«Alvido Jasliq!»ni yozgan Muhammad Bekjonga savol yo‘llang
Hozirda AQSh bo‘ylab sayohat qilayotgan, ko‘pchilikka «Alvido, Jasliq!» kitobi bilan mashhur sobiq siyosiy maxbus Muhammad Bekjon «Eltuz» nashri o‘quvchilari bilan muloqot qilishni rejaladi.
Safari davomida juda ham tig‘iz rejimda ishlayotganini bildirgan Muhammad Bekjon kitobning davomini yozayotgani, ularni «Eltuz» orqali o‘z o‘quvchilariga to‘xtovsiz yetkazishini va'da berdi.
Kitobning audio versiyasi boblari 2017 yilning 27 sentyabridan buyon «Eltuz»ning yutub kanalida o‘rtacha 30 mingdan ziyod yuzerlar tomonidan tinglandi.
Masalan, shu yilning aprelida e'lon qilingan kitobning 24-qismi, bu paytga kelib 232 ming marta tinglangan. Shuningdek, kitob tinglovchilaridan «Eltuz» nashriga ko‘plab izohlar ham yog‘ilmoqda.
Siz kitob yuzasidan o‘zingizni qiziqtirgan savollarni quyidagi tarmoqlar orqali muallifga yetkazishingiz mumkin:
facebook.com/eltuzcom
Telegram: t.me/eltuz
Odnaklassniki: ok.ru/eltuz
Instagram: Instagram.org/eltuz
Tvitter: Twitter.com/eltuz
email: eltuz2015@gmail.com