodligi uchun kurashgan Munavvarqori Abdurashidxonning NKVD jallodlari tomonidan o‘ldirilgan kundir.

Munavvarqori

Munavvarqori 1878 yili Toshkentda tug‘ildi. O‘zbek ziyolisi Abdurashidxon oilasidagi uchinchi o‘g‘il edi. Dastlab Toshkentda Yunusxon madrasasida o‘qidi. O‘n yoshidan Buxorodagi madrasalardan birida hadis va fiqh ilmidan tahsil oldi. Toshkentga qaytgach, Darxon mahallasi masjidida imomlik qildi.

Ismoilbek Gaspirali tomonidan 1881—1914 yillarda Qrimda nashr etilgan «Tarjumon» gazetasi Munavvarning milliy zehniyatiga ta'sir ko‘rsatdi va u keyinchalik Turkiston hududida ilk jadidlar maktabiga asos soldi.

Maktablar o‘z samarasini berdi, u yerda savodsiz turkistonliklar o‘qish-yozishni o‘rgandilar, milliy o‘zlikni tanidilar.

Munavvarqori jadid maktablari uchun yangi tovush usulida darsliklar — «Adibi avval» («Birinchi adib», 1907 yil) alifbe va «Adibi soniy» («Ikkinchi adib», 1907 yil) o‘qish kitoblarini chop ettiradi. Bular o‘lkadagi asosiy darsliklar sifatida oktyabr to‘ntarishidan so‘ng ham keng qo‘llaniladi.

Milliy ozodlik faqatgina maktab ochish bilangina amalga oshmasligini bilgan Munavvarqori o‘z siyosiy faoliyatini boshlaydi va hamfikrlari bilan Turkistonda «Sho‘roi ulamo» tashkilotiga asos soladi. Tashkilot Turkiston musulmonlari qurultoyini tashkil etib, 1917 yili Turkiston demokratik muxtoriyati e'lon qilinadi.

Munavvarqori sho‘ro tarixida «xalq dushmani», «millatchi», «mahalliy burjuaziya ideologi» deya ta'riflab kelindi. Unga nisbatan yosh avlodda nafrat tuyg‘usini tarbiyalashga harakat qilindi.

Munavvarqori bor-yo‘g‘i 53 yil yashadi. Shundan 39 yili inqilobdan oldingi chorizm mustamlakasi ostidagi bolalik, balog‘at va faollik davri bo‘lsa, qolgan 14 yili qizil imperiya va lenincha qatag‘on siyosati tomonidan ma'naviy xo‘rlanish zamoni bo‘ldi.

U 1929 yil 6 noyabrda qamoqqa olindi. Umrining oxirgi ikki yili harbiylashtirilgan siyosiy boshqarma qamoqxonalarida o‘tdi.

1931 yilning 23 mayida Moskva shahridagi Butirka qamoqxonasida qatl qilingan va Vagankova qabristoniga dafn etilgan.

Bahrom Rahmon
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
12 avgust 2019
Rassom Kirpieltuz.com
11 aprel 2015
Qudrat Bobojon Ular, prezident Karimov nafratlangani va dangasalar deya atagani, ularni ovlashgan, lagerlarga, keyinchalik qaytish chiptasi evaziga mehnatga majbur ...
28 oktyabr 2016
Shu yilning 11 dekabrida reportaj fotografi sifatida dunyoga tanilgan fotojurnalist Yuriy Abramochkin 80 yoshga to‘ladi. Uning axborotlarga bo‘lgan rasmiy ...
26 aprel 2016
Dori darmon muammosi O‘zbekistonda ayniqsa aholiining eng davolanishga ko‘proq muhtoj va ijtimoiy nochor qatlami qariyalar uchun hayot momot masalasi ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...