Asosiy mavzular
8 oktyabr 2018

Monopolist UzCard nega ishlamay qoldi?

O‘zbekistonda plastik kartochkalarga xizmat ko‘rsatuvchi monopolist – UzCard 5 oktyabr kuni yana bir muddat ishlamay qoldi.

So‘nggi vaqtlarda bunday uzilishlar soni ko‘payib borayotgani monopolist sabotaj qilmayaptimikin, degan shubhani tug‘dirmoqda.

Bundan avval UzCard sentyabr oyi o‘rtalarida ham bir necha kun ishlamay qolgandi va butun O‘zbekistondagi to‘lov tizimi falaj holga kelib qolgandi.

O‘shanda plastik kartochkalardan pul yechib olishning imkoni bo‘lmagani sababli ko‘pchilik xaridlarni amalga oshira olmagan, ko‘plab savdo tarmoqlari kattagina tushumdan mahrum bo‘lgandi.

Agar O‘zbekistonda 18 million donadan ortiq plastik karta muomalada ekani e'tiborga olinsa, mamlakat moliya tizimidagi kollapsning ko‘lamini tasavvur qilish qiyin emas.

Sentyabrdagi kollapsdan keyin prezident Markaziy bank tasarrufida bo‘lgan muqobil tizim yaratish to‘g‘risida qaror qabul qilgandi.

Ushbu qarorda 2020 yilga qadar Milliy banklararo protsessing markazi yaratilishini ko‘zda tutiladi. Bu markaz tashkil etilgach, barcha protsessing xizmatlari u orqali amalga oshiriladi.

Ta'kidlash kerakki, mart oyida prezident Shavkat Mirziyoev bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida qaror imzolagan edi.

UzCard tizimidagi uzilishlar aynan shu qaror ijrosini ta'minlashga kirishish avjiga chiqqan paytlarga to‘g‘ri keldi.

Shuning uchun bu nosozliklar UzCard ning monopolistlik huquqini yo‘qotib qo‘yish xavotirida amalga oshirayotgan sabotajimismikin, degan mulohazaga yetaklamoqda.

Markaziy bank ma'lumotariga ko‘ra, UzCard tizimi orqali bir kunda o‘rtacha 164 milliard so‘mlik terminal tushumlari amalga oshiriladi.

Bu xizmat uchun UzCard muayyan foiz oladi. Demakki, bu tizim egalari juda katta mablag‘ni nazorat qilish qudratiga ega.

Agar UzCard faoliyati atrofida matbuotda tarqalgan gap-so‘zlarga ishonilsa, prezidentning yaqindagina ishdan olingan matbuot kotibi, ko‘plab mojaroli aktivlari bilan tanilgan Komil Allamjonov bu tizim ustidan ham nazoratni qo‘lga olish harakatlarini amalga oshirgan.

Bu shaxs korruptsion boshqaruv orqali yirik moliyaviy imperiya yaratgani aytiladigan sobiq bosh soliqchi Botir Parpiev guruhidan ekani inobatga olinsa, UzCard ning bunday tez-tez ishlamay qolishi ortida texnik sabablardan ko‘ra jiddiyroq omillar yotganiga ishonch ortadi.

Sardor Azim
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
4 fevral 2020
3 yil oldin besh-olti karchalon-u, va katta ehtimol bilan, tashqi siyosiy kuchlar ishtirokida o‘zini o‘zi prezident qilib saylab olgan ...
11 may 2016
O‘zbekistondagi ayni tendentsiyani bugun Eltuz.com nashri rassom Tuz qalamiga mansub navbatdagi kariakatura orqali aks ettiradi. Gazetada ismi oshkor etilmagan ...
7 iyun 2016
O‘zbekiston telekanallarida mamlakat iqtisodiyotining «qudrati», «imkoniyatlari», dunyoda salkam eng rivojlangan ekani to‘g‘risida eshitsangiz ajablanmang. Chunki 20 yildan oshdiki, faqat ...
14 oktyabr 2019
Chiqib ketishi oldidan sudya qo‘limga ayblov xulosasi va hukmni tutqazib uzr so‘radi va xayrlashish uchun qo‘lini uzatdi. Lekin men ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...