Asosiy mavzular
30 oktyabr 2018

Paxta terimiga oid majlisni yoritmoqchi bo‘lgan jurnalist qamaldi

«Xorazm yoshlari» gazetasi muharriri o‘rinbosari, 47 yashar jurnalist Davlatnazar Ro‘zmetov 29 oktyabr kuni Qo‘shko‘pir tumani hokimligi binosida paxta safarbarligiga bag‘ishlangan majlisni yoritmoqchi bo‘lgan paytida hibsga olindi.

«Qo‘shko‘pir tumani hokimligi o‘qituvchi va shifokorlarni paxtaga jalb qilish yuzasidan majlis o‘tkazmoqchi ekanligi haqida jurnalistga bir kun oldin o‘tgan to‘yda xabar qilishgan edi. Shu kuni videokamerasi bilan ketganicha qaytib kelmagan», deya voqeani izohladi Davlat Nazarning do‘stlaridan biri «Eltuz» nashriga.

Voqeani yoritmoqchi bo‘lgan Ro‘zmetovning yana bir hamkasbiga ko‘ra, majlisga hatto diktofon olib kirishga ham ruxsat etilmagan. Bu yuzadan savol bermoqchi bo‘lgan jurnalistni shu zahoti militsiya xodimlari olib ketishgan.

Uning tag‘in «Eltuz» nashriga bildirishicha, jurnalistga «bezorilik» aybi qo‘yilgan, avvaliga u 15 sutkaga qamalgan, keyin esa 29 oktyabr kuni o‘tgan sudda jazo 7 sutkaga tushirilgan.

Foto: Jurnalist Davlatnazar Ro‘zmetov O‘zbekiston yoshlar ittifoqi rahbari Qahramon Quronboevdan intervyu olmoqda.
Jurnalistning feysbuk sahifasidan

Davlatnazar Ro‘zmetov Tomsk milliy tadqiqot universitetini tugatgan. Ijtimoiy tarmoqda o‘zining liberal qarashlari va dolzarb chiqishlari bilan tanilgan o‘zbek jurnalistidir.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
18 avgust 2024
Eltuz Portaliga kelgan navbatdagi beshta hatni o‘qiymiz. Dastlabki maktubni oyliklari va qayta hisob pullarini to‘lig‘icha olishmaganini iddao qilayotgan “Pablik ...
24 iyul 2017
«Yashnobod demokratiyasi» aks etgan realiti shouda tuman hokimi Dilmurod Turdiev o‘zidan oldingi mulozimlarga xos bo‘lmagan fazilatni namoyish qildi. «Mahalla» ...
5 mart 2020
Xitoylik uyg‘urlar masalasi bo‘yicha taniqli tadqiqotchi, yozuvchi va tarjimon Yevgeniy Bunin (Gen Bunın) O‘zbekistonga ikkinchi marta kiritilmadi. U bu ...
9 dekabr 2021
Mahalliy mulozimlarning «qabr biznesiga» aylantirilgan Xo‘jaylidagi Xalifa Erajab masjidi va Mazdakxon maqbarasini vandallardan himoya qilishni O‘zbekiston sport va turizm ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...