Asosiy mavzular
13 iyun 2023

13 iyun – Stalin yunonlarni Markaziy Osiyoga surgun qildi

Yunonlarning Markaziy Osiyoga surgun qilinishining so‘nggi bosqichi Stalin tomonidan 1949 yil 13 iyunga o‘tar kechasi amalga oshirildi. Bir kechada maxsus eshelonlarda Qora dengiz bo‘yidagi 40 ming atrofidagi tub aholi O‘zbekiston va Qozog‘istonga deportatsiya qilindi. Suratda: Kuban yunonlari 1948 yil deportatsiya oldidan. Manba: www.pontos-news.gr

Yunon oilasi qatag‘on oldidan. pontos-news.gr

Stalincha milliy masala

Kompartiyaning milliy masala bo‘yicha mutaxassisi sanalgan Stalin 1921 yildayoq ayrim xalqlarni, jumladan, yunonlarni «do‘nuvchan (oquvchan) milliy toifa»ga kiritgan edi. Stalin «do‘nuvchanlik» alomatiga aniq sinfiy tizilmaning va hududning yo‘qligida, deya tarif bergan.

Iosif Vissarionovichning yana bir «kashfiyoti» – u millatlarni sotsialistik va burjua toifaga ajratgan. Shu tariqa Yunoniston yunonlari «burjuylar», SSSR yunonlari esa «proletarlar» bo‘lib chiqishgan. Bu milliy kontseptsiyani u RKP(b)ning XII s'ezdida ochiqlagan edi.

«Yaramas» yunonlar

O‘nlab o‘zbek rassomlariga ustozlik qilgan Yanis Salpinkidi O‘zbekistonga badarg‘a qilingan yunonlardan biri edi

Nima uchun aynan yunonlar ommaviy yo‘q qilinishi kerak xalqlarning biri bo‘lganini tushunish qiyin emas. Yunonlarning milliy o‘zligini anglatuvchi yunon tili, madaniyati va dini shubha ostiga olingandi. SSSR deb atalmish mamlakat xalqlarining turmush tarzi esa diniy mansublikdan va oxir-oqibat ona tilidan ham voz kechishni taqozo qilar edi.

Yunon madaniyati Stalin rejimi ta'biga to‘g‘ri kelmadi. Yunonlar ikki yo‘l orasida qolishdi. Tezroq assimilyatsiya bo‘lishgina ularni jismoniy yo‘q qilinishdan qutqarishi mumkin edi. Biroq yunonlar yangi hokimiyatga qarshilik ko‘rsatmasdan, o‘z mansubliklari va an'analarini saqlashda davom etishdi.

«Xalq dushmanlari» va «dushman xalqlar»

Qisman va alohida tanlangan xalqlarga qarshi qaratilgan 30-yillar qatag‘onida aksariyat milliy ozchilik infratuzilmasi va, asosan, intelligentsiya jabr ko‘rdi. Bundan farqli o‘laroq, 40-yillar qatag‘onida esa butun boshli xalqlar dushman deya topildi. Ilk bor yunonlar 1942 yili Kuban va Kerchga ommaviy ko‘chirildi. 1944 yili fashist qo‘shinlari chekinganidan so‘ng esa qrim yunonlarining qolgan qismi O‘zbekistonga badarg‘a qilindi.

G‘alabadan to‘rt yil o‘tib, Kavkazning Qora dengiz sohili yunonlarini surgun qilish boshlandi. 1949 yilning 29 mayiga kelib partiyaning yunonlarni deportatsiya qilish haqidagi hujjati 2214-856ss raqamli qarorga aylandi. Bu qaror yunon aholisining uch toifasini – sobiq yunon vatandoshlari, vatandoshligi yo‘qlar va sovet vatandoshlarini o‘z ichiga olgan. Jazo chorasiga sabab esa yunonlarning yunon bo‘lib qolish, shu vatanda mangu yashash istagi bo‘lgan.

Surgunda o‘lgan yunonning Ko‘kterakdagi qabri oldida. 1990 yil. pontos-news.gr

Jinoyat xronikasi

Hatto yangi tug‘ilgan go‘daklar ham xalq dushmani deya e'lon qilindi. Bu chaqaloqlar odam tashishga mo‘ljallanmagan vagonlarda halok bo‘lishdi. Yangi ko‘chirilgan joylarda yashash uchun minimal sharoit deportatsiya qilinganlarning o‘zlari tomonidan yaratildi.

1942 yildan 1949 yilgacha 60.000 yunon deportatsiya qilindi. Parchalanib, toptalgan yunon xalqi endi yashash va tirik qolishga kuch topishi kerak edi. Yunon millati vakillari Qozog‘iston, O‘zbekiston, Ural va Kemerova viloyatlari bo‘ylab sochildi va ularga o‘z yashash joylaridan besh kilometr nariga chiqish taqiqlandi. Barcha deportatsiya qilinganlar har oyda NKVD-MGB kommendanti tomonidan qayd qilinib turishlari shart edi. SSSR Oliy Kengashining 1948 yil 26 noyabrdagi farmoniga ko‘ra, yashash joyini tark etgan shaxslar 20 yilga qamalib, katorga ishlariga jalb qilinishgan. Bu qaror 1953 yili Stalin o‘limiga dovur davom etgan.

Stalin jinoyatlarining qoralanishi

KPSSning XX s'ezdida Stalin yovuzliklari qoralandi. Surgundagilarga qo‘llanilgan cheklovlar ham asta-sekin olib tashlandi. Bugungi kundagi paradoks partiya mahkamasining o‘zi isbotlagan Stalin rejimi jinoyatlari zamonaviy kommunistlar tomonidan hamon inkor etilishida ko‘rinadi. Holbuki, ularning haqiqiy liderlari 1937-38 yillarda soxta dohiylari tomonidan yo‘q qilingan edi.

Yunonistonning o‘zida ham bugungi kunda stalinchilar jazavasi avj olganini kuzatish mumkin. SSSR tarixidagi bu davrni qo‘msaganlar hanuz milliy va insoniy g‘ururi tahqirlangan insonlar xotirasini toptab kelishadi.

Vasiliy Chenkelidis,
tarixchi, «Eltuz» tarjimasi

Tag‘in o‘qing
30 dekabr 2016
O‘zbekistonga Shavkat Mirziyoev prezident bo‘lganidan keyin ochiq sahnaga qaytgan Yulduz Usmonova, shuningdek uning qaytishi bilan katta sahnadan «sal chekkaga ...
13 aprel 2024
Oxirgi paytlar O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti talabalarining arzlari kanalingizda tez-tez ko‘zga chalinyapti. Hal bo‘lyaptimi-yo‘qmi, bizga qorong‘u. Ammo bugun ...
2 iyun 2020
«– Aka, yomon boqibeg‘amsiz-ey, nega shuni darhol aytmay, cho‘zib o‘tirdingiz? Eng yomoni, shunday ajoyib xabarni hech narsa yuz bermaganday, ...
24 oktyabr 2018
Xalqaro boks uyushmasi (AIBA) prezidentligi uchun 2-3 noyabrda o‘tadigan saylovda o‘z nomzodini qo‘ygan o‘zbekistonlik 66 yashar G‘afur Rahimov jinoyat ...
Bloglar
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...
10 oktyabr 2024
Yuksalish maktabining gender ayirmachilikka asoslangan boshqaruvi haqidagi maqolaga o‘quvchilar ikki xil munosabat bildirdi. Bir suruv ...