Asosiy mavzular
25 mart 2024

Turk mahkamasi o‘zbek xotining eriga tuxmatini fosh qildi

Turkiyaning Denizli Honaz’ida yashagan 3 bolaning otasi 59 yashar pensiyadagi fermer Ramazon Oqboy (Ramazan Akbay) bundan to‘rt yil oldin xotini o‘lib yolg‘iz qolgandi.

Doyim yolg‘iz qolmasin degan jiyani unga O‘zbekistondan xotin topib berishga azmu qaror qildi.

O‘zbek xotinlari internetning er qidiryapman degan sahifasini to‘ldirib tashashganini ko‘rgan Ramazon amaki havaslandi.

Tanlab short list qilishdi. Va nihoyat 39 yoshli Zulxinur ismli juvonda to‘xtashdi. O‘zbekistonlik Zulxinur Ramazon akaga erga tegishga rozi bo‘ldi.

2023 yilning 18 iyulida Zulxinur Ramazaon akaning uyiga kelib joylashdi.

Eltuz ko‘rgan videoda Zulxinur mashinadan tushib Ramazaon aka bilan apoq-chapoq bo‘lib hovlidan xonaga kirib ketadi.

Ikki kundan keyin Zulxinur uydan hech bir narsa olmasdan yalangoyoq qochib ketadi.

Oldin duxtirga borib, erim a'zoyi badanimni urib ko‘kartirdi, deb, spravka oladi.

Keyin shu spravka bilan politsiyaga borib shikoyat qiladi. Zulxunur qo‘lidagi spravkada uning tanasida 50 dan ziyod ko‘kargan joy borligi yozilib fotolar ilova qilingan.

21 iyul kuni Ramazon Oqboyning qo‘liga kishan solib ichkariga apkirib qo‘yishadi.

Ramazon amaki odamni qullikda saqlash, kaltaklash va uning istagiga zid holda jinsiy aloqa qilish kabi jazo qonunining moddalari bilan ayblandi. Bu ayblar isbotini topsa, Ramazan amaki 45 yilga qamalishi kerak edi.

Ramazon aka bu ayblarni rad qildi.

Turkiyada sudlar toshbaqa kabi sekin yuradi. 2024 yilning 8 fevralida bo‘lib o‘tgan mahkamada Ramazon akaning advokati Salim Qutliturk (Salim Kutlutürk,) Zulxinur olgan spravkani shubha ostiga oldi.

Qaytadan qilingan tibbiy xulosaga ko‘ra, Zulxinur tanasidagi ko‘kargan joylar Ramazon akaning uyiga kelishidan oldin yegan kaltaklardan hosil bo‘lgani aniqlandi.

Kaltakdan keyin ko‘karib, mo‘matoloq bo‘lishi uchun kamida 2 kun lozim.

Zulxinur esa shantaj maqsadida bu ishni qilgani, aslida uni Mama ro‘zalar kaltaklattirganini aytib yig‘lab sannadi.

«Men undan beshta oltin bilaguzuk va bitta ayfon obersang tinch qo‘yaman dedim. Ammo u ko‘nmadi,» dedi o‘zbek xotin.

Hakamlar hay'ati Ramazon akani sud zalidan ozod qildi.

Turkiya gazetalari «Ëlg‘onchi kelin» degan maqolalar chiqardi.

«Olti yarim oy bir xotinning tuhmati bilan bekorga qamag‘da o‘tirdim» deydi Ramazon amaki.

Ramazon amaki Zulxinurga qarshi da'vo ochmadi. «Daf bo‘lib ketsin¸ xudo jazosini bersin» dedi.

Shunaqa gaplar azizlar. Qissadan hissani o‘zingiz chig‘oring. Eltuz kanaliga obuna bo‘ling. Raxmat tugmachasini bosib kanalimizni qo‘llab quvvatlang.

Tag‘in o‘qing
8 aprel 2019
Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahri sudining yopiq majlisida o‘tgan asrning 90-yillarda Shuhrat Dombrabadskiy nomi bilan tanilgan 62 yashar avtoritet ...
4 mart 2019
Toshkentdagi aholining maishiy chiqindilari yig‘iladigan shoxobchalarga plastmassa va makulatura topshirish majburiyati yuklandi. Poytaxtdagi chiqindi yig‘ish shoxobchasida ishlaydigan Abror akaning ...
28 dekabr 2020
O‘zbekistonda mahkumlar mehnati sharafiga qo‘yilgan yodgorlikni buzishdi. Taassufki, u faqat bir necha kungina turdi, “oq paltoli” ziyolilar va “ma'naviyatli” ...
17 yanvar 2017
O‘zbekistonda Vatan himoyachilari kuni bayrami xalq orasida tantana qilinmagan bo‘lsa-da, rasmiy doiralar tomonidan ancha dabdabali kutib olindi. Mamlakat nashrlarda ...
Bloglar
8 fevral 2025
Shu paytgacha «Anora» degan ikki film olindi. Bittasi yetim qizning ashlachi bo‘gani haqida¸ yana bittasi ...
23 yanvar 2025
O‘zbekiston mudofaa vaziri Xolmuxammedov bosqinchi gazanda Rossiya bilan 2026-2030 yillarda harbiy sohada strategik hamkorlik dasturi ...
20 yanvar 2025
O‘zbekiston prezidenti uyida yirtqich hayvon¸ ilon va xasharotlarni boqadiganlar jazolanishi haqidagi qarorni 16 yanvar kuni ...